Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

G'IRROM  DUNYO
El  og'zida  ajib  ishqim  qissasi  bor,
Bu  qissada  ag'yorlarim  hissasi  bor.
Dam  urmasa  shamol  olov gurlarmidi, 
Mening  dardim  bilan  kimning  g'ussasi  bor?
Otasizlik qanday  bo'lar ekan  derdim,
Odam  bunga  qanday  ko'nar ekan  derdim, 
Dod  degan  so'z qaydan  kelar ekan  derdim, 
Qo'llarimda  kulfatning  tol  hassasi  bor.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
G'irrom  dunyo aldoviga  uchgan  manam,
Bu  dunyo  deb,  u  dunyodan  kechgan  manam, 
Shaytonlarning  qo'lidan  may  ichgan  manam, 
Shoirlar bosh  chanog'idan  kosasi  bor.
Sevgi  yomg'ir emas,  ko'kdan  sochilmaydi, 
Ishqsizlarga  samodan  gap ochilmaydi.
Endi  sendan  o'zgaga  lab ochilmaydi, 
Lablarimda  lablaringning  mazasi  bor.
2005
ISTAGIM
Istagim  shu  -  qolsam  edi  shamol  bo'lib, 
Boshginangda  aylanardim  savol  bo'lib. 
Boshdan  oyoq  gulbargiga  o'rar edim,
"Nega  meni  sevmading?" deb so'rar edim.
Dardu  g'amim,  iztirobim,  kulfatlarim  - 
Bosh  ustimda  charx  uradi  kalxatlarim. 
Osmonlarda  qolib  ketgan  oyqiz o'zing, 
Baxtsizligim  sabachisi yolg'iz o'zing.
To'yib  nafas ololmayman  ko'ksim  to'lib,
Hech  bo'lmasa  qolsam  edi  yomg'ir bo'lib. 
Derazangga  yuzlarimni  urar edim.
"Nega  meni  sevmading?" deb so'rar edim.
Tuzalmayman,  endi  odam  bo'lolmayman, 
Maktub yozib sabolardan  yo'llolmayman. 
Jondan  yaxshi  ko'ramanu  ko'rolmayman, 
"Nega  meni  sevmading?" deb so'rolmayman.
2005

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin