www.ziyouz.com kutubxonasi
49
qilindi, va mustahabligi boqiy qoldi. Endi kim xoxlasa tutib, kim xoxlamasa tutmaydigan
bo‘ldi.
236. Alqama roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan savol qildim:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kunlardan biron birini biron bir ibodat uchun
xos qilib olar edilarmi?” Dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amallari
doimiy bo‘lar edi. Qaysi bir ibodatga berilsalar, unga extimom bilan davom etar edilar.
Sizlardan kim ham u zotning toqatlari yetgan ibodatga toqati yetadi?”
I z o h. Bu hadisdagi davomdan murod, g‘olibi vaqtdir.
237. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
mening huzurimga kirib keldilar. Mening xuzurimda bir ayol o‘tirgan edi. Janob
so‘radilar: “Bu ayol kim?” Men dedim: “Bu o‘sha kechalar uxlamay, nafl namozlar
o‘qiydigan va ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan ayol”. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: “Nafl ibodatlarni shunchalik miqdorda qilsinki, uni qilmoq mumkin va
toqat ichida bo‘lsin. Allohga qasamki, Alloh Taolo bandasi ibodatdan charchamasa va
malol kelmasa, savob berishdan hargiz charchamaydi va malol olmaydi”. Oisha dedilar:
“Ibodatlar ichida Janobi Rasulullohga hammadan ziyoda maxbub ibodat – qilguvchi unda
davomiy bo‘lgan ibodat edi”.
238. Abu Solih dedilar: Men Oisha va Ummu Salama roziyallohu anhumodan so‘radim:
“Qaysi bir ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ziyoda maxbub edi?” Ular har
ikkilari dedilar: “Qaysi bir ibodat oz bo‘lsin yo ko‘p bo‘lsin, qilguvchi unda davomiy
bo‘lsa, o‘sha ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maxbub edi”.
I z o h. Bu rivoyatlardan aniq-ravshan ma’lum bo‘ladiki, ro‘za bo‘lsin, namoz bo‘lsin,
qaysi bir nafl ibodat bo‘lsin, uni qilguvchi odam uni extimom bilan qilsin va unda
bardavom bo‘lsin. Xox oz bo‘lsin, xox ko‘p bo‘lsin, qilolmas ekanman deb, butun tashlab
ko‘ymasin. Chunki farz ibodatlardagi kamchiliklarni nafllar bilan to‘ldiriladi. Qaysi bir
naflga amal qilsa, tark qilinmasin.
239. Avf ibn Molik roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bilan birga bo‘ldim. Janob avval misvok iste’mol qildilar. Keyin taxorat qildilar.
Men ham Janobga iqtido kilib, namozga shuru’ qildim. Janob surai FOTIHAdan keyin zam
suraga surai BAQARAni boshladilar. Qachon bir raxmat oyatini o‘qisalar, to‘xtab olib, uni
Allohdan so‘rar edilar. Qachon bir azob oyatini o‘qisalar, to‘xtab turib, undan panoh tilar
edilar. Keyin ruku’ qildilar. Ruku’larida qiyomda turgan miqdorlaricha turdilar va bu
duoni o‘qidilar: SUBHONA ZI-L JABARUTI VA-L MALAKUTI VA-L KIBRIYoI VA-L
‘AZAMATI. (Tarjimasi: Hukumat va saltanat soxibi bo‘lmish Zot pokdir, va ulug‘lik va
buyuklik soxibidir). Keyin sajda qildilar va sajdada ham ruku’da turgan miqdorda turdilar
va unda ham yuqoridagi duoni o‘qib turdilar. Keyin ikkinchi raka’atga turdilar. Unda
surai OLI IMRONni zam qildilar. Bu raka’atda ham avvalgi raka’atda qilingan tarzda
davom etdilar. Bu namoz o‘zi to‘rt raka’atlik namoz edi. Uchinchi raka’atda surai NISOni
va to‘rtinchi raka’atda surai MOIDAni o‘sha kayfiyatda o‘qidilar.
I z o h. Imom Termiziy rahimahulloh bu bobda avvalda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ibodatlarini nihoyatda oson va yengillarini bayon etib kelib, oxirida
muborak hadis bilan Janobning ibodatdagi shavq va toqatlarini hammadan ziyoda bo‘lib,
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |