www.ziyouz.com kutubxonasi
44
208. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechqurun
to‘qqiz raka’at namoz o‘qir edilar.
I z o h. Bu hadisdan hanafiylar olti raka’at tahajjud va uch raka’at vitr edi, deydilar.
209. Xuzayfa roziyallohu anhu dedilar: Men bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bilan birga namoz o‘qidim. Janob namozga kirishgach, avval bu duoni o‘qidilar
(tarjimasi): “Alloh Taolo hammadan buyuk zotdir. Podshoxligi nixoyatda ulug‘dir,
hammaga g‘olibdir. Kattalik va haqiqiy ulug‘lik Uning sifatidir”. Keyin surai fotixani
o‘qigandan keyin zam suraga surai Baqarani o‘qidilar. Keyin ruku’ qildilar. Bu ruku’lari
qiyomlariga o‘xshagan edi (Ya’ni, uzunlikda qiyom bilan barobar edi, yoki o‘sha qiyomga
munosib ruku’ edi), va ruku’larining avvalidan to oxirigacha SUBHONA RABBIY AL-’AZIM
deb turdilar. Keyin ruku’dan boshlarini ko‘tardilar va tikka turdilar. Ya’ni, qovma qildilar.
Bu qovmalari ham ruku’lariga o‘xshagan edi. Qovmalarida avvaldan oxirigacha
LIRABBIL-HAMDU deb turdilar. Keyin sajda qildilar. Sajdalari ham qiyomlari kabi edi, va
sajdalarida avvalidan oxirigacha SUBHONA RABBIYaL-A’LO deb turdilar. Keyin sajdadan
boshlarini ko‘tardilar. Ikki sajdalarining o‘rtasi ham sajdalari kabi edi. Bu o‘tirishda
tamom RABBIG’FIRLIY deb turdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu namozlarida
surai BAQARA, surai OLI IMRON, surai NISO, surai MOIDA yoki surai AN’OMni to‘rt
raka’atga o‘qidilar.
Bu hadis roviylaridan imom Shu’ba oxirgi ikki surani qaysi birini tilovat qilganlarida shak
qiladilar.
I z o h. Ba’zi rivoyatlarda yuqoridagi avvalgi uch surani bir raka’atda o‘qiganliklari ham
sobitdir.
210. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kecha
tahajjudlarida avvaldan oxirigacha birgina oyati sharifani qaytarib-qaytarib o‘qib turdilar.
I z o h. Mazkur oyat sharifa ushbudir: IN TU’AZZIBHUM FAINNAHUM IBODUKA VA IN
TAG’FIRLAHUM FAINNAKA ANTA-L-’AZIYZU-L-HAKIYM (Surai Moida).
Tarjimasi: (Ey xudo, agar Sen bularning hammalarini azoblasang, o‘z bandalaringdir, va
agar Sen bularni mag‘firat qilsang, hammaga g‘olib va ulug‘, xikmatli zotdirsan. Ya’ni,
xech kim Sening iroda va hukmingga daxl berolmas. Har narsa qilsang yarashur, chunki
sen Molikdirsan, ular bandalaringdir).
211. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bilan namoz o‘qidim. Janob qiyomda shu qadar uzoq turdilarki, men
chidab tura olmay, bir yomon ishni qilmoqchi bo‘ldim (lekin qilmadim). Bir kishi savol
qildi: nima qilmoqchi edilar? Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: o‘zim o‘tirib olib, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni o‘zlarini tanxo qo‘ymoqchi bo‘lib edim.
212. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (oxirgi
vaqtlarida) nafl namozlarini o‘tirib o‘qir edilar. O’tirgan hollarida Qur’oni sharifni
odatlariga mutobiq uzun o‘qib borar edilar. Qachonki bir raka’atning xissasidan o‘ttiz yo
qirq oyat miqdori qolsa, uni turib o‘qir edilar. Keyin ruku’ va sajda qilar, keyin ikkinchi
raka’at yana shunday qilar edilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |