Sizni kuylayman


AYTGIL,  DO  STIM,  NIMA QILDIK VATAN  UCHUN?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

AYTGIL,  DO  STIM,  NIMA QILDIK VATAN  UCHUN?
Shu  soylardan  suvlar urgin  yuzingga  sen, 
Bir bor nazar solgin  bosgan  izingga  sen, 
Shu  savolni berib  ко ' rg in  о 'zingga  sen, 
Aytgil,  do'stim ,  nima  qildik  Vatan  uchun?
AGAR JANNAT  KO'KDA BO'LSA
Olisdagi  mahmadana,  eski  olchoq,
Menga  qadam tashlamoqni  o'rgatmagin!
O'zingga  boq,  keyin  mayli  nog'ora  qoq,
Menga  qanday yashamoqni  o'rgatmagin!
Tinchlikni  deb yurak bag'ri  kuyik el  bu,
YAratganning  qoshida  eng  suyuk el  bu!
O'tmishi  ham,  ertasi  ham  buyuk el  bu,
Menga  qanday yashamoqni  o'rgatmagin!
Dala  -dashtlar  o'z-o'zidan  Eram  bo'lmas,
Lekin  sendan  beminnat bir karam  bo'lmas,
O'zbek eli  hech  kimsaga  qaram  bo'lmas,
Menga  qanday yashamoqni o'rgatmagin!
Kitobingda  daholarim  so'zlari  bor,
Devoringda  bobolarim  izlari  bor,
O'zbek  elin  etu tirnoq  do'stlari  bor,
Menga  qanday yashamoqni  o'rgatmagin!
Yaltiragan  hamma  narsa  emas tilla,
Hayfdir senga  Naqshbanddan  qolgan  salla,
Ey xudoni tanimagan  chalamulla,
Menga  qanday yashamoqni  o'rgatmagin!
Naqorat:
Agar  jannat  ko'kda  bo'lsa,  ostidadir O'zbekiston,
Agar  jannat yerda  bo'lsa,  ustidadir O'zbekiston!
2005
SALOM  SIZGA
Xayolimdek abad  ozod
sabolardan  salom  sizga, 
Kuychi  ko'nglim  kabi  mahzun


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
navolardan  salom  sizga.
Men  so'z aytsam  topib aybin,
mudom  aksin  o'ylagaysiz.
Tosh  yurakka  tegib qaytgan
sadolardan  salom  sizga.
Jing'il  ichinda  o'grilib  -
o'grilib sayraydi  bulbul,
Nolasi  beadog',  umri
adolardan  salom  sizga.
Nahotki  bemuruvvatlik
kishini  boy etur oxir,
Tabassum  deb qo'l  uzatgan
gadolardan  salom  sizga.
Jabr ustiga jafolar
qo'yib  havolandi  dilbar.
Jafolardan  salom  sizga,
havolardan  salom  sizga.
Necha  dil  berdimu  Iqbol
necha  bor tavbalar etdim.
Haqiqatdan  zavqi  ustun
xatolardan  salom  sizga.
2005

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin