qilishdan boshlab to o‟zi mustaqil maqsad qo‟yadigan bo‟lguncha rivojlanib
boradi (o‟simlikka suv qo‟yishdan to uni o‟stirguncha). Bolalarning o‟z
25
-
bolalar mehnat qilishdan ko‟zlangan maqsadni tushunib yetishlari
kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko‟zlangan natija
nima?);
-
kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o‟xshashlar tarzida
ko‟rsatmali tasavvur eta bilish;
-
ishning mo‟ljallangan vaqtda bajarilishi;
-
bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko‟chat
o‟tqazish, o‟simlikni sug‟orish, ularni parvarish qilish va shunga o‟xshashlar)
kerak. Bola o‟z mehnatidan ma‟lum bir natijaga ega bo‟lishni anglab yetgan
taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va
ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko‟nikmalarini egallab olish –maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalar mehnat jarayonining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hyech qachon mehnat
natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va ko‟nikmalarini
egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan,
tikishda ipni o‟lchab kesib olish, ninaga o‟tkazish, uchini tugish, tikish;
o‟yinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini bukish, qirqish,
tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak bo‟ladi. Bu ish
harakatlarini ma‟lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o‟z mehnat
faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak.
Mehnat jarayonini rejalashtirish quyidagilarni o‟z ichiga oladi: maqsad
qo‟yish, mehnat faoliyati uchun kerakli ish qurollarini tayyorlab olish, qaysi
harakatlarni qaysi izchillikda bajarish kerakligini va undan kutilgan natijani
aniqlab olish, ish joyini yig‟ishtirib qo‟yish.
26
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi
o‟rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat
qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga
mehnat faoliyati jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O‟rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga
o‟rgatadi. Buning uchun bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib
boradi:
1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar –qanday materiallar, qanday ish qurollari
kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish o‟ng‟ay bo‟lishi uchun
ularni ish o‟rinmizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol
mehnatning oddiy va murakkabligiga, mazmuniga qarab bir necha marta
takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
iMehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o‟rgatish mehnatni sifatli
bajarishga va mehnat madanityaiga o‟rgatadi.
Dostları ilə paylaş: