Python dasturlash tili - bu umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng
tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili. Dasturlash tili
Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va birinchi marta 1991 yilda
foydalanib koʼrilgan. har xil platformalar (Windows, Mac OS, Linux va
boshqalar) Python
Python shuningdek, Microsoft.NET platformasi uchun ham yozilgan
va u IronPython deb nomlanadi.
Pastki qavat tillar
Pastki qavat tillar bu asosan tizimlar uchun yoziladigan dasturlash
tillari hisoblanadi.
Yaʼni
ularda
drayverlar,
kodlarni
boshqa
tilga
oʼgiruvchi
translyatorlar, robotlarni harakatlantirish va boshqalar.
Ularga misol qilib Assembler va S dasturlash tillarini keltirish
mumkin.
Script tillar
Script tillar - bu Java dasturlash tili asosida yaratilgan obʼektga
yoʼnaltirilgan dasturlash tillaridir. Ularga Java Script, VB Script, Lua
va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Java Script mijoz tomonida ham, server tomonida ham amal
qiluvchi oʼrnatiladigan ilovalarning obʼektga yoʼnaltirilgan tili. Til
sintaksisi Java tilining sintaksisiga juda oʼxshash, shu bois u
koʼpincha Java-simon til deb ataladi. Mijoz ilovalari, Web
hujjatlarni
koʼzdan
kechirish
brouzer
tomonidan
foydalanuvchining mashinasida bajariladi, server ilovalari esa
serverda bajariladi.
Web dasturlash uchun tillar
Web dasturlash uchun tillar - bu Internetda ishlaydigan veb-
saytlar, portallar va boshqa ilovalarni yaratishga moʼljallangan
dasturlash tillaridir. Ularga PHP, ASP.NET, Perl, CMS, Framework va
boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
PHP - Script Tili boʼlib, Web Serverda oʼzgaruvchan HTML fayllarini
yaratishda qoʼllaniladi. Hozirgi kunda deyarli barcha hosting-
provayderlar
mazkur
tilni
qoʼllab-quvvatlaydi.
Odatda,
PHP
Maʼlumotlar Bazasi bilan ishlatiladi.
ASP (inglizcha: Active Server Pages — «serverning aktiv sahifalari»)
- World Wide Web uchun oson ilovalar yaratishga yordam beradigan,
Microsoft tomonidan yaratilgan texnologiya. ASP Windows NT
turkumidagi operatsion sistemasining tarkibiga kiruvchi IIS veb serveri
orqali ishlaydi.