4
1-mavzu. Topshirilgan paxtadan namuna olish tartibi (2-soat)
Darsning maqsadi: Paxtani qabul qilishda chigitli paxta namunasining sifatini
aniqlash uchun tanlab olish O’zbekiston Respublikasining standarti (O’zRST 615-94)
– Paxta bo’yicha bajariladi. Namunani tanlab olish agar u urug’lik paxta bo’ladigan
bo’lsa O’zRST 643-95 “Paxta” standarti bo’yicha namunalar tanlab olinadi va tahlil
qilinadi.
NAMUNA OLISh USULLARI
Namuna olishni paxta tayyorlash punktlarida chigitli paxtani qabul qilishda va
ularni punktlardan paxtani qayta ishlash zavodlariga yuborishda amalga oshiriladi.
Namuna olishni chigitli paxtani tushirish joylaridan ham amalga oshirsa
bo’ladi.
Namunani olish uchun shiypon qilish kerak, bu shiyponning ichida
namunalarni quyosh nuridan va issig’idan, chang, yog’in-sochindan asrash uchun,
hamda chigitli paxtaning namligini va iflosligini aniqlash maqsadida namunalarni
idishlarda saqlashga himoyalangan joy ajratish kerak. Tekshirish uchun olingan bir
bo’lak chigitli paxtaning ma’lum bir qismi namuna bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: