Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

O'SHANDA
O'shanda  (oq  osmon,  qo'ng'ir yer guvoh...) 
Ismimni  bilardi  qayrag'och  bargi.
Yuragim  tomida  yotgan  qizg'aldoq 
Kapalak  haqida  qo'shiq  aytardi.
O'shanda
o'zim  ham  olov edim-da,
Tushovini  uzgan toyga  o'xshardim, 
Akamning  choponin  ilib egnimga 
Qirda
quyun  bilan  kurash  tushardim.
O'shanda
jilg'alar chuchuk til  bilan  - 
Erkalab,  toshlarning  boshin  silardi. 
Chig'anoqlar esa  suyuq  dil  bilan 
Toshning  kovagida  achchiq  yig'lardi.
O'shanda  (oq  osmon,  qo'ng'ir yer guvoh...) 
Dumog'im tuyardi  laziz  munglarni. 
Hovuzning  tubinda  yolg'iz gulimoh 
O'tli  ohlar ursa,  yonib tinglardim.
O'shanda


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
shamolni sevardi  og'och,
Bulutlar yashardi  g'amli,  o'ksinib.
Tutundan  qorayib  ketgan  qaldirg'och 
Suvlarga  urardi  qizg'ish  ko'ksini...
O'shanda  (oq  osmon,  qo'ng'ir yer guvoh...) 
Dilimni  bilardi  majnuntol  bargi.
Kaftimda  yo'q  edi  zig'irdek gunoh,
Yo'q  edi  kaftimning  zarradek gardi  - 
O'shanda  men  seni  yaxshi  ko'rardim...
1989
SOBIQ ASKAR
Zulfi  zar qizgina, 
qo'llaring  o'pib,
Ko'zimda  oynadek yaxladi yoshim.
Esladim,
kaftiga  kuhlab,  yertepib,
Sibirlarda  qolgan  o'n  sakkiz yoshim.
«Yana  keling»,  -  deysan  nigohing  bilan, 
Ko'ksimda  g'ijirlar hasratning  toshi.
Eslayman,
qatora  -  bahaybat ilon,
Sibirlarga  ketar o'n  sakkiz yoshim.
Qoshlaring  kamondek tortilar tarang,
Tutdek to'kiladi  so'nggi  bardoshim.
Bilmaysan,
o'q  otish  maydonlarida
Juvonmarg  bo'lganin  o'n  sakkiz yoshim.
Zulfi  zar qizgina, 
olov qizgina,
O'n  sakkizga  kirgan  mitti  quyoshim,
Bugun  uxlatmaydi, 
chaqirar yana
Sibirda  adashgan  o'n  sakkiz yoshim. 
Keturman,
kutmagin,  kelmasman  qaytib.
Men,  axir,  yigirma  uchdan  ham  oshdim!
Sibirda  muzlaydi  ismingni aytib
O'n  sakkiz...  o'n  sakkiz...  o'n  sakkiz yoshim...
1990


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
KOZLARIDA
Ko'zlarida  g'am  gardidan  surmalari 
Uchib  ketdi  bu  ko'ngilning  turnalari.
Ey siz  mening  g'aribgina  kulbalarim,
Sizni  tashlab  samolarga  ketolmayman.
Gulyuzligim  yuz  noz  ila  burdi  yuzin,
Men  ko'z yumsam,  kipriklarim  so'ydi  ko'zim. 
O'z-o'zimga  azon  aytib  qo'ydim  ism...
Endi  o'shal  zebolarga  ketolmayman.
Kecha  qadah  to'qishtirib  hilol  bilan 
Gulob  ichtim  yolg'iz do'stim  Iqbol  bilan. 
Bugun  qo'lda  ikki  bo'lak safol  bilan 
Iqbollarga,  safolarga  ketolmayman.
Endi faqat sabolarni sog'inish  bor,
Elas-elas  navolarni  sog'inish  bor,
Olis-olis ziyolarni sog'inish  bor,
Aks o'zimman,  sadolarga  ketolmayman.
Onasidan  arazlagan  bola  kabi 
Bu  olamdan  burilgandir mening  labim.
Ey,  onamdek g'aribgina  kulbalarim,
Sizdan  go'zal  dunyolarga  ketolmayman.
1993

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin