Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi


Avtotebranishlar  haqidagi  dastlabki  ma'lumotlar



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/66
tarix05.03.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#53425
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristika

Avtotebranishlar  haqidagi  dastlabki  ma'lumotlar 

1.  Avtotebranish  sistemalari.  Ravshanki,  tebranish  sistemasining 

kamaygan  energiyasini  to'ldirib turish uchun  qandaydir manba bo'lishi kerak. 

Bunda ikkita shartning bajarilishi muhim ahamiyatga ega: 

1) 


manbadan  tebranish  sisternasiga  bir  davr  ichida  keluvchi  energiya 

ana  shu  vaqt  ichida  energiyaning  boshqa  turlariga  aylanuvchi  energiyaga  aniq 

teng bo'lishi kerak; 

2) 


energiya    tebranish  sisternasiga  «takt»  bilan,    ya'ni    sistemada  yuz 

beruvchi  erkin tebranishlar fazasiga  moslashgan  tarzda berilishi kerak. 

Bu  shartlarning  bajarilishi    uchun  tebranish    sistemasiga    energiya 

berilishini  boshqaruvchi  maxsus  qurilma  bo'lishi  kerak.  Bu  qurilma  shartli 

ravishda  klapan deb ataladi.  

 



2.2-rasm 

    So'nmas tebranishlar bo'lishi mumkin bo'lgan qurilmaning blok-sxemasi 2.2-

rasmda  tasvirlangan.  Bunday  qurilmalar  avtotebranish  sistemalari,  ularda 

yuzaga keluvchi tebranishlar esa avtotebranishlar deb nomlangan. 

Har qanday avtotebranish sistemasi uch qismdan iborat: 

a) tebranish sistemasining o'zi; 

b) energiya manbayi; 

d) «klapanlar». 

«Klapan»ning   ishini  tebranish  sistemasi  boshqaradi. Tebranish   sistemasi 

bilan  «klapan»  oraisdagi  bog'lanish  «teskari  bog'lanish»  deb  yuritiladi. 

Avtotebranishlar nazariyasi L.I.Mandelshtam, N.D.Papaleksi, A.A.Andronovlar 

va  ularning  shogirdlarining  ishlarida  ishlab  chiqiigan.  «Avtotebranish», 

«Avtotebranish  sistemalari»  terminlari  fanga  akademik  A.A.Andronov 

tomonidan kiritilgan.  




Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin