Sizni kuylayman


MUHABBATSIZ  VISOL  HAQIDA  HIKOYA



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

MUHABBATSIZ  VISOL  HAQIDA  HIKOYA
Muhabbatsiz  kechdi  bu  visol,
Men  murodsiz maqsadga  yetdim.
Tuni  bilan  yalindi  ayol,
Kelaman  deb aldadim  -  ketdim.
Yo'lko'rsatkich  bo'ldi  xazonlar, 
Daydibadar yelga  aylandim.
O'tdi  oylar,  o'tdi  zamonlar,
Yana  o'sha  menga  aylandim.
Yana  bordim  tilanib visol,
Hasratimni  aytdim-  aytmadim.
Meni  itdek  haydadi  ayol,
Men  vafodor itdek...  ketmadim.
Tashna  edim,  ichim  yonardi,
Loyqa  bo'lsin,  suv  kerak edi.
Shu  kech faqat uni  xohlardim,
Menga  faqat u  kerak edi.
U  baribir qilmadi shafqat,
Qulflab oldi  darbozasini.
Yulduzlarni  quchguncha  shafaq 
Poylab yotdim  ostonasini.
Tongda  so'kdim,  bo'ralab  rosa,
Qasam  ichib,  qaytdim  ortimga.
Bugun  kimdir,  farishta,  desa,
O'sha  ayol  kelar yodimga.
1994
TO'RTLIKLAR
Ko'zlarimda  porlagan  sham  aldamchidir, 
Yuzlarimga  yoyilgan  nam  aldamchidir. 
Suvratxona  devorida  yillab turgan 
Suvrat kabi  bul  qiyofam  aldamchidir.
*  *  *
Do'stu  yordan  so'yla,  aytma  g'animdan, 
To'fonni  qo'y,  degil  xushbo'y  nasimdan, 
So'zimiz  may,  cholg'u  visoldan  kelsin, 
Men  ham  so'zlab  beray  ko'rmaganimdan.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
*   *   *
Tubanlab-tubanlab falakka  ketsam,
Hech  kim  tikilmagan tilakka  ketsam.
Men  yolg'iz bo'lsamu  u  tanho  bo'lsa, 
Yuragimni  quchib yurakka  ketsam!
*   *   *
Biz talpingan  tuynuk -  olis Zuhal  edi, 
Yulduzlarning  nafasi  ham  asal  edi. 
Go'zalmiding-yo'qmi,  hozir yodimda  yo'q, 
Lekin  o'sha  sevgi  behad  go'zal edi.
*   *   *
Dardim  boru  yuragimda  darmonim  yo'q, 
Zamonimdan  ayrilganman  makonim  yo'q. 
Gar tupursam,  tupuk bilan  yiqilgayman, 
Xiyonatlar qilay desam,  imkonim  yo'q.
*   *   *
Cho'ntaging  to'lar va  omading  kular,
Otni to'g'ri yo'ldan  chapga  toydirsang.
Pul  -  qo'lning  kiridir,  demish  eskilar, 
Qancha  iflos  bo'lsang,  shuncha  boydirsan.
1994
YAPROQ
Zarrabin  nigohli  qadimshunoslar 
Qatlama  toshlarni  avaylab  kesib, 
Topdilar bus-butun  saqlangan  bir barg  - 
Aftidan,  ibtido davriga  mansub.
Balki,  bu  shunchaki to'kilgan  yaproq, 
Nomsiz daraxtlarning  iltijosidir.
Balki,  ibtidoiy dildagi titroq  - 
Boqiy  muhabbatning  ibtidosidir.
Ehtimol,  toshyigit toshqizni  suyib,
Yurak shaklidagi yaproqni tutgan.
Balki,  qiz yig'lagan  lablarin  qo'yib,
Keyin  toshlar aro  berkitib  ketgan...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qadimshunoslarning topgani  - taxmin, 
Mohiyat haqida jiddiy gapim  bor:
Faqat muhabbatda  mo'jiza  mumkin, 
Mangulikka  faqat sevgi  daxldor!
Toshdek dumalaydi  hali  asrlar,
Davrlar o'tadi  kiyikdek chopib,
Hali  echiladi  chuvalgan  sirlar,
Falak asrorin  ham  olarlar topib.
Qadimshunoslarmi,  odamshunoslar, 
Toshkent toshlarini  kesarkan  bir kun 
Hayratdan  barchasi esidan  ozar - 
Mening  yuragimni topib  bus-butun!
Goho  ishq  yo'lida  bo'lar qurbonlik, 
Lekin  o'zga  olam  sevgi  va  ilm.
Hozir bir so'zingga  kelajak  bog'liq, 
Toshbag'ir sevgilim,  toshdil  sevgilim!
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin