Natija – mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‟lib, uni bolalar
ongli ravishda anglab yetishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni
tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarishga o‟rgatadi.
Mehnatining sababi, ya‟ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi
kerak. Bu quyidagi shart –sharoit ta‟sirida rivojlanadi:
27
1.
Bolalar mehnatdan keladagina natijani va uning ijtimoiy
mohiyatini bilishlari kerak.
2.
Bolalar yasagan buyumlardan bog‟chada, oilada foydalanish
kerak.
3.
Bolalarning ijtimoiy –foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil
etish.
4.
Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun
foydasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan
egallab olinishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining
boshlanishi hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari
quyidagilardan iborat: o‟z –o‟ziga xizmat qilish, topshiriqni bajarish, yakka
tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo‟l mehnati bo‟yicha mashg‟ulotlar, jamoa
mehnati. O‟z –o‟ziga xizmat, topshiriqni bajarish, maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang‟ich shakli hisoblanadi.
O‟z –o‟ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh
guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi
jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va yechinish, kiyim va badanni toza tutish
bilan uzviy bog‟liqdir. (bu mavzu “Jismoniy tarbiya” bobida batafsilroq
yoritilgan).
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi; u yakka tartibda va
guruppaviy bo‟lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bolalarga uncha
murakkab bo‟lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: “O‟yinchoqni,
kitobni, stulni olib kel, o‟rniga olib borib qo‟y, tushki ovqat uchun stol ustiga
28
qoshiqlarni qo‟yib chiq”. Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan
tashqari joylarda ham bajarishlari mumkin.
O‟rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqlar ancha
murakkab bo‟lib, ular endi xonadan tashqarida bajarishga mo‟ljallangan va
ikkinchi bir kishiga murojaat qilish bilan bog‟langan bo‟ladi, masalan,
boshqa guruhning tarbiyachisiga, enagaga, shifokorga, hamshiraga murojaat
qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshiriqlar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar
tomonidan bajarilishi mumkin (o‟yinchoqlarni yig‟ishtirish, gullarga suv
quyish, to‟kilgan barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi).
Maktabgacha tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana ham
murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va boshqa kishilarga
mehribonlarcha munosabatda bo‟lib hissini shakllantirish bilan bog‟liq
bo‟lishi mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan
keyin kiyinishiga yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab
berish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga
yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma‟lum bir gul yoki
bir qancha gullar bir xafta davomida davomida parvarish kilinishi yoki bu ish
yanada uzoqroq cho‟zilishi mumkin (biror o‟simlikni ekish va o‟stirish).
Tarbiyachi Bolalarning topshiriqni bajarilishiga rahbarlik qilish bilan
ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi,
mehnatda qatnashish istagini, o‟rtoqlariga g‟amxo‟rlik va e‟tibor bilan qarash
ruhini singdiradi, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o‟zaro
29
xushmuomala bo‟lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va
javobgarlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiyalaydi.
Navbatchilik –bu jamoa uchun mo‟ljallangan mehnat faoliyatining
shakli bo‟lib, u majbriy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi
kichik guruhda yil oxiridan (oshxonada) boshlanadi.
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini ta‟minlash
uchun navbatchilikning xilma –xil turlari uyushtiriladi: oshxonada (hamma
yosh guruhlarida), mashg‟ulotga tayyorlanishda (o‟rta guruhdan boshlab),
o‟simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov
guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik, qiladilar.
Birdaniga 4-5 bola navbatchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni
bezatadi. Katta va tayyorlov guruhlarida bolalarning vazifalari kengayadi.
Nonushta va tushlik ovqatga, kech tushki va kechki ovqatga dasturxon
tuzatish, ovqatlanib bo‟lingandan keyin idish –tovoqni ovqat tarqatiladigan
stolga yig‟ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga choy idishlarini
yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar ikkitadan
navbatchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish hajmlari ko‟payadi.
Mashg‟ulotlarga tayyorgarlik bo‟yicha navbatchilik qilish o‟rta
guruhda –bolalar oshxonada navbatchilik qilishni bilib olganlaridan keyin
kiritiladi. Bu navbatchilar stol va stullarni, mashg‟ulotga kerakli
materiallarni, qo‟llanmalarni mashg‟ulotga tayyorlaydilar va xonani tartibga
soladilar.
30
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbatchilik qila
boshlaydilar. Navbatchilikning bu turi ham tarbiyaviy, ham ta‟limiy
ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan tayinlanadi: biri
o‟simliklarni parvarish qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi
biri bo‟sh qolsa ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda foydali bo‟ladi.
Navbatchilikni boshlashdan oldin “Biz navbatchilik qilamiz” degan mavzuda
mashg‟ulot o‟tkazish mumkin. Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni
boshlashdan oldin tarbiyachi mashg‟ulot o‟tkazib, bolalarni tabiat burchagida
nimalar borligi, o‟simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish haqida
suhbat o‟tkazadi. Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va
to‟g‟ri boqish, o‟simliklarni sug‟orish va yuvish, qurigan shoxcha va
barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarini tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o‟simlik va hayvonlarni kuzatishga, o‟zgarishlarni
aniqlab borishga, burchakdagi o‟simlik va hayvonlarga g‟amxo‟rlik bilan
munosabatda bo‟lishga, ularda yuz beradigan o‟zgarishlarni ko‟ra bilish va
ular to‟g‟risida so‟zlab berishga o‟rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab
gulpushtalarni sug‟orish, guldasta tuzash, gul solingan guldonlar suvini
almashtirish topshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini,
miqdorini, ovqatni mustaqil bolalarning o‟zlari qatnashsalar yana ham yaxshi
bo‟ladi.
Ba‟zan navbatchilarning ish natijalari bolalarning uyga ketishlari
oldidan muhokama qilinadi. Tarbiyachi bolalarga: bugun navbatchilar o‟z
31
vaqtida keldimi? Ular hamma ishni qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga
stol to‟g‟ri tuzatildimi? Navbatchilar hamma narsani vaqtida bajarib,
o‟ynashga ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroq va chiroyliroq bajardi? –kabi
savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni almashtirib
turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning har xil turlarida qatnashishiga
va turli mehnat malakalarini egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog‟lig‟iga zarar yetkazmaydigan
(suyuq ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og‟ir narsalarni bolalar
ko‟tarmaydilar va hokazo) qilib tashkil etilishi kerak. Navbatchilik uchun
hamma kerakli jihozlar bo‟lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik
bilan foydalanishga, ishdan keyin joyiga yig‟ishtirib qo‟yishga o‟rgatiladi.
Ayniqsa navbatchilarni guruhlashga e‟tibor berish juda muhimdir:
passiv bolalarni faolroqlari biln, navbatchilikni endi bolagan bolalarni
tajribali bolalar bilan birga tayinlash kerak. Lekin bunda faol bolalarning
passiv bolalar ishini bajarishlariga yo‟l qo‟ymaslik darkor. Navbatchilarni
tanlash va tayinlash har xil bo‟lishi mumkin: bolalarning xohishiga qarab
stollar bo‟yicha, ro‟yxat bo‟yicha, sekin –asta navbatchlik galini bolalar
o‟zlari eslab qoladilar va shu tartib bilan borishini nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo‟lishini
bildirmaydi, ovqatni yeb bo‟lgan har bir bola o‟zining idishini stolni o‟rtasiga
taxlab qo‟yadi, salfetkani ham ma‟lum joyga qo‟yishadi, stul joyiga surib
qo‟yiladi. Navbatchilar idishlarni maxsus tarqatish stoli ustiga olib borib
qo‟yishadi, stol ustidagi uvoqlarni maxsus cho‟tka bilan idishga yig‟ib
olishadi. Mashg‟ultdan keyin ham shu hol takrorlanadi; har bir bola o‟zining
qadamini qalamdonga solib qo‟yadi, o‟z mo‟yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni
32
yig‟ishtirib qo‟yishadi va h.k. Eng muhimi –bolalarda o‟zaro mehr –
muhabbatni tarbiyalash, bir –biridan qo‟lidan kelgan yordamini ayamaslikka
o‟rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo‟l
mehnati bo‟yicha mashg‟ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan
bo‟lsa va u tushuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko‟rgazmali qilib
ko‟rsatishni talab etgan hollarda ana shunday mashg‟ulotlar o‟tkaziladi.
Bolalarning
jamoa
mehnati
daslabki
jamoachtilik
asoslarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat
qilish, o‟zaro yordam, shu bilan birga mehnat taqsimoti ham
mujassamlashgan
bo‟ladi.
Bunda
mehnat
yutuqlaridan
birgalikda
quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg‟uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil
shaklda bo‟ladi. “Yonma –yon mehnat” da hamma bolalar bitta ishni
bajaradilar, ammo har bittasi o‟sha umumiy ishning bir qismini bajaradi
(bittasi mo‟yqalamlarni yig‟ishtiradi, boshqasi bo‟yoqlarni va h.k.). ishning
bunday tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o‟rgatishda ham,
ularning ishini nazorat qilib turishda ham o‟ng‟aylik tug‟diradi.
“Umumiy mehnat” da har bir bola o‟z ishini bajaradi, ammo oxirida
hamma qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har bir bola xamirdan
uzib olib pechenye yasaydi va u bitta idishga solib pishirishga qo‟yiladi,
pishgandan keyin bitta idishga solib boalar mehmon qilinadi). Yoki hamma
bolalar guruh xonasini yig‟ishtirishadi –har bir bola biron ishni bajaradi,
yig‟ishtirib bo‟lingach, natija bitta qilib yakunlanadi (“Hamma yaxshi ishladi,
shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-sarishta, chiroyli bo‟lib qoldi”).
33
Birgalikdagi mehnat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: masalan,
xonani yig‟ishtirishda bolalarning bittasi o‟yinchoqlarni yuvadi, ikkinchisi
artadi, uchinchisi o‟yinchoq polkasini tozalaydi va unga o‟yinchoqlarni
teradi. Yoki tabiatdagi mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi,
ikkinchisi urug‟ yoki ko‟chatni o‟tqazadi, uchinchisi joyiga olib borib
qo‟yadi. Bu yerda bolalarning ish harakatida o‟zaro mutanosiblik bo‟lishi,
ya‟ni har bir bola bir xilda chaqqonlik bilan harakat qilishi kerak, buning
natijasida ma‟lum mehnat munochabatlari yuzaga keladi. Bunday vaziyatda
tarbiyachining bolalar o‟rtasida to‟g‟ri munosabat o‟rnatishga qaratilgan
bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma‟lum izchillikda amalga oshiriladi.
|