PAXTA
Kursdoshlarimga
Dala. Mezon. Qizlar. Tarozi.
Paxsali duvollar. Ismsiz qirlar.
Yulduzdek titranib uchgan ovozim,
Tizzani quchoqlab o'qilgan she'rlar.
Olov tegrasida qaynagan o'lan.
Yurakdek qontalash chinor yaprog'i.
«Sevsam, o'ldirarlar. Sevmasam, o'lam...»
Va hisobchi qizning nigohi...
U kunlar o'tdilar, biroq o'ylasam
Quyosh imillaydi, kunim o'tmaydi.
Eng mashhur hofizning qo'shiqlari ham
O'sha o'lanlarga etmaydi.
Toshkentning toshlari ezartanimni,
Toshqator yo'llarda rizqimni terdim.
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Bugun seni qancha sog'inganimni
Hisobchi qiz, o'zing hisoblab bergin!
Hasratlarim og'ir, qo'ysam sindirar
Har qanday tarozi pallalarini.
Bunda yuragimni axir kim bilar,
Kim ko'rgan Yozyovon dalalarini?!
Olisda ismimni aytib norozi
Yerlarga egilar nonbehi shoxi.
Dala. Mezon. Qizlar. Torozi
Va hisobchi qizning nigohi...
1992
DEDI
Dedi: «O'g'lon, qaragin,
Zulfim suvdayin mayin.
Barmoq solib taragin,
Ketma yuzing yuvmayin!»
Dedim: «Qorasoch dilbar,
Dilimni tig' tilgusi.
Zulfga tegursam agar
Yuzim qaro bo'lg'usi!»
Dedi: «O'g'lon, qoshimdan
Alhol ketmagil zinhor.
Barmoq surgil qoshimga,
liking tegsin ilk bor!»
Dedim: «Qaroqosh dilbar,
Qoshing qilichligi bor.
Qo'lim yuborsam agar
Ilkim tilishligi bor!»
Dedi: «O'g'lon, yuzimda
Alanga raqsi zohir.
Oy ergashar izimdan,
Izmingga olgil oxir!»
Dedim: «Mohiro'y dilbar,
Husningni kun talashgay.
Men ne qilay, bu yuzlar
Faqat senga yarashgay!»
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Dedi: «O'g'lon, shoshma sen,
Nazar qilgil la'liga.
O, bilarman, tashnasan,
Kel, mayliga, mayliga...»
Dedim: «La'lilab dilbar,
Tiynat o'ti etmasmi?
Labingga tegsa agar
Dudoq kuyib ketmasmi?»
Dedi: «O'g'lon, sen meni
Qiynaydirsan qasdma-qasd.
O'p, quchoqla, sev meni,
Menga joning kerakmas!»
Dedim: «Xush qol, ey dilbar,
Netay ko'ngil to'lmasa?
Bu ne ishq, sevib agar
Hijronida o'lmasang?!»
1993
Dostları ilə paylaş: |