C++ dasturlash tili - turli maqsadlar uchun moʼljallangan
dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C
dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object
Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab
chiqarilgan. Boshida “C klasslar bilan” deb atalgan, 1983-yili hozirgi
nom bilan yaʼni C++ deb oʼzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni
kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega
emas. C++ tili operatsion tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server
dasturlarni, EHM oʼyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʼllaniladigan
dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni
ishlab chiqarishda qoʼllaniladi.
Dostları ilə paylaş: |