Kirish.
Mavzuning
dolzarbligi.
Mamlakatimiz
o‗z mustaqilligini qo‗lga
kiritgandan so‗ng milliy qadriyatlarimizni, xususan, ona tilimizni o‗rganishni
ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo‗lgan e‘tibor kuchayib
bormoqda.
Shu o‗rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning:
―Yoshlarimizning
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo‗lib,
dunyo miqyosida o‗z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‗sh kelmaydigan
insonlar bo‗lib kamol topishi, baxtli bo‗lishi uchun davlatimiz va jamiyatning bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz‖
1
,- degan fikrlaridan kelib chiqqan holda
mustaqil fikrli barkamol yoshlarni kamol toptirishda, avvalo, bunday fikrlarni
bayon qila olish ko‗nikmasini shakllantirishimiz lozim. Bu esa o‗z navbatida
―o‗zbek tilini o‗qitish metodikasi‖ metodikasi oldiga katta vazifalar yuklaydi.
Muhtaram birinchi prezidentimiz aytib o‗tganlaridek: ―Istiqlol yillarida
o‗zbek tilining qo‗llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani uni ilmiy asosda
rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‗ziga xos xususiyatlariga
bag‗ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‗quv qo‗llanmalari, yangi-yangi
lug‗atlar ko‗plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‗z hissasini
qo‗shmoqda‖
2
. Yuqorida keltirilgan fikrdan kelib chiqqan holda biz nafaqat o‗zbek
tilining fan yutuqlarini ta‘kidlabgina qolmasdan, balki tilshunos olimlar e‘tiborida
bo‗lib kelayotgan muammolardan biri – gap bo‗laklari, ularning tipologiyasi va
kriteriysi masalalarini e‘tibordan chetda qoldirmasligiz lozim. Ushbu mavzuga oid
boy ilmiy manbalar yaratilgan bo‗lsa-da, gap bo‗laklari o‗rtasidagi ichki qonuniy
bog‗lanishlar, ularni bog‗lovchi hamda farqlovchi muhim belgilar yetarli tadqiq
etilmaganligi gap bo‗laklari tiplarini bir-biriga qorishtirilishiga, terminologik
chalkashliklarning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu esa o‗z navbatida o‗qitish
tizimida ma‘lum qiyinchiliklarga duch kelinishga sabab bo‗lmoqda. Shuningdek,
1
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T: O‗zbekiston,
2016.B- 14.
2
Karimov I.Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T: Ma‘naviyat, 2008. B-61.
4
ta‘lim sohasida yuzaga kelayotgan o‗zgarishlar, davlat ta‘lim standartlariga
qo‗yilayotgan talablar ta‘limning barcha bo‗g‗inlarini qayta ko‗rib chiqishni, fan
asoslarini o‗qitishda yangichabn yondashuvlarni talab qilmoqda. Bu holat yuqori
sinflarda ―Gap bo‗laklari‖ mavzusini o‗qitishda ham yangidan yangi usul va
metodlar taqozo qilmoqda. Ushbular esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining o„rganilganlik darajasi. Gap bo‗laklarini
o‗qitish yuzasidan ko‗pgina metodik adabiyotlar, darsliklar, o‗quv qo‗llanmalari
yaratilgan. Biroq ushbu mavzuni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
o‗rgatish borasida yetarli ilmiy tadqiqot ishi olib borilmagan.
Dostları ilə paylaş: |