2. Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarning shakllari.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy
faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o’
hshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o’rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning
ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada utkaziladigan
talabalar his – tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, tugaraklar
faoliyatida milliy madaniy-tari hiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy
qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar
ongiga singdirish maqsadda talabalar uylari, saroylari, shaxslar va usmirlar
ijodiyot uylarida doirachilar, paqc, vokal-cholg’u, folьklor, maqom, karnay-
surnaychilar, ashula va paqc, uzbek xalq cholg’u dastalari, hor studiyasi,
qo’g’irchoq teatri, drama tugaragi, san’at sevarlar klublari tashkil etadi.
To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga,
ardoqlashga, san’at orqali go’zallikni kura bilishga, shu go’zallik orqali uz ona
yurtini ulug’lashga, undagi go’zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.
1
А.Б.Исимова “Дарсдан ташqари таълим – тарбия жараёнида o’qувчиларда соg’лом турмуш тарзини
шакллантиришнинг педагогик шарт шароитлари” номзодлик диссертацияси. Т., 2004.
Estetik yo’nalish bo’yicha tahsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni
bilishi lozim:
- raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
-kuy tinglash, uning mo h,iyatini tushunib paqc harakatlari orqali
ifodalashni;
-turli millat va elatlar raqslari harakatlarini, uni ijro etishni;
-doiraning yaratilish tari hini, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini,
doirani ushlash qoidalarini;
Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi
tugaraklar mashg’ulotlari orqali ham talabalar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda
talabalar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «haykaltaroshlik”,
«Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog’och o’ymakorligi»,
«Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» tugaraklari ayni maqsadni doimiy
va uzluksiz amalga oshiradi.
Sayyohlik to’garaklariga talabalar ularning qiziqishlarini hisobga olgan
holda keng jalb qilinadi.
To’garakka qabul qilinayotgan talaba yoshlar avvalo sayyohlik
tugaraklarining biror bir yunalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi to’g’risida
tasavvurga ega bulgan, sog’lom bo’lishi kerak.
Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan talabalar birinchi o’quv yilidan
keyin quyidagilarni bilishi lozim:
-yurtimiz haqida tasavvurga ega bulishi;
-yurtimizning tari hini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi afsona va
rivoyatlarni bilishi;
-ma’lum joy, ulkani o’rganish bo’yicha reja va yunalishlarni ishlab chiqish;
-sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni
o’rganish;
-turli hildagi sayyohlikka oid adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va
ularni bilish kerak.
Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan to’garaklarning asosiy maqsadi
yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida ya hlit tasavvur hosil qilish,
tarbiyalanuvchilarni usimlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. Tugarak
a’zolarida o’simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi to’g’risida tasavvur
hosil qilish, tugarak a’zolari o’quv bilim yurtilarida yer maydonlarida va tirik
tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, ya hshi hosil
olish mumkinligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
To’garak a’zolariga birinchi o’quv yili
oxirida quyidagi talablar qo’yilishi lozim:
-jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bo’lishi;
-jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini;
-yoz, kuz, qish va bahorning harakterli belgilarini;
-yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va
ularning turlarini;
-usimlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug’larini;
-o’t usimliklar, dara xtlar nomini;
-meva va manzarali daraxtlarni esa ularning bir biridan farqlarini
-uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va hususiyatlarini;
-tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni
bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari
kerak.
Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yo’alishlari va
tugaraklaridagi talabalarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tari hiy
an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol
g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi.
O’quv bilim yurtlaridan tashqari ta’lim muassasalari klub va to’garaklariga
boradilar. Bilimga tashnalik ham axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismidir tarbiyachi,
muassasa xodimlari talaba qalbida kitobni sevish, uni o’qish va ardoqlash kabi
fazilatlarni doimiy ravishda shakllantiradilar.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir
mazmunida, klub va tugaraklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komilinson
tarbiyasi aks etishi lozim. Talabalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda
yurtimiz madaniyati tari hi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkir-
larimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin
istiqboliga ishonch to’g’pisida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli
haqida qayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi o’qtiriladi. Shu nuqtai nazardan
asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.
Talabalarning xuquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni
tasavvur etib bulmaydi. huquqiy ong poydevoriga o’quv muassasasilarda asos
solinadi.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida talabalarga huquqiy bilimlar,
ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi.
xuquqiy ta’limning mazmuni mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy,
ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini uzida mujassamlashtirishi kerak.
1
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida iqtidorli shaxslar va iste’dodli
yoshlarni uziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli
to’garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod markazi» xodimlari bilan
hamkorlikda va ularning ilmiy amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dod-
larin aniqlashga muljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga
oshiriladi.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi:
-iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan
tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;
-«Kamolot», “Mahalla», «Ulug’bek» , «Oltin meros», «Umid» , «Ustoz»
kabi jamg’armalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
-o’quv bilim yurtlaridan tashqari Ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va
iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;
-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar buyicha olimpiadalar,
tanlovlar, kurgazmalar, turli bayramlar, talabalar ijodkorligi kabi tadbirlarni
1
О.Собиров “Талаба ёшларда худудий маданиятни шакллантириш услубиёти” Т., 2005. (Б.М.И.)
o’tkazish.
Respublikaning chekka mintaqalaridan iqtidorli shaxslar va iste’dodli
yoshlarni izlash, ularga kelgusida uz qobiliyatlarini takomillashtirishlariga shart-
sharoitlar yaratib berish kerak.
Dostları ilə paylaş: |