Qo’l mehnati –mashg‟ulot, o‟yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur
bo‟lgan o‟yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo‟yicha bolalar mehnatidir
(qog‟oz qiyqimlarini tashlash uchun, o‟simlikar urug‟i uchun qutichalar,
qo‟g‟irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o‟xshash narsalar
tayyorlash).
Qo‟l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi –narsa, buyum
vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo‟yash, qiqish, arralash, miz qoqishni,
tikish va shunga o‟xshash oddiy mehnat malaka va ko‟nikmalarini egallab
oladilar. Ularda ijodkorlik, topag‟onlik, zehililik xislatlari o‟sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati –har xil
mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi
keng tushunchadir. Mehnat jarayoni –mehnat faoliyatining o‟ziga xos bir
bo‟lagi bo‟lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy
qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol aslahatlari, biron
natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha
24
mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli yaqqol qo‟zga
tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash –bu birinchi navbatda mehnat jarayonini
uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab
bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan
iboratdir.
1.
Bolalarni bo‟lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo‟yishga
o‟rgatish
2.
Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini eng oddiy rejalashtirib
olishga o‟rgatish.
3.
O‟z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o‟rgatish.
4.
Mehnat malakasi va ko‟nikmalarini o‟rgatish.
5.
bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda
bajarilganligiga qarab o‟zining va boshqalarning ishini to‟g‟ri baholashga
o‟rgatish.
6.
Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish
7.
Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni
shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |