1-шова (М-01 шакл)


bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi”



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix14.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#53754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mikrobiologik preparatlarning za

bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi” deb nomlangan ma’ruzalarida qishloq xo‘jalik 

sohasidagi  ba’zi  bir  muammolarga  to‘xtalib  o‘tdilar:  o‘tgan  yili  3  ming  800  dan 

ortiq  fermer  xo‘jaligi  paxta  etishtirish  bo‘yicha  shartnoma  majburiyatini  bajara 

olmadi.  Natijada  120  milliard  so‘mlikdan  ortiq  yoki  160  ming  tonnadan  ziyod 

paxta  xom-ashyosi  kam  etkazib  berildi.  Agar  bu  ko‘rsatkichlarni  eksport  qilish 

mumkin  bo‘lgan  paxta  tolasiga  aylantiradigan  bo‘lsak,  boy  berilgan  foyda  hajmi, 

paxtani  qayta  ishlashdan  olinadigan  moy,  shrot,  kunjara  va  boshqa  maxsulotlarni 

hisobga olmaganda ham, qariyb 100 million dollarni tashkil etadi. 

O‘tgan  yili  1  ming  500  ta  fermer  xo‘jaligi  davlat  zaxirasiga  g‘alla  sotish 

bo‘yicha  18  milliard  so‘mlik  yoki  62  ming  tonna  hajmdagi  shartnoma 

majburiyatini bajarmadi [1]. 

Qishloq  xo‘jaligidagi  bu  kabi  katta  yo‘qotishlarga  ekinlarda  uchraydigan 

zararkunanda  xasharotlar  va  kasalliklar  ham  sabab  bo‘lmoqda.  G‘o‘zaning  o‘sib 

rivojlanishida  unga  220  turdan  ortiq  zararkunda  hasharotlar  va  kasalliklar  zarar 

etkazishi  qayd  etilganligi  ham  ushbu  zararli  organizmlarga  qarshi  kurashishning 

naqadar  dolzarb  ekanligi  anglatadi.  Bu  kabi  o‘ta  zararli  organizmlarga  chigirtka, 

ko‘sak qurti, o‘rgamchakkana kabi zararkunadalarni keltirish mumkin. 

 




Ma’lumki,  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  zararkunanda  hasharotlardan  himoya 

qilishda  foydalanishda  asosan  kimyoviy  preparatlardan  foydalaniladi.  Ammo, 

keyingi  yillarda  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanayotgan  ekologik 

holatning  buzilib  borishi,  tuproq  mikroflorasi,  uning  fizik  kimyoviy  tarkibi,  suv 

havzalarining  ifloslanishi,  bular  oqibatida  insonlar  va  issiq  qonli  hayvonlar 

organizmida keskin salbiy oqibatlar hosil bo‘layotganligi kimyoviy preparatlardan 

foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda. 

Bu  kabi  muammolar  olimlar  oldiga  zararkunanda  hasharotlarga  qarshi 

kurarshishning  alternativ  usullarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotda  qo‘llash  kabi 

vazifalarni  qo‘ymoqda.  Xuddi  shunday  alternativ  usullardan  biri  mikrobiologik 

preparatlar  asosida  zararkunanda  hasharotlarga  qarshi  kurash  hisoblanadi.  Bu 

usulning  kimyoviy  usulga  nisbatan  bir  qancha  afzalliklari  mavjud  bo‘lib,  ulardan 

quyidagilarini  keltirish  mumkin:  ekologik  tozaligi,  tuproqda  to‘planib  qolmasligi, 

ularni  tayyorlash,  saqlash,  tashish  va  qo‘llashning  qulayligi,  iqtisodiy 

samaradorligi  va  ayniqsa  issiq  qonli  hayvonlargi  nisbatan  zararsizligi  olimlar 

e’tiborini tortib kelmoqda.  

Mikrobiologik  preparatlar  orasida  Bacillus thuringiensis spora-kristall  toksin 

hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyalari alohida o‘rin tutadi. Ilmiy manbalardan 

ma’lumki, dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarida (AQSH, Fransiya, Angliya, 

Germaniya,  Italiya,  Rossiya  va  x.k.),  shuningdek,  iqtisodiy  rivojlanmagan 

davlatlarida  ham  Bacillus thuringiensis  bakteriyalari  asosidagi  biopreparatlardan 

samarali 

foydalanib 

kelinmoqda 

va 

kimyoviy 



preparatlarga 

to‘laqonli 

raqobatbardosh alternativ usul ekanligi isbotlangan. 

SHu  o‘rinda  tabiiy  savol  tug‘iladi,  mamlakatimizda  mikrobiologik 

preparatlardan  zararkunanda  xashoratlarga  qarshi  kurashda  foydalanish  qay 

ahvolda?  Bu  savolga  javob  berish  mushkul  emasdek  tuyiladi.  CHunki, 

zarakunandalarga  qarshi  kurashda  asosan  kimyoviy  preparatlarga  asoslaniladi. 

Zeroki,  Respublika  kimyoviy  va  biologik  preparatlarni  sinovdan  o‘tkazish  va 

ruxsat  berish  qo‘mitasi  tomonidan  bir  qator  mikrobiologik  preparatlarga  ruxsat 

berilgan  va  birgina  2005-2007  yillarga  mo‘ljallangan  reyestrga  kiritilgan: 

 




lepidotsid,  dendrobatsillin,  navodor  va  x.k.  Demak  yana  bir  haqli  savolga  javob 

topish  lozim  bo‘ladi.  Nima  uchun  reystrda  mavjud  bo‘lgan  mikrobiologik 

preparatlar  keng  ko‘lamda  foydalanilmaydi.  CHunki  ularning  ta’sir  darajasi 

pastligi  va  iqlim  sharoitimizga  mos  kelmasligi  kabi  qator  salbiy  ko‘rsatkichlari 

mavjud.  Bu  esa  Respublikamizda  ushbu  yo‘nalish  ustida  chuqur  ilmiy  tadqiqot 

ishlarini  olib  borishni  taqqazo  etadi.  Zeroki, 1970-1988  yilgacha  olib  borilgan 

ilmiy  tadqiqot  ishlarini  tahlil  qilganimizda  qator  olimlarimiz  tomonidan 

mikrobiologik  preparatlarning  o‘ta  samardor  ekanligi  isbotlab  berilgan  [Xo‘jaev 

SH.T.1991., Bababekov R.R.].  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013  yil  14  fevraldagi  “Obod 

turmush  yili  davlat  dasturi  to‘g‘risida”gi    PQ-1920-sonli  Qarori  ilovasining  17-

bandida  6,7  ming.  ga  maydonda  yangi  bog‘lar, 3,5 ming  ga  maydonda  intensiv 

bog‘lar, 6,8 ming.  ga  maydonda  tokzorlar  yaratish  hamda  6,8  ming.  ga 

maydondagi mavjud bog‘lar va 3,7 ming.ga maydondagi tokzorlarni qayta tiklash 

orqali bog‘dorchilik faoliyatiga 15 ming qishloq aholisini jalb etish; 18-bandining 

3-xatboshida  «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi  korxonalarida  ipak  qurti  boqish  uchun 

kamida 10-15 ta ipakchilik komplekslarini tashkil etish yo‘li bilan chorvachilik va 

pillachilikni yanada rivojlantirish kabi aniq tadbirlar belgilab qo‘yilgan [2]. 

SHu  boisdan,  bog‘lardan  yuqori  hosildorlikka  erishish  va  ekologik  toza 

maxsulotlar  olish  uchun  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hamda  daraxtlarda  uchraydigan 

turli  xil  mikrobiologik  kasalliklarga  va  zararkunanda  xasharotlarga  qarshi 

kurashish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 

Ilmiy  manbalarda  boshoqli  o‘simliklarni  etishtirish  davomida  150  dan  ortiq 

zararkunanda oragnizmlar zarar etkazishi qayd etilgan. Jumladan, birgina g‘alladan 

olingan  hosildorlik  5%  dan  50%  gacha  uni  saqlash  davomida  zararkunanda 

organizmlar  ta’sirida  yo‘qotilishi  ko‘plab  tadqiqotlar  davomida  isbotlab  berilgan. 

Respublikamiz  hududida  zararli  xasva  boshoqli  don  ekinlarining,  ayniqsa, 

bug‘doyda  Farg‘ona  vodiysi,  Toshkent,  Samarqand,  Jizzax,  Sirdaryo,  Buxoro, 

Navoiy  va  Surxondaryo  viloyatlari  g‘allazorlarida  uchramoqda  va  sezilarli 

darajada  zarar  etkazmoqda.  Ma’lumki,  xasva  bilan  zararlangan  maydonlardan 

 




olingan  urug‘lik  donning  unib  chiqishi  50  foizgacha  kamayadi.  Bundan  tashqari 

zararlangan  dondan  tayyorlangan  unning  sifat  ko‘rsatkichi  oziq-ovqat  sanoatida 

ham ulkan muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

SHu boisdan, hukumatimiz doirasida donli ekinlarning hosildorligini oshirish 

bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  2013  yil  14  fevraldagi  “Qishloq  xo‘jaligi  korxonalarini 

qo‘llab-quvvatlash,  boshoqli  don  ekinlari  hosildorligini  oshirish,  O‘zbekiston 

respublikasi  suv  xo‘jaligining  irrigatsiya-drenaj  tizimlarini  tiklash  loyihalarini 

amalga  oshirish  uchun  jalb  etilgan  xalqaro  moliya  institutlarining  kreditlarini  o‘z 

vaqtida  qaytarishni  ta’minlashga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  gi 

42-sonli Qarorining, 1-ilovasi, 3-bandida aynan don ekinlari 

‎hosildorligini ‎oshirish 

borasidagi chora tadbirlar belgilab berilgan [3]. 

Xulosa qilib aytganda, bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining 

xulosalari  va  hozirgi  vaqtda  Bacillus thuringiensis entomopatogen  bakteriyasi 

asosidagi antifungal preparatlarning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilmayotganligi bizni 

ushbu muammo ustida tadqiqot ishlari olib borishimizga sabab bo‘ldi. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin