www.ziyouz.com kutubxonasi
50
insoniy toqat tashqarisida ekanligini isbot etdilar. Toki itbo’lariga xirsi baland bo‘lib,
muvaffaq bo‘la olgan ximmatlik ummatlar qila olsalar, bu hadis ifodasicha ham amal
qilsinlar.
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QIROATLARI
HAQIDA BAYON QILINADI
Ya’ni, Janobi Rasulullohning Qur’oni karim tilovatlari qanday edi, shu xususda zikr
etiladi.
240. Ya’lo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Ummu Salama roziyallohu anhodan
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari haqida savol qilindi. Onamiz roziyallohu
anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari harf-harf ochiq va ravshan
bo‘lar edi.
Sharxlovchilar aytadilar: Onamiz o‘zlari Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam
o‘qiganlaridek o‘qib berdilar. Ya’ni harfan-harfan zaboniy tushuntirib berdilar.
241. Qatoda dedilar: Men Anas roziyollohu anhudan “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning qiroatlari qanday edi?” deb savol kildim. Anas roziyallohu anhu dedilar:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlari madlik bo‘lar edi(mad – bir harfni
cho‘zibroq o‘qish) (Ya’ni, mad qilmoq zarur bo‘lgan maqomlarda mad qilar edilar. Lekin
mad qilishda tajvid qoidasiga muvofiq mad qilinar edi. Ziyoda va kam qilinmas edi.
Chunki har narsaning o‘z miqdori bor. Undan ziyod va kam qilish mazammatlangandir).
242. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam qiroat qilganlarida har oyatni uzib, alohida qilib o‘qir edilar. Birini ikkinchisiga
qo‘shib, aralashtirib o‘qimas edilar. Masalan, ALHAMDU LILLAXI RABBIL ‘ALAMIYN deb
to‘xtar edilar. Keyin AR-RAXMONIR-RAHIYM deb yana to‘xtar edilar. Keyin MALIKI
YAMID-DIYN deb to‘xtar edilar.
243. Abdulloh ibn Abu Qays dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan savol qildim:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni ichlarida beovoz o‘qir edilarmi yo
ovoz bilan o‘qir edilarmi?” Onamiz dedilarki: “Har ikki tariqada o‘qir edilar”. Men dedim:
“ALHAMDU LILLOHki dinimizda kengchilik paydo qilibdilar” (ya’ni Islomda tahajjud va
boshqa namozlar qiroatini ovoz chiqarib o‘qilsin yoki maxfiy o‘qilsin, vaqtga va nashotga
qarab, qanday o‘qilsa-da durustdir. Bu Islom go‘zalliklaridan biri).
244. Ummu Xoniy roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Masjid-al-Haromda kechqurun tilovat qilar edilar. Men ovozi muboraklarini uyimda, tom
tepasida eshitar edim. Chunki bu zotning uylari Harami Makkaga nihoyatda yaqin edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni nihoyatda sof va dona-dona qilib
ovoz bilan o‘qir edilar.
245. Abdulloh bin Mug‘affal roziyallohu anhu dedilar: Men Makkai mukarrama fatx
qilingan kuni Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tuyalarining ustida: INNO
FATAHNO LAKA FATXAN MUBIYNAN, LIYAG’FIRA LAKA-ALLOHU MO TAQADDAMA MIN
ZANBIKA VA MO TAAXXARA jumlalarini o‘qib turganlarini eshitdim. Janob qiroatlarida
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |