kurashishda foydalanish o‘tgan asrning etmishinchi yillaridan boshlab rivojlana
boshlagan edi. Bunda asosiy e’tibor yuqumli, xavfli va o‘ta xavfli kasalliklarning
tashuvchilari bo‘lgan qon so‘ruvchi xasharotlar va mayda kemiruvchilarga
SHu bilan bog‘liq holatda dastlabki, tadqiqotlar natijasida qon so‘ruvchi
B.t.israelensis [Goldberg L. et all., 1977],
B.t.darmstadensis [Padua L.E. et all.,
1980], B.t.kyushuensis [Ohba M and Aizawa K., 1979], B.t.morrisoni [Padua L.E.
et all., 1984], B.t.fukuokaensis [Ohba M and Aizawa K., 1990], B.t.medellin
[Orduz S. et all., 1992], B.t.canadensis, B.t.shandongiensis [Ishi T and Ohba M.,
1993], B.t.amagiensis [Ishi T and Ohba M., 1993], B.t.jegathesan [Seleena P. et
all., 1995] and B.t.higo [Saitoh H. et all., 1998].
Larvitsid biopreparatlar yaratish maqsadida tuproq, suv, xasharot organizmi,
suv xasharotlari organizmi kabi turli xil manbalardan larvitsid faolligi yuqori
bo‘lgan Bacillus thuringiensis bakteriyasi turlarini ajratib olishga alohida e’tibor
beriladi. Jumladan, Vector Control Research Centre Pondicherry (Hindiston)
bergan ma’lumotlarga ko‘ra B.thuringiensis bakteriyasining thompsoni (H-12)
serotipi qon so‘ruvchi xasharotlarga spetsifik ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lib,
tuproqdan ajratib olingan.
Keyingi tadqiqotlar natijasida Bacillus sphaericis bakteriyasi ham qon
so‘ruvchi xasharotlarga nisbatan yuqori larvitsid faollikka ega ekanligi aniqlandi.
Bu kabi biologik preparatlarning afzallik tomonlari kimyoviy insektitsidlarga
nisbatan tanlab ta’sir etish xususiyati bilan izohlanadi.
Isroillik olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Bacillus thuringiensis var.
israelensis bakteriyasining maqsaddan tashqari bo‘lgan foydali organizmlarga
ta’siri 20 yil davomida o‘rganilib, ularga nisbatan hech qanday salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi aniqlangan. SHuningdek, ushbu bakteriya asosida tayyorlangan
mikrobli preparatlarga nisbatan xasharotlarda moslashuvchanlik holatlari qayd
etilmagan. Bacillus thuringiensis var. israelensis bakteriyasining to‘rt xil tipdagi
oqsillar sintez qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, xasharotlarning bundan keyin
ham moslashuvchanlik xususiyatini namoyon etishini basharot qilib bo‘lmaydi.
Xuddi shu holatni Bacillus sphaericus bakteriyasi asosida tayyorlanadigan
mikrobli preparatlar misolida ham ko‘rish mumkin. Har ikkala bakteriyaning
toksinlari ham yuqori darajada larvitsid faollik namoyon qilishi bilan bir qatorda
Bacillus sphaericus bakteriyasi asosidagi preparatlarning uzoq vaqt davomida o‘z
ta’sirini saqlab qolishi bilan ajralib turadi. Ammo, ba’zi bir hollarda qon so‘ruvchi
7
xasharotlar populyasiyasida rezistentlik hosil qilishi Hindiston, Braziliya va
Fransiyada kuzatilgan.
Bakterial preparatlarning asosiy kamchiligidan biri bu uzoq vaqt davomida
o‘z ta’sirini saqlab qola olmasligidadir. Ayniqsa, Bacillus thuringiensis var.
israelensis bakteriyasi asosidagi preparatlar uzoq vaqt ta’sir kuchini saqlab qola
olmaganligi uchun suv havzalariga qayta ishlov berish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: