3.Talalabalarni o’z-o’zini boshqarish.
Ta’lim muassasalarida ommaviy tadbirlarni o’tkazish
1.
Umumxalq bayrami – «o’qituvchilar va murabbiylar kuni” bayramini
namunali o’tkazish
2.
“Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan darslar va
ma’naviy – tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtmizda ko’plab bayramlar
nishonlana boshlandi. Ular o’z mazmunicha xalqimizning azaliy an’analarini, urf –
odatlarini va orzu umidlarini olgan bo’lib, ommaviy tarzda muntazam nishonlanib
kelyapti. Albatta, bu bayramlar kishilarga zavqu shavq bag’ishlash barobarida,
yoshlarda vatanparvarlik, an’analarimizga sadoqat, urf – odatlarimizga hurmat
hissini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu darslar talabalar qalbida iymon – e’tiqod hissini munavvar etib, ona –
Vatan, xalqiga mehir muhabbat uyg’otish zarur. Shu bois avvalo dars mavzusini
to’g’ri tanlab olish, talabaning bilimdarajasi, malaka va ko’nikmalariga mos
ravishda aniq belgilay bilishi lozim. Dars o’tiladigan xona ham mavzuga mos
ravishda bezatilgan bo’lishi lozim. Ya’ni qanday bayram o’tkazilishga qarab
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i, Gerbi, Madhiyasi, Konstituttsiyasi,
“Ta’lim to’g’risida” gi Қonun, Mutafakkir olimlarning ibratli so’zlaridan
namunalar keltirish mumkin va hakozolar.
Saboqlar suhbat, savol–javob, bahs–munozara, hikoya shakllarida
sahnalashtirilgan lavhalar yordamida tashkil etilsa, yanada maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Bunday bayram tadbirlariga eng asosiylaridan misol tariqasida aytib
o’tishimiz mukin bo’lganlari “Mustaqillik – buyuk ne’mat” umumxalq bayrami –
“O’qituvchilar va murabbiylar kuni”, “ 9 may – Xotira va Қadrlash kuni”,
“Navro’z – gul bayrami” kabilardir.
Ushbu bayramlarni tashkil etishda Milliy dastur talablariga muvofiq
vujudga kelayotgan akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida, ayniqsa, behad
ko’tarinki ruhda alohida mahorat va izlanuvchanlikni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida, akademik-litsey, kasb-xunar kollejlarida, o’quv
yurtlarida, mahallalarda, korxonalarda "1oktyabrь—O’qituvchilar va murabbiylar
kuni" bayramini o’tkazish o’sib kelaetgan yosh avlodni tarbiyalashda xalqimizning
ustoz murabbiyga bo’lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida
o’quvchi yoshlar, umuman insonlar dunyoqarashini shakllantirishda katta
ahamiyatga ega.
Bayram tantanalariga ota-onalar, mahalla faollari, xalq ta’limi xodimlari,
yozuvchi, shoirlar, san’at ashli, homiy tashkilotlar, faxriy o’qituvchilar, "Umid",
"Kamolot", "Ulug’bek", "Mahalla" "Nuroniy", "Ustoz" "Oltin meros" kabi
jamg’armalar, ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etish kerak.
Bayram doirasida dars, tarbiyaviy soat, seminar-adabiyot, adabiy-badiiy va
ilmiy kechalar, uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazilishi mumkin.
Bayram tantanalari "O’qituvchi—ulug’ nom, u Mag’pyp jaranglaydi",
"Ustoz—otangdan ulug’", "Ustoz va murabbiylar, sizlarni sharaflaymiz", "Men
sevgan ustoz", "Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon
muallim", "Ustozlar kuni —
umumxalq bayramidir" kabi mavzularda o’tkazilishi mumkin.
Shuningdek, yosh musavvirlar, yosh xunarmandlar yosh raqqosalar, yosh
chevarlar ko’rik-tanlovlarini, yosh polvonlar, yosh sportchilar, o’tkir zehnlilar,
topqirlar musobaqalarini, she’rxonlik va mushoiralarni o’tkazish lozim.
Ustoz va murabbiylar bayramini nishonlashda o’tganlar ruhini shod etishga
alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
"O’qituvchilar va murabbiylar kuni" bayramini quydagicha reja asosida
o’tkazish mumkin:
— 1 oktyabrь — "O’qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami — dam olish
kuni ekanligi;
—o’qituvchi—ulug’ zot ekanligi haqida;
—ustoz—otangdan ulug’ligi;
—o’qituvchi va murabbiylar mehnatining qadr-qiymati haqida;
—buyuk ustozlar haqida O’qituvchilar sulolasi haqida;
—ustozlar ruhini shod etish;
—o’qituvchilarni munosib taqdirlash, sovg’alar ulashish;
—rivoyat, hikoyalar, she’r va kuy-qo’shiqlar ijro etish;
—saxna lavhalaridan, sport o’yinlaridan namoyish etish;
—san’atkorlar chiqishi;
—sayl-sayohatga borish;
—nafaqaxo’r, faxriy o’qituvchilar holidan xabar olish;
—ko’rgazma tashkil etish, kimoshdi savdosini uyushtirish.
Bayramni ikki bosqichli tadbir asosida o’tkazish ham mumkin.
Birinchisi — ma’rifiy, ma’naviy tadbirlar bo’lsa, ikkinchisi, ko’ngil ochar,
estetik zavq-shavq olishga bag’ishlangan o’yin-kulgi, tomoshali tadbirlardir.
Sayohat va sayllarda, muzey va muqaddas qadamjoylarga, "Xotira va Қadrlash"
maydonlariga borish.
O’quv yurtlarida "O’qituvchi va murabbiylar" bayrami teatrlashtirilgan reja
asosida olib borilishi bayramning estetik tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi.
Buning uchun, o’quv yurtlarining havaskorlik drama teatri a’zolari, musiqa va
cholg’u asboblari to’garaklarining ishtirokchilari bilan teatrlashtirilgan badiiy
qismlar tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Shaxrisabz, Termiz, Xiva
shaharlariga o’qituvchilar sayohatini uyushtirish. Bu ishlarda xalq ta’limi bo’limi,
hokimiyat, mahalla, homiy tashkilotlar, san’at va adabiyot ahli hamkorlikda faollik
ko’rsatishlari lozim.
Tomoshalar, kontsertlar, Musiqali kechalar va lektoriylarga ustozu yosh
murabbiylar va o’quvchilarning bepul kirishini ta’minlash, shuningdek, ijodkor
xodimlar guruhlari ta’lim-tarbiya muassasalariga tashrif buyurishlari lozim.
"O’qituvchi va murabbiylar kuni" bayramini o’tkazishni Respublika, viloyat,
shahar, tuman ommaviy axborot vositalari orqali yoritish maqsadga muvofiqdir.
Bayram o’tkaziladigan joyni bezashda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
—"O’qituvchi va murabbiylar kuni" bayramini o’tkazish uchun, avvalo,
sahna mavzuga mos qilib, did bilan bezatilishi — o’qituvchi ustoz haqida Hadisu
Sharif, Қur’oni Karim, Yusuf Xos Xojyb, A.Jomiy, A.Navoiy, A.Avloniy, Usmon
Nosir, Fitrat, Cho’lpon, Munavvar Қori hamda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov so’zlaridan namunalar bitilib, shior qilib osib ko’yilishi;
—Davlat Bayrog’i, Gerbi, Madhiyasi o’rniga tug’ri joylashtirilishi;
—"Қur’oni Karim", "Hadisu Sharif", "Қutadg’u bilig", "Қobusnoma",
"Mahbub ulqulub", "Muhokamatul lug’atayn", "Odobnoma", "Turkiy guliston
yoxud axloq", "Alifbe", "Ustoz-muallim", "Odob saboqlari" va boshqa qadimiy
hamda zamonaviy darslik va ko’llanmalardan namunalar qo’yilishi;
—fidoyi o’qituvchilar suratlari, eng yaxshi dars va darsdan tashqari
ma’naviy tarbiya ishlari bayonidan lavhalar, shuningdek, devoriy gazetalarning
bayram sonlari ko’rgazma sifatida namoyish etilishi;
—O’zbekistonda "Davlat tili", "Ta’lim to’g’risida", "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi", "O’q,ituvchilar va murabbiylar kuni", "Davlat Mustaqilligi
to’g’risida"gi
Davlat
Қonunlari
hamda
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi o’z aksini topishi;
—katta zalda dasturxon bayramona nozu-ne’matlar bilan tuzalishi,
o’rindiqlar hozirlanishi;
—bayramga mahalla oqsoqollari, faxriy o’qituvchilar-murabbiylar, xalq
ta’limi, tuman, shahar hokimiyati, xayriya jamg’armalari, homiy tashkilotlar va
matbuot xodimlari vakillari, yozuvchilar, san’atkorlar taklif etilishi;
—ota-onalar, a’lochi o’quvchilar ham ishtirok etishlari;
—bayram zarur texnik va musiqiy asbob-uskunalari, boshlovchi, badiiy
havaskorlar bilan ta’minlanishi, azaliy o’zbekona udumga binoan shodiyona
karnay-surnay sadolari bilan boshlanishi lozim.
Қuyida bayram tantanalarini o’tadigan joyni bezatishda foydalanish uchun
buyuk allomalarning ustoz va murabbiylar haqidagi fikr va mulohazalaridan
namunalarni ilova qilamiz:
1. O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lur.
(Yusuf Xos Hojib)
2. Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
(A. Navoiy)
3. Jahonda bo’lmasa muallim agar
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.
(A. Jomiy)
4. Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan bulurdi qora jahon.
A. Jomiy
5. Ustozlar—aziz yurtning eng aziz, eng ulug’ va mo’’tabar kishilaridandir.
I.A. Karimov
6. Hayot yo’lida birinchi masala — maktab masalasidir.
Abdurauf Fitrat
7. Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li porloqdir,
Ustoz ko’ngli xazina, sahovatga to’likdir.
P. Mumin
3. Inson chindan ham shu ulug’ nomga sazovar bo’lsa, u o’z qadriga
yetish bilan birga o’zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini
to’g’ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri o’tganlar ruhini shod etib,
ular xotirasi, qadr – qimmatini o’z joyiga qo’yishdir.
“Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch – quvvatini ayamagan
biror bir kishi unutmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat – ehtirom
ko’rsatilishi shart”, - deb ta’kidladi. Prezident I.Karimov.
1
O’zbek diyori o’zining fidoiy, vatanparvar, har qanday yovuz kuchlarni
yenga oladigan, o’z onasi, rafiqasi, opa – singillari – yu, aka – ukalarini xor qilib
qo’yishdek pastkashlikni o’ziga or deb biladigan jasur o’g’lonlari bilan
g’ururlana oladi. Fikrimizning dalili sifatida ikkinchi jahon urushidagi fidoyilarni
olishimiz, ular Bilan xaqli ravishda faxrlanishimiz mumkin. Ikkinchi jahon
urushi butun qardosh respublikalar qatori O’zbekiston aholisi uchun ham og’ir
1
И.А.Каримов “Хотира ва qадрлаш муqаддас маънавий туйg’у” , 1999 й
kulfatlarni keltirdi. o’zbek elidan ko’plab o’g’lonlar borib, begona yerlarda qolib
ketdi.
Afsuski, urush qatnashchilari – hozirgi kunda hayot bo’lganlari kundan –
kunga kamayib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizda 109 ming urush
qatnashchisi, 159 ming urush orqasida mehnat qilgan kishilar bor.
Respublikamiz Prezidentining “9 may – Xotira va Қadrlash kuni” deb
e’lon qilish haqidagi Farmoni zaminida ushbu kunlarimiz nafasi barq urib
turibdi. Xotira, qadrlash bu kishi qalbi uyg’oqligining, o’sha qalb toza va
pokligining timsolidir.
Hayot bor ekan, demak tug’ilish bor, o’lish bor. O’tganlarning xotirasini
abadiylashtirish, ularning chirog’ini doimo yoqib turish nafaqat o’sha ormizda
yo’q kimsalarning izzatini joyiga qo’yishni, balki kishining o’z – o’ziga
bo’lgan qadr – qimmatini ham anglatadi.
Ushbu bayramni umumxalq bayrami sifatida nishonlash bu istiqlol hadya
etgan in’omlardan biri ekanligini va bu kunning mazmunli, ko’tarinki ruhda
o’tkazilishiga erishmoq lozim.
Akdemik litseylar, kasb – hunar kollejlari, bilim yurtdagi talabalarga
jangohlarda “Vatan, Vatan, Vatan, ona, ona, ona” - deb jon berganlar ko’p
bo’lganidek, “Fevral voqealari”dek “Vatan”ni, “Ona”ni sariq chaqaga
almashtiruvchi “Vatanfurush” bo’lib olmaslikni tushuntirish lozim.
Shuningdek, 9 may «Xotira va Қadrlash kuni” ni umumxalq bayramini
o’tkazishda quydagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
“Xotira va Қadrlash kuni” umumxalq bayramini O’tkazuvchi
maxsus komissiya tuzish, tadbirlar ishlab chiqish;
“Xotira – qalb chirog’i”, “Inson buyuk zot, uni qadrlash oliy hikmat”
kabi mazularda maxsus darslar, turli – tuman kechalar, davra suhbatlari, savol –
javob, bahslar va tarbiyaviy soatlar o’tkazish;
«Osmonimiz musaffo, yerimiz tinch bo’lsin”, “Yurtimiz husni
jamoliga ko’z tegmasin”, “Toshkent – tinchlik shahri”, “O’tganlar xotirasi,
tariklar farovonligidir”, “Xotira va Қadrlash - burchimiz” kabi mavzularda
sherxonlik tanlovini o’tkazish;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv o’tkazish,
ularning xonodonlariga borish, ularni tabriklash, ularga ma’naviy va amaliy
yordam berish;
“Xotira va Қadrlash” kuniga bag’ishlab adabiyotlar ko’rgazmasini
tashkil etish.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirlar talabalarning bilim ko’nikma va
malakalarga qarab ijodkorlik bilan o’tkazish tavsiya etiladi.
“Xotira va Қadrlash kuni”da nafaqat ikinchi jahon urushi qatnashchilari
balki qatog’on yillarida nohaq ayblangan, qamoqxonalarda hamda mustabid
tuzum davridagi afg’on urushida halok bo’lganlarni eslash maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |