1. Darslarni samarali bo’lishida bahs – munozaralarning o’rni.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi,
ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va
insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.
«Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi»da
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p marta takrorlanib, ularni
o’quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning
ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va
ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqda.
Shu o’rinda savol tug’iladi. Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati
nimada? «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne»-mahorat, san’at, «Iogos»-
tushuncha, o’rganish demakdir.
Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta’lim
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, tayyorgarlikning
modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o’qitishni jadallashtirish
sanaladi.
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo’llashga doir keng ko’lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-
nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari ishlab
chiqilib, yetarli darajada tajribalar to’plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va
axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari
yaqindan yordam ko’rsatmoqda.
«Pedagogik texnologiya» so’z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik
jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor
mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik
hujjat, ta’limda esa fan bo’yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo’li aniq
belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o’zaro
aloqani o’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim
oluvchining xatti-harakati orqali o’qitishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya
asosini tashkil qilib, o’quv jarayonini to’liq qamrab olishi kerak.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul
qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan
berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik
resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
metodlar majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko’rsatilgan
ta’sir natijasida sub’ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi.
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga
yo’naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda
tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak,
pedagogning o’qitish vositalari yordamida o’quvchi-talabalarga muayyan
sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi
ijtimoiy hodisa yoki, boshqacha aytganda pedagog tomonidan o’qitish vositalari
yordamida talabalarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda
oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash
mumkin.
«Pedagogik texnologiya»ning ta’limdagi amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiy
imkoniyatlardan foydalanishga yo’naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida
hayotga tatbiq etilishi jahon pedagoglarining unga bo’lgan e’tiborini
kuchaytirmoqda. Texnologik yo’nalishga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi
pedagoglar
«pedagogik texnologiya» tushunchasi mazmunida ta’limni
differentsiallash vositasini ko’rayotgan bo’lsalar, boshqalar undagi kam mehnat
sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari hamda barcha ta’lim oluvchilarni
oldindan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga yetkazish
mumkinligi
bilan
qiziqmoqdalar.
Ayrim
pedagoglar
ta’limni
«texnologiya»lashtirish yordamida ommaviy ta’lim amaliyotida tub burilish
yasalishiga umid bog’lamoqdalar.
50-yillarning o’rtalarida ta’limda texnik vositalarni qo’llash masalasi
«pedagogik texnologiya» yo’nalishi bilan qo’shilib ketdi. Bunda asosiy e’tibor
o’quvchilar auditoriyasini kengaytirishda texnik vositalar imkoniyatlarini oshirish,
axborot
sig’imi hamda ularni uzatish sifatlari, shuningdek, ta’limni
individuallashtirishga qaratildi. Ushbu yondoshuv hozirga qadar ham mavjud
bo’lib, u texnik vositalarning imkoniyatlarini tayanch nuqta sifatida baholab,
asosiy e’tiborni o’quv jarayonini «texnologiya»lashtirishning tashqi jihatlariga
qaratadi.
60-yillarning boshlariga kelib dasturlashtirilgan ta’limni tashkil etish
«texnologiya» tushunchasining asosi bo’lib qoldi. Dasturlashtirilgan ta’limni
amalga oshirishda ta’lim jarayoniga alohida qism sifatida emas, balki izchil
jarayon tarzida yondoshiladi. Dasturlashtirilgan ta’lim va o’rgatuvchi mashinalar
bo’yicha birlashgan qo’mita (AҚSh) tavsiyalarida yaxlit ta’lim dasturining
«texnologik» tushunchasi ilgari surildi. U o’z ichiga ta’lim maqsadi, ularni
o’zgartirish va baholashning mezonlari, ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab
oladi. Bu esa o’rgatish majmuasini to’laligicha qayta tashkil etish tushunchasiga
mos keladi.
Ta’limni «texnologik» yo’nalishda qurishning umumiy mezoni uning aniq
va batafsil belgilangan maqsadga yo’naltirilganligidadir. Bu holatda xususiy
maqsadlarni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va
ularga mos amallar majmuining mavjud bo’lishi asos sifatida olinadi. «Pedagogik
texnologiya»ning vositaviy yo’naltirilganligi uning turli uslublar asosida ta’lim
tizimlarini shakllantirish borasidagi imkoniyatlarini belgilab beradi. Bunda
ta’limning tashkiliy jihatlari, oldindan, go’yoki tashqaridan belgilangan
maqsadlarga erishish usuli sifatida qaraladi. Mos ravishda amalga oshirilishi talab
etiladigan jarayonlar tahlili va ularni saralash o’quv faoliyati mazmunini hisobga
olmagan holda olib boriladi. Pedagogik texnologiya doirasidagina aniqlab
olinadigan maqsadlarning empirik tahlili beriladi. Ta’lim maqsadlarining ajratilgan
tahlili texnologik ishlanmalarning didaktik jihatdan to’laqonliligi bo’lmagan
vaziyatda empirik tavsif asosida ochib beriladi. Umumiy didaktik maqsadlarning
texnik reduktsiyasi tahlili pedagogik texnologiya didaktik imkoniyatlari tahlilining
muhim jihati hisoblanadi. Ta’lim maqsadlarining tahliliy bayonidan tashqari har
bir o’quv jarayoni uchun ta’lim uslublarini tanlashning sharti sifatida bilim
darajasini oldindan tashhislash, uni muayyan ko’nikma va malakalari mavjud
bo’lgan tinglovchilar bilim darajasi bilan taqqoslash qabul qilingan. Ta’lim
jarayonining borishi o’quvchilarning belgilangan maqsad sari harakatlanishini
uzluksiz nazorat qilishni ko’zda tutadi. Uzluksiz nazoratni tashkil qilish ta’lim
texnologik tizimi yuqori vositali imkoniyatlarining asosi hisoblanadi.
2. Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab bo’lib, bir
tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlarning va ayniqsa,
ta’lim tizimi mazmunining takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa, bevosita
ushbu masalani amalga oshirishni ta’minlovchi yagona tarbiya tizimini barpo etish
lozimligini taqozo etadi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin kunlardagi va
istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va
demokratiya g’oyalariga sodiq bo’lgan ongli fuqaroni, o’z Vatanining jonkuyari
sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol
ta’sir ko’rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga
qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy
etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini
rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy
qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda
yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog’i kerak;
Uchinchidan, yosh avlod milliy istiqlol g’oyasini anglab olishi, bu g’oyaning
har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo’lishi uchun hayotiy zarurat
ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar
tizimini ro’yobga chiqarish lozim.
Dostları ilə paylaş: |