www.ziyouz.com kutubxonasi
46
tahiyatul-masjid o‘qir edilar. Ehtimol, Ibn Umar roziyallohu anhumo shuni ko‘rgan
bo‘lishlari mumkin.
217. Xafsa roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subhi sodiq
tulu’ qilib, muazzin azon aytishi bilan, ikki raka’at yengil namoz o‘qir edilar.
I z o h. Bu namoz bomdod namozining sunnatidir. Buni Nabiyi karim sollallohu alayhi
vasallam yengil o‘qir edilar, va zam surasi uchun surai «Kofirun» bilan surai «Ixlos»ni
o‘qir edilar.
218. Osim ibn Zamra dedilar: bizlar Ali roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning kunduzda o‘qiydigan namozlarining kayfiyatidan savol qildik. Ali
roziyallohu anhu dedilar: “Sizlar u kayfiyatda o‘qiy olmaysizlar”. Biz dedik: “Siz bayon
qiling, har kim o‘qiyolsa o‘qir”. Keyin Ali dedilar: “Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam subh vaqtida oftob osmonning sharq tarafida, go‘yo asr vaqtida g‘arb tarafida
ko‘tarilgan balandlikda ko‘tarilganda, ikki raka’at namoz o‘qir edilar. Qachonki sharq
tarafida, go‘yo peshin vaqtida g‘arb tarafida ko‘tarilgan balandlikda ko‘tarilsa, to‘rt
raka’at namoz o‘qir edilar. Peshin namozidan avval to‘rt raka’at o‘qir edilar. Peshin
namozidan keyin ikki raka’at o‘qir edilar. Asrdan avval to‘rt raka’at o‘qir edilar. Bu to‘rt
raka’atni har ikki raka’atidan keyin muqarrabin maloikalar va anbiyo va ularga tobe’
bo‘lgan mo‘minlar va musulmonlarga salom berar edilar.
I z o h. Bu rivoyatdagi avvalgi ikki raka’at ishroq namozidir. Keyingi to‘rt raka’at chosht
namozidir. Peshin namozidan avvalgi sunnati to‘rt raka’at ekanligi sobit bo‘ldi. Peshin
namozidan avvalgi to‘rt raka’ati va keyingi ikki raka’ati sunnati muakkadadir.
219. Muoz roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam chosht namozini o‘qir edilarmi, deb savol qildim. Oisha dedilar: Ha, to‘rt
raka’at o‘qir edilar. Xoxlasalar, ziyoda ham o‘qir edilar.
220. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam chosht
namozini olti raka’at o‘qir edilar.
221. Abduraxmon Tobi’iy dedilar: Menga Ummu Xoniy roziyallohu anhodan boshqa hech
kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chosht namozlaridan xabar bermadi. U zot
aytdilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarrama fath qilingan kunda
mening uyimga kirdilar, g‘usl qildilar. Keyin sakkiz raka’at namoz o‘qidilar. Men bu
namozdan yengilroq namoz o‘qiganlarini ko‘rmagan edim. Lekin ruku’ va sujudlarini
tamom qilar edilar.
222. Abdulloh ibn Shaqiq dedilar: Men Oisha roziyallohu anhoga dedim: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam chosht namozini o‘qir edilarmi? Oisha roziyallohu anho dedilar:
Yo‘q. Magar safardan kelsalar o‘qir edilar.
I z o h. Yuqorida Muoz roziyallohu anhuning rivoyatlarida Oisha roziyallohu anho
Rasululloh sollalloxu alayhi vasallamning chosht namozini o‘qiganliklarini isbot etdilar.
Abdulloh ibn Shaqiq rivoyatlarida esa safardan kelganlaridagina o‘qib, boshqa vaqt
o‘qimaganliklari bayon etildi. Buning tadbiqi shuki, chosht namozini masjidda o‘qishlari
safardan kelganlaridagina bo‘lar edi. Ammo uylarida hamisha o‘qir edilar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |