Sizni kuylayman


G'lYBATCHILAR, XORMANGLAR!



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

G'lYBATCHILAR, XORMANGLAR!
Salom  bering  va  lekin 
Yaqiniga  bormanglar. 
Assalomu  alaykum, 
G'iybatchilar,  xormanglar!
Erkaksifat xotinlar,
Xotinsifat erkaklar.
Xabari  yo'q  o'zidan, 
Ko'ringanni  ermaklar.
To'qiyvering gap-to'rlar, 
O'zingizdan  ortmanglar. 
Assalomu  alaykum, 
G'iybatchilar,  xormanglar!
Pismiqlar,  muloyimlar,
Ay,  siz  irkit jo'jalar,
Ay,  bekorchioyimlar,
Ay,  bekorchixo'jalar!
Menga  qolsa  barini 
Birma-bir bosar edim. 
Kattaroq  bir asbobga 
Tilidan  osar edim.
Zamon  ko'tarmas lekin


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Mayli,  yaqin  bormanglar. 
Assalomu  alaykum, 
G'iybatchilar,  xormanglar!
2005
BORMI?
O'n  besh  kunda  oy tug'adi yangidan,
It termulib  uvlamagan  oy  bormi?
Bir yaylovda  o'tlab xachir,  hangidan 
Pand  emagan  tulpor bormi,  toy  bormi?
Yutsang  basdir tomoqdagi  luqmani, 
Tayyor turar minnat tig'in  suqqani. 
Menga  aytchi,  ay odamning  tuqqani, 
Beminnat bir salom  bormi,  choy  bormi?
Maymun  yerning  kindigiga  cho'p soldi, 
Qaldirg'ochni  chilvirilon  o'pvoldi. 
Surbetlikning  o'zi  davlat bo'pqoldi, 
To'ng'iz tumshuq  botirmagan  soy  bormi?
Siring  aytsang  siri  ko'chmaydigan  va 
Foyda  desa,  o'qdek uchmaydigan  va 
Do'st deb yolg'on  qasam  ichmaydigan  va 
Tupuk bilan  iylanmagan  loy  bormi?
Sizga  butkul  topshiraman  dunyoni, 
Ag'dar-to'ntar qiling  yeru  samoni.
Lekin  yomonlamang  Iqbol  Mirzoni  - 
Yomon  ketib,  yaxshi  kelgan joy  bormi?
2004

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin