Dasturlash
Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron
mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʼzgartirish jarayonidan iborat.
Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++,
Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi
odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash - elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda
har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish
bilan shugʼullanadigan fan, algoritmlar nazariyasining amaliy boʼlimi,
insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Аsosiy vazifalaridan biri
elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni
tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yochilishi lozim boʼlgan masala
algoritmi "mashina tili"ga oʼtkaziladi.