Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

BAG'DOD  POLVON LARI
To'y tarqab,  o'choqqa  tuproq tushdimi? 
Yiqilgan  polvondek yuragi qonman. 
Bag'dod  kurashining  gala-gashtini 
Sog'ingan  odamman,  xumor insonman.
Maydon  qani,  mardi  maydonlar qani? 
Bakovullar qani,  farmonlar qani?
Belda  belbog'i  bor polvonlar qani? 
O'zimning  holimga  o'zim  hayronman.
Ko'tarib  urish  bor,  chalish  yo'q  edi, 
Itarish,  yoqadan  olish  yo'q  edi.
Halol  yiqitish  bor,  nolish  yo'q  edi. 
Hasrati  osmonman,  dardi  dostonman.
Rustam  bahodirlar, To'ra  polvonlar, 
O'ktam  bahodirlar,  Jo'ra  polvonlar...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ko'zimga  mo'ltirar g'o'ra  polvonlar,
Men  esa  ularga  boqib vayronman.
Ichidan  zil  ketib,  mag'rur sirtida, 
Qoshiga  qor qo'nib,  qirov -  murtida 
Ish  izlab yurgandir o'ris yurtida...
Men  bunda  do'st izlab zoru  nolonman.
Erlar Shoymardonga  chiqmay qo'ydimi? 
Er gapini ayol  uqmay qo'ydimi?
Yo xotinlar o'g'il  tug'may qo'ydimi? 
Bag'dod  teragidek titragan jonman.
Men  bitta  bolangman  qir oshib yurgan, 
O'zi  bilan  o'zi  kurashib yurgan.
Hech  kim  yo'q  yerlarda  ko'ksiga  urgan 
Bir chala  shoirman,  og'zi  polvonman.
2005

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin