SINGLIMGA
"Ko'ngil" degan so'zga qofiya "singil".
Singlim!
Seni desam isiydi ko'nglim.
Yurak xinaguldek o'ynaydi engil,
Munisginam, singlim,
anisim, singlim!
Esimda
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
qirovlar bog'lagan dala,
Tumanda adashgan ikki murg'ak jon.
Paxta jondan aziz bo'lgan mahallar,
G'o'zapo'choqdek xor bo'lgandi inson.
Jovdirab-jovdirab turarding qaqshab,
Qo'lchalaring kuhlab isitardim men.
Tushida gapirgan tentakka o'xshab,
Almoyi, poyma-poy she'r aytardim men.
She'r yupanch edimi, taskin edimi,
She'r afsun edimi, afsusmidi yo?
Sakkiz yashar dilga ilhom berdimi,
Achindimi xudo, kuldimi xudo?
"Ko'ngil" degan so'zga qofiya "singil".
Singlim!
Seni desam isiydi ko'nglim.
Xirmonin ko'tardi bugun o'ttiz yil,
Yana Farg'onaga boshladi yo'lim.
Sho'x edim, urushqoq, bezori edim,
Haydalgan paykallar tayyor jangmaydon.
Qahramonligimni sen ko'rsang derdim,
Maqtangim kelardi senga, singiljon.
Toki sen g'ururlan akangga qarab,
Xotirjam bo'l, sening himoyaching bor.
Dunyo bir tarafu o'zim bir taraf,
Yana nima kerak?
Senga ne darkor?!
Munisginam singlim,
anisim singlim,
Tuyg'u so'zga ko'chsa - siyqa, bachkana.
O'ylasam buzilib ketadi ko'nglim,
Uni she'rga solib turibman, mana...
Senga hasratimni qanday aytayin,
Sochga qirov tushdi kuzak kelmasdan.
Yomonga yaxshilik qildim atayin,
Yaxshiga yomonlik qildim bilmasdan.
Hamma yurakka tig' urar albatta,
Nishon sifatida kerakman asli.
Ne qilay, yuragim o'zimdan katta,
Odam shaklidagi yurakman asli...
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Qismat kimni siylar,
kimni kamsitar,
Kim obro' - martaba istab ovora.
Bechora emasdir majruh kimsalar
Aslida singlisi yo'qlar bechora!
Meni shoir qildi o'sha dalalar,
Meni paxtazorga ko'minglar, o'lsam...
Kechir meni, singlim,
g'aflatda agar
Yomon kun yoningda bo'lmagan bo'lsam.
Sen borsan, yonimga kelolmas o'lim,
Men borman, kulfatlar tentiraydi xor.
Ko'nglimga eng go'zal qofiya singlim,
Xotirjam bo'l, sening Iqbol akang bor!
Dostları ilə paylaş: |