5.FSMU(Fikr. Sabab. Misol. Umumlashtirish.)metodi.
FSMU metodidan darsni mustahkamlash maqsadida foydalanish mumkin.
Foydalanish yo’li quyidagicha. Biror mavzu bo’yicha fikr beriladi. Shu mavzuni
kelib chiqish sababi tushuntiriladi. Unga misol keltiriladi. Mavzu umumlashtiriladi.
Masalan:
Mavzu : “Diffuziya”
Fikr: Molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga qo’shilish hodisasi.
Sabab: Molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida paydo bo’ladi.
Temperatura oshsa diffuziya tezligi oshadi. Gazlarda diffuziya hodisasi tez kechadi,
suyuqliklarda sekinroq kechadi, qattiq jismlarda esa juda ham sekin bo’ladi, sababi qattiq
jismlarning molekulalari zich joylashgan.
Misol: Atirning isi tez tarqaladi. Ovqatning isi. Qandchoy hosil bo’lishi. Go’shtni
tuzlash. Soloniy tayyorlash.
Umumlashtirish: Diffuziya hodisasi molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga aralashib
ketish hodisasidir. Bu hodisa molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida
paydo bo’ladi. Diffuziya hodisasi temperaturaga bog’liq. Temperatura oshsa diffuziya
tezligi ham oshadi. Diffuziya hodisasi gazlarda tezroq, suyuqliklarda sekin, qattiq
jismlarda juda ham sekin kechadi.
Mavzu. “ Kuch”
Fikr: Jismni harakatga keltiruvchi, unga tezlik beruvchi sabab .
Sabab: Ikki (kamida) jism o’zaro ta’sir qilishi natijasida paydo bo’ladi.
Misol: Kuch bor ekaki hayot bor. Biz yura olamiz. Qushlar ucha oladi. Kema suvda
suza oladi Samolyot havoda shunchalik og’ir bo’lishiga qaramay ucha oladi.
Umumlashtirish: Kuch jismlarning o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Kuch
jismlarni harakatga keltiradi. Harakatlanish natijasida jismlar tezlik oladi. Tezligini
o’zgartirishi natijasida tezlanishga ega bo’ladi.
Kuch bor ekan, hayot bor, rivojlanish bor, Kuch ta’sirida biz yura olamiz, sochiq
bilan artinamiz, stakanda suv turadi, choyni ichib bilamiz.
Mavzu. “Bosim”
Fikr: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.
Sabab: Yuza birligiga kuch ning ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Misol: Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi.
Bosimni oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi,
ombur, arra, randa...... va hokazo.
Umumlashtirish: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.Yuza birligiga kuch ning ta’siri
natijasida paydo bo’ladi.
16
Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. Bosimni
oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi, ombur, arra,
randa...... va hokaz
Mavzu: Tezlik.
Fikr: Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi..
Sabab: Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi.
Misol: Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib
turadi. Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining
qo’lida har goim bo’ladi.
Umumlashtirish: : Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi.
Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi.
Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib turadi.
Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining qo’lida
har goim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |