III.4. Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash ishini rejalashtirish.
Guruh rahbari ishini rejalashtirishda o’quv yurti umumiy ish rejasidan kelib
chiqib aniq guruh rejasini tuzishda parallel guruhlarda ko’riladigan chora-
tadbirlarni hisobga olish juda muhimdir.
O’quv yurtining tarbiyaviy ish rejasining o’quv yilining boshida pedagogik
jamoa majlisida tasdiqlanib olinadi. Har bir guruh rahbari o’z guruhi tarbiyaviy ish
rejasini o’quv yurti tarbiyaviy ish rejasida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni o’z
guruhida taaluqli bo’lgan qismlarini kiritib reja tuzadi.
Talabalarni tarbiyaviy ishni o’quv yurtining taxminiy tarbiyaviy ishlar
mazmuniga muvofiq bir guruh yoki parallel guruhning rahbarlari majlisida talabani
yoshiga, ruhiy, fiziologik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviy chora-tadbirlar
bajarilishi rejaga kiritilib, tasdiqlanib olinadi.
1. Guruh tavsiyanomasi. guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasining asosi
hisoblanadi. Amalda guruh rahbarining kiritiladigan tarbiyaviy ishlari xilma-xildir.
Mamlakatimizning turli tumanlarida, shahar va qishloqlarda joylashgan o’quv
yurtlarining o’ziga xos tarbiyaviy an’analarini hisobga olmasak, tarbiyaviy ish
rejalariga kiritiladigan masalalar bir-biriga juda o’xshab ketadi.
Guruhning mufassal pedagogik tavsiyanomasida aniq ko’rsatilgan tadbiriy
choralar qaysi tartibda berilishida qaramasdan tarbiyaviy ishlarning maqsad va
vazifalari doimiyligicha qoladi. Masalan, guruh rahbarining ish rejasiga quyidagi
boblarni tavsiya etish mumkin: g’oyaviy-siyosiy dunyoqarashni shakllantirish;
o’rta maxsus ta’limni amalga oshirish; axloqiy tarbiya, jamoani tashkil etish;
talabalarning tahliliga yordam ko’rsatish; ijtimoiy foydali mehnat va kasb tanlash;
ekologik va tejamkorlik ruhida tarbiyalash; ijtimoiy kamolot, darsdan tashqari
tarbiyaviy ishlar; ota-onalar bilan ishlash va hokazolar kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar qator yillar davomida ish jarayonida amalda
sinalgan bo’lib, guruh rahbarining ish doirasida muhim o’rinni egallaydi.
Rejaga kiritilgan chora-tadbirlarning aniqligi, har bir bajaradigan tarbiyaviy
ishning aniq va tushunarli tashkil etilishi, rejadagi har bir bajaradigan ishlarning
aniq va ravshan ko’rsatilishi, chora-tadbirlarni tayyorllash. Ularni o’tkazish
natijalarini yakunlash va shunga o’xshashlar tarbiyaviy ishlar rejasining asosiy
mohiyatini tashkil etadi.
Guruh rahbarining ish rejasi odatda bir o’quv yili uchun yarim yillik yoki
choralik muddatlariga mo’ljallanib, o’quv yurti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tarbiyaviy ish rejalarini esa qisqa muddatlarga tuzish maqsadga muvofiqdir.
Guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasini tuzishda guruh faollari, talabalar, ota-
onalarni jalb qiladi. Guruh tarbiyaviy ish rejasida ko’rsatilgan chora-tadbirlar
takror bo’lmasligi uchun o’quv yurti, jamoatchiligining ish rejalari bilan
solishtirilishi lozim.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda talabalarning yoshi, kundalik rejimi, yil
fasllarining kunlari, ob-havo nazarda tutiladi va belgilanganidan ortiq darsdan
tashqari ishlar, ortiqcha jamoat ishlarini rejaga kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi o’quv yurtining muhim hujjati
hisoblanadi. Guruh tarbiyaviy ish rejasini tuzish va uni amalga oshirishda guruh
rahbari ma’muriyat va o’quv yurti organlari oldida javobgar shaxsdir.
Guruh rahbarining nizomida uqtirib ko’rsatilganidek, guruh rahbari,albatta,
yarim yillik, bir choralik tarbiyaviy reja asosida ish olib borishi kerak. Tajribalar
shuni ko’rsatmoqdaki, tarbiyaviy ish rejalari choraklik yoki yarim yillikni tartibli
olib borish ma’suliyatli ish bo’lib, u guruh o’quvchilari va faollarning orasida
muhokama qilinishi lozim.
2. Tarbiyaviy rejalarni tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar. Guruh
rahbarining tarbiyaviy ish rejasi haqiqiy hujjat bo’lishi uchun u bir qator pedagogik
psixologik talablarga javob berishi lozim. Bu talablar quyidagilardan iboratdir:
A. Rejaning ma’lum maqsadli bo’lishi lozim. Tarbiyaviy ish rejasi agar o’z
g’oyaviyligi jihatidan maqsadli va mukammal bo’lsa, asosli va to’g’ri deb
hisoblanadi. Rejaning qismida g’oyaviy-siyosiy ishlarga va ijtimoiy foydali
mehnatga o’quvchilarni jalb qilish diqqat markazida bo’lishi lozim.
B. Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejalari shakli, metodlari va
mundarijalari aksariyat bir xil mazmunga ega. Bu o’xshashliklar ko’pincha
quyidagilardir: seminarlar, siyosiy axborotlar, yuqori kurslarga sirtdan sayohat va
boshqalar tarbiyaviy ish rejalarida keng aks ettiriladi.
V. Talabalarni ketma-ket tizimli tarbiyalashini ta’minlash. Guruh tarbiyaviy
ish rejasiga kiritilgan chora-tadbirlar tarbiya jarayonining asosiy qismi hisoblanadi.
Har bir ijro etilgan chora-tadbirlar oldindan rejalashtirilgan chora-tadbirlar bilan
uzviy boglangan bo’lishi lozim. O’quv choraklarida tuzilgan rejalar, qishki va
yozgi ta’tillarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar aks yettiriladi. Ikkinchi
yarim yilda talabalarning yozgi dam olish vaqtlarida bajaradigan tarbiyaviy
ishlarini oldindan qayd etish lozim.
G. Rejaning real bo’lishi. Rejani tartibga solishda unga ijro etilishi qiyin
bo’ladigan masalalar kiritilmasligi lozim. Reja aniq va ijro qilib bo’ladigan bo’lsin.
Masalan, guruh rahbaridan biri, birinchi yarim yillik uchun tarbiyaviy ish rejasida
quyidagi chora-tadbirlarni o’tkazish: talabalar orasida do’stlik va o’rtoqlik
tarbiyasini amalga oshirish uchun ijtimoiy foydali mehnatni birgalikda o’tkazish,
jamoa bo’lib sayohatlar uyushtirish; guruh devoriy gazetasini birgalikda siqarib
o’zaro uyushtirish, san’at havaskorlarning kechalarini o’tkazish, do’stlik va
o’rtoqlik mavzusidagi davra suhbatlari o’tkazish kabilarni amalga oshirish
talabalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o’z navbatida ular o’rtasida do’stlik va
o’rtoqlikni mustahkamlaydi.
D. Guruh tarbiyaviy ish rejasining o’quv yurti tarbiyaviy ish rejasi bilan
muvofiqligi. Guruh tarbiyaviy ish rejasini tuzishdan oldin guruh rahbari guruhning
tarbiyaviy ish rejasi bilan tanishib chiqish lozim.
E. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, guruh tarbiyaviy ish rejalariturli tartibda
tuzilgandir, chunki har bir guruh turli xil sharoitlarda ishlaydilar. O’quv yurti ish
tajribalarini o’rganib, ularni umumlashtirish asosida guruh rahbarini tarbiyaviy ish
rejalarining taxminiy chizmasini tavsiya qilishni lozim topdik. Tavsiya etayotgan
guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi respublikamizning oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan buyruqlar va tavsiyalar asosida
tuzilgandir.
Dostları ilə paylaş: |