Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

NIGOH  HAQIDA  HIKOYA
O'lan  -  mayin,  o't -  mayin, 
Yo'lingga  yotib oldim. 
Kapalak  tutgandayin 
Nigohing  tutib  oldim.
Duv qizardi yonog'ing,
Shuv sirg'ondi yuragim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qochdim  g'olib  bayrog'i  - 
Hilpiradi  ko'ylagim.
Tomda  yotdim  shu  kecha, 
Yulduzchalar jilmaydi.
Men  bilaman,  tonggacha 
Sening  uyqung  kelmaydi.
Nigohingni  so'raysan 
Odam  qo'yib o'rtaga. 
Erkalayman,  yayrayman: 
«Ertaga  ke,  ertaga!»
Etti  iqlimni  aylan,
Bunday shirin  nigoh  yo'q. 
Qaytarib  beradigan 
Anoyi yo'q,  ahmoq  yo'q.
G'ubor bosgan  osmonni 
Engim  bilan  artaman.
«Nima  bo'lar ertaga?
Nima  bo'lar ertaga?»
Uzoqni  ko'radigan 
Otangda  ham  gunoh  yo'q: 
«Unga  qiz  beradigan 
Anoyi yo'q,  ahmoq  yo'q!»
O'lan  -  mayin,  o't -  mayin, 
Indamaydi toptasang. 
Birovga  indamayin 
Ochiladi darbozang.
Yaxshi  qizsan,  sen  hecham 
Tik qarashni  bilmaysan.
Men  bilaman,  tonggacha 
Bildirmasdan  yig'laysan.
Nigohimni so'nggi dam 
Kipriging  kesib o'tdi. 
Yo'lingga  yotib olsam, 
Ko'nglimni ezib  o'tding.
Senga  oson  har qalay, 
Buzsa  bo'lar nikohni.
Menga  qiyin,  men  qanday  - 
Bekor qilay  nigohni?!
1995


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin