2006 O'YIN Yozib yashil toppon - yaproqlarini
Daraxtlar ko'ksimga berdilar havo.
Bahor yoqdi yashil chiroqlarini,
Muhabbat, Sizga yo'l ochiq, marhabo!
Umrimni tikkanman g'irrom o'yinga,
Bilaman bor-budim yutqazishimni.
Yana qanchasini olib bo'yinga,
Yana jonimni ham tutqazishimni.
Siz o'ta aqlli, siz ehtiyotkor,
Tomosha qilasiz, g'iybat qilasiz.
Qancha ehtiros bor, qanchalar shavq bor,
Siz telba tug'yonni qaydan bilasiz!
Uchib kelgunicha qora qarg'alar
Va sariq chiroqlar yoqilguncha to
Uzr, hayot tamom meniki bo'lar,
Meniki bo'ladi batamom dunyo!