Ўзбекистон республикаси


Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va  uning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/66
tarix25.03.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#54152
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
2.Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va  uning tarkibiy qismlari. 

Treninglarni  o’tkazishda  guruhlar  bilan  ishlash  va  ularga  rahbarlik 

qilish.Bugungi  kunda  pedagogikada  talabalarning  ta’lim  jarayonidagi  faollligini 

oshirishga  qaratilgan  bir  nechta  o’qitish  uslublari  ishlab  chiqilgan:  muammoli 

o’qitish,  ish  faoliyatini  ifodalovchi  turli    rolli  o’yinlar,  treninglar,  bahs 

munozaralarni  tashkil  qilish  va  hokazolardir.  Tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  qilish 

jarayonida  ayniqsa  treninglarning  o’rni  beqiyosdir.  Sababi  trening  o’tkazish 

jarayonida  talabaning  nutqi  o’sadi,  tafakkuri  rivojlanadi,  muloqatga  tez  kirisha 

oladigan  bo’ladi.  Shu  sababli  trening  verbal  va  noverbal  ko’rinishda  tashkil  etish 

mumkin. 


Treningni  noverbal  (so’zsiz,  mimika,  pantomimika,  qarash  va  hakozolar) 

ko’rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida  har  bir qatnashuvchini  ko’z 

ostida  tutishi,  hammaga    bir  xil  e’tibor  berishi  va      guruhdagi    ba’zi  odamlarga  

xayrixoh    bo’lib  qolmasligi  lozim.  Xonada    guruhning  diqqatini  buzmasdan 

harakat  qilishi  (tez-tez  va  maqsadsiz  yurishlardan  qochishi,  shuningdek,  guruhga 

o’zi    ko’rinmaydigan  joydan  turib  gapirishi)  kerak  bo’ladi.  Қatnashuvchilarning 

bosh qimirlatishi, tabassumi va  xatti-harakatlari  nimanidir aytmoqchi  ekanligiga,  

xohishi borligiga e’tibor  berishi kerak bo’ladi. 

Treningni  verbal    ko’rinishda  tashkil  etilsa,  pedagog  savollarni  shunday 

tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar 

yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Қanday...?”, “Agar…” 

va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo’q” deb javob bersa, “Nimaga shunday 

gapiryapsiz?”  deb  so’rash  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bundan  tashqari    boshqa  

qatnashuvchilardan ham so’rash  kerak  tasdiqlangan  fikrlarga qo’shiladimi? 

Pedagog trening o’tkazish jarayonida  o’z  ovozining ohangiga  e’tibor ham 

e’tibor  berishi,  sekin  va  aniq  gapirishi  kerak  bo’ladi.  qatnashuvchilarni  ko’proq 

gapirishga  undash    kerak.  Tarbiyachi  o’zining  va  qatnashuvchilarning  so’zga 

chiqishi  vaqtini  hisoblashi  lozim  bo’ladi.Hamma  savollarga    faqat    o’zi  javob  

bermasligi, qatnashuvchilar  bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini  

unutmasligi  lozim.  Baxs  natijalarini  xulosa  qilishda  har  bir  mashg’ulot  

qatnashchisining 

muhokama 

qilinayotgan 

muammoni 

mohiyatini  to’g’ri 

tushunayotganini  aniqlab,  keyin  umumiy  xulosa  chiqarish  kerak.    Agar 

tarbiyachining  shaxsiy  tajribasi    mazkur  baxsga  mos  kelsa,    qatnashuvchilar 

fikrlarini  mustahkamla  “Bu  menga  o’tgan  yilgi    voqeani  eslatadi”  –  deyishi  

mumkin. 

Yaxshi trening o’tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud. 



Izyumenka.  (  Bolalar  bilan  ishlashning  o’ziga  xos  ajoyib  tomo-ni.) 

Қatnashuvchilarning  treninga  qiziqishini  uyg’otish  uchun  qisqa  baxs  boshlang, 

savollar  bering,  provokatsion  ta’kidlashlarini  ilgari  suring  yeki  qandaydir  faoliyat 

turini  faraz  qiling.  O’qish  qatnashchilarining  avvalgi  bilimlari  va  ularning  haetiy 




tajribalarini  bog’lashga  harakat  qiling.  Trening  nima  uchun  ahamiyatli  ekanligi 

sabablarini tushuntiring. 




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin