International Vritual Conference On
Innovative Thoughts,
Research Ideas and Inventions in Sciences
Hosted from Newyork, USA
http://euroasiaconference.com January 20
th
2021
________________________________________________________________________________________________________________________________
514
Apatitdan digidratli usulda olinadigan EFK tarkibida: 25-32% P
2
O
5
; 1,8-2,8% SO
3
; 0,1-
0,4% CaO; 0,3-0,4% Al
2
O
3
; 0,3-0,5% Fe
2
O
3
; 1,7-2% F bo’ladi.
EFK tarkibidagi ftor asosan H
2
SiF
6
shaklida bo’ladi. Kislotani ftordan tozalash, H
2
SiF
6
ni
natriy, kaliy, bariy tuzlari bilan cho’ktirish orqali o’tkazilishi mumkin. Odatda 1 l fosfat
kilotaga 30-40 g NaCl qo’shiladi.
H
2
SiF
6
+ 2NaCl = ↓Na
2
SiF
6
+ 2HCI
Reaktsiya bo’yicha hosil bo’ladigan kam eruvchan natriy kremneftorid cho’kmaga tushadi va
dastlab tindirilib, so’ngra tsentrifugalash va filtrlash yo’li bilan ajratib olinadi. Shunday qilib
75-85% gacha ftorni ajratiladi va fosfat kislotadagi uning miqdori 0,2-0,3% gacha kamayadi.
Natriy xlorid bilan ftorsizlantirilgan fosfat kislota, ayniqsa, harorat oshirilganda jihozlarning
kuchli korroziyalanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun kislotani bug’latish yo’li bilan
kontsentrlashga zarurat tug’ilganda, ftorsizlantirish soda yoki natriy fosfat yordamida
amalga oshiriladi.
Qo’shaloq superfosfat, ammofos, nitroammofoska ishlab chiqarish uchun 45-55%
P
2
O
5
tutgan fosfat kislota, ammoniy polifosfatlari va suyuq o’g’itlar olish uchun esa – 72-83%
P
2
O
5
li fosfat kislotalari talab etiladi. Bunday hollarda ekstraksion fosfat kislota bug’latiladi.
Ma’lumki, har qanday (98% li H
3
PO
4
gacha) konsentratsiyadagi toza fosfat kislotaning bug’i
faqat suvdan iborat, nazariy olganda uni bug’latish orqali yuqori konsentratsiyali
eritmalarini olish mumkin. Amalda esa jihozlar materiallarining korroziyalanishi hisobiga
bug’latish qiyinchilik tug’diradi. Harorat va kislota konsentratsiyasining ortishi bilan
korroziyalanish tezlashadi. Bundan tashqari, konsentratsiya ortishi bilan kislota tarkibidagi
qo’shimchalarni eruvchanliklarini keskin kamayishi hisobiga cho’kmaga tushadi. Cho`kmali
qoldiqlar qizdiriluvchi yuzasining ichki sirtga o`tirib qolib, issiqlik almashinuvini
yomonlashtiradi.
Ekstraksion fosfat kislataning konsentratsiyasi ortishi bilan unda erigan
geksaftorsilikat kislotaning bug` bosimi ham ortadi. Shu tufayli fosfat kislotaning 52-57%
P
2
O
5
gacha bug`latishda boshlang’ich kislotadagi ftorning 80-90%i gazli fazaga ajralib chiqadi
va bunda EFK dagi ftorning miqdori 0,5-0,8 % gacha kamayadi.
EFKni bug’latish uchun barbotajli konsentratorlar – kislotabardosh materialli kameralar
ham ishlatiladi, ularda bug’latish kislotaning yuza qatlami orqali yoqilgan qaynoq gaz berish
orqali amalga oshiriladi. Bu yerda issiqlik uzatuvchi yuza bo’lmaydi, issiqlik almashinish
qaynoq gaz bilan kislotaning to’g’ridan-to’g’ri to’qnashishidan amalga oshadi; bunda hosil
bo’ladigan cho’kma muallaq holatda qoladi va apparatdan kislota bilan birgalikda chiqadi,
so’ngra uni tindirish orqali tozalanadi. Kameraga o’choq gazlari 650-900
o
C haroratda beriladi.
Ayniqsa, tabiiy gaz yondiriladigan grafitli botirma yondirgichli konsentratorlar samarali
ishlaydi. Barbotajli konsentrator va botirma yondirgichli jihozlarda gaz o’zi bilan birga
anchagina miqdordagi fosfat kislota bug’ini olib chiqadi, uni esa elektrofiltrlarda tutib qolish
lozim bo’ladi. Tarkibida 8,5-9 g/m
3
ftor (elektrofiltr ga kirishdan oldin havo bilan aralashishi
hisobiga – 3 g/m
3
) bo’lgan chiqindi gazlarini tozalashda ko’p miqdordagi P
2
O
5
tutgan
H
2
SiF
6
eritmasi olinadi; ularni ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Tuman hosil bo’lishi –
P
2
O
5
yo’qotilishini orshiradi, bundan tashqari atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo’ladi.
Bunday jihozlar ko’proq superfosfat kislotalar olish uchun qo’llaniladi. Bu holda bug’latishga
tarkibida 54-55% P
2
O
5
tutgan eritmalar (vakuum-bug’latgichdan so’ng) beriladi. Bunday
maqsadlar uchun qizdiruvchi kameraga yuqori bosimdagi bug’ (~3 MPa) uzatiladigan
vakuum-bug’latgichli jihozlar ham ishlatilishi mumkin.
Hozirgi paytda barbotajli konsentratorlar o’rnida yanada takomillashgan, yuqori
darajada issiqlikdan foydalanuvchi aeroliftli jihozlar qo’llanilmoqda. Ular ichki qismi grafitli
quvur bilan muhofazalangan vertikal po’lat quvurdan iborat. Uning bug’latiladigan kislota
kiritiladigan pastki qismidan qaynoq gaz oqimi yuboriladi, hosil bo’ladigan gaz-suyuqlikli
|