L-ekzotoksin. Ba’zi adabiyotlarda
α-ekzotoksin deb ham ataladi. S
fosfolipaza
α-ekzogen bakterial ferment hisoblanadi. Bundan tashqari bu fermentni
letsitinaza va "fosfolipaza-3" deb ham yuritiladi. chunki, u tabiiy fosfolipidlar bilan
glitsero-3-fosfatli bog‘ni parchalaganligi uchun shunday nomlash taklif etilgan edi.
Adabiyotlarda letsitinaza yoki S-fosfolipaza deb ham nomlanadi. Biokimyoviy va
immunokimyoviy tahlillar shuni tasdiqladiki, fosfodilinozitol spetsifik S-
fosfolipaza bilan aynan o‘xshash ekan. Ayni vaqtlarda letsitinaza hosil qiluvchi
Bac.thuringiensis kulturalariga e’tibor qaratilmoqda. U bir qancha xasharotlarga
faol zaharli (lepidopteralar, qo‘ng‘izlar) ta’sir ko‘rsatadi.
α
-ekzotoksin bakteriyaning o‘suvchi hujayralari mahsulidir. Ferment
xasharot to‘qimasida fosfolipidlar almashinishini buzadi va natijada nobud
bo‘lishga olib keladi (V.Bo‘kov va boshqalar., 1987).
A.Ivanov va uning xodimlari (1990) entomopatogen bakteriyalarda virulentlik
va ferment faolligining bog‘liqligini o‘rganishdi va shtammning yuqori
virulentlikka ega bo‘lishida S-fosfalipaza fermenti alohida o‘rin tutishini
12
aniqlashdi. Mualliflar Bac.thuringiensis bakteriyasining maxsus S fosfolipaza
bilan patogenlik xususiyati orasidagi bog‘liqligini o‘rganishdi va S-fosfolipaza
Bac.thuringiensis bakteriyalarining entomotsid ta’sirida asosiy faktor hisoblanadi
degan xulosaga kelishdi.
SHuningdek, Bac.thuringiensis bakteriyalarining S-fosfolipaza ajratishi,
uning spetsifik xususiyati va n-nitrofenilfosforil-xolinni gidrolizlashi va
entomopatogen xususiyati to‘g‘risida ma’lumot berishgan.
Υ-ekzotoksin. Bu toksinning tabiati hozirgacha to‘liq aniqlanmagan
(V.Bo‘kov va boshqalar, 1987). Bu toksin entomocidus kulturasida uchraydi
(Bac.thuringiensis VI serotip).
Dostları ilə paylaş: |