Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix31.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#54544
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
2-мавзу маъруза материали

Sxolastika  so‘zi  yunoncha  “shkola”dan  (“shola”)  olingan  bo‘lib,  “o‘qish  joyi”,  “maktab” 

ma’nolarini  anglatadi.  Buyuk  Karl  saroyida  o‘qituvchilik  kdlganlarni  yoki  umuman  saroy 

maktabidagi  o‘kdtuvchilarni  sxolastlar  deb  ataganlar.  Shuningdek,  dinni  o‘rganishda  falsafani 

tatbiqqilgan  o‘rta  asr  olimlarini  ham  sxolastlar  deb  ataganlar.  Sxolastikani  ma’lum  darajada 

ilohiyotni  aqlga  moslashtirish,  dinni  tafakkur  yordamida  quvvatlashga  bulgan  intilish,  deb  ham 

baholash  mumkin.  O‘sha  davrda  ilohiyotni  muqaddas  kitoblar  aqidalari  asosida  emas,  balki 

falsafiy  nuqtai  nazardan  tadqiq  qilish  toqozo  qilinardi.  Sxolastlarning  maqsadi  e’tiqod  aqlga 

muvofiqmi,  degan  savolga  javob  berish  bo‘lgan.  Realizm  Uning  yirik  vakillaridan  biri 

kenterberiyalik  Anselm  (1038—1109)dir.  U  Shimoliy  Italiyada  tug‘ilgan,  1093  yilda 

Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur. 

Birinchisi,  “Monopoliya”  —  Xudoning  borligini  sabab  va  oqibat  munosabatlari  tizimida  isbot 

qilish.  Bu  isbot  —  kosmologik  isbotning  shakli  sifatida  shunday  talqin  qilinadi:  inson  hayotda 

ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali 

hamma  narsalar  mavjuddir.  Uzluksiz  tanazzulni  tasavvur  qilib  bo‘lmagani  sababli  hamma 

narsaning  bir  sababchisi  bo‘lishi  kerakki,  biz  uni  Xudo  deb  ataymiz.  Anselmning  ikkinchi  asari 

“Prologion” Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va 

komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka 

mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar Xudodan 

yuqoriroq  oliy  narsani  tasavvur  qilish  mumkin  emas  ekan,  demak,  Xudo  reallikda  mavjuddir. 

Arastu  ta’limotining  ko‘p  tomonlarini  qabul  qilgan  o‘rta  asr  sxolastlari  mo‘tadil  realistlar,  deb 

atalganlar.  Ularning  yirik  vakillari  Per  Abelyar  va  Foma  Akvinskiylar  bo‘lgan.  Britaniyada 

tug‘ilgan P. Abelyar (1079—1142) Per Aoelyar juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi. 

Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida 

mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 

Abelyar  “Men  e’tiqod  qilish  uchun  bilaman”,  degan  g‘oyani  ilgari  surgan.  Ya’ni,  bilmaydigan, 

bilimsiz  kishidan  ko‘ra,  din  va  uning  asosiy  tamoyillarini  yaxshi  o‘rgangan  kishi  afzal.  Bunday 

kishi  aqidaparast  emas,  balki  o‘zi  bilgan  narsaning  qadrini  biladigan  insondir.  Abelyar  haqiqatni 

topishda  tafakkurning  xizmatini  ta’kidlab,  unga  hamma  vaqt  murojaat  qiladi.  Uning 

ta’kidlashicha,  shubha  hamma  vaqt  tadqiqotga  yo‘llaydi,  tadqiqot  esa  haqiqatni  topadi.  Uning 

fikricha,  insonning  o‘limi  Xudoni  rozi  qilish  uchun  emas,  balki  odamlarni  Xudoga  bo‘lgan 

muhabbat  bilan  taajjubga  solish  www.ziyouz.com  kutubxonasi  va  odamlarga  axloqiy  ta’sir 

ko‘rsatish  maqsadida  sodir  bo‘ladi.  Bu  bilan  odamlar  o‘z  hayotini  xudoga  bo‘ysundiradilar.  Bu 

qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.  Foma Akvinskiy (1224—1292) mo‘tadil Foma 

Akvinskii  realizmning  yana  bir  iirik  vakili  hisoblanadi.  Foma  o‘sha  davr  uchun  Arastu  natur 

falsafasini  ilohiyot  bilan  birlashtirishga  harakat  qilgan.  Bunda  u  mo‘tadil  realizm  pozitsiyasida 

turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur 

va  Arastu  mantiqiy  ta’limoti  yordamida  xudo  mavjudligi  haqidagi  qaqiqatga  erishishi  mumkin. 

Fomaning  “Ilohiy  summalar”  asari  3000  maqoladan  iborat  bo‘lib,  600  masalani  yoritishga 

bag‘ishlangan.  U  ilohiyotning  sistemali  bayon  qilinishi  vazifasini  bajaradi.  “Ilohiy  summalar”- 

ning  birinchi  qismi  Xudoning  mavjudligi  va  borlig‘i  masalasida  bahs  yuritadi.  Ikkinchi  qismi 

“Xudoga qarab harakat” haqida hikoya qiladi. Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan 

iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. 

Odam  ruhi  xudo  va  moddiy  dunyo  o‘rtasidagi  joyni  egallaydi.  Dunyoviy  jamiyat  tepasida  esa, 

papa  boshchiligidagi  ilohiy  davlat  turadi.  Yerdan  uzoqlashgan  sari  u  ilohiylashib  boradi. 

Sayyoramiz  dunyosining  tepasida  farishtalar  dunyosi  mavjuddir.  Butun  koinot  tuzilishi  uch 

shaxsni  birlashtirgan  yagona  Xudo  tomonidan  boshqarilib  turadi.  Akvinskiy  ta’limotidan 

keyinchalik  “tomizm”  oqimi  shakllandi  va  u  “neotomizm”  tarzida  G‘arbda  qozir  ham  saqlanib 

qolgan. O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan Vilyam Okkam (1309-1349)dir. Uning va godjer 

ekon  fikricha,  ilohiyot  aqidalari  ratsional  (aql)  yo‘l  bilan  isbotlanishi  mumkin  emas.  Ular  faqat 

Muqaddas  kitob  nufuzi  tufayligina  qabul  qilinishi  mumkin.  Bu  qarash  e’tiqod  va  tafakkurni  bir-




10 

 

biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, universaliylarning ob’ektiv 



mavjudligini  inkor  qiladi.  Uningcha,  universaliylar  tafakkur  tushunchalari  uchun  faqat  ismdirlar. 

Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va 

muhimrokdir. Rodjer Bekon (1214—1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim vakillaridandir. U 

o‘z hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday 

metodni XVII aerda Frensis Bekon ishlab chikdi. Haqiqatni top ishda tabiatni tajribaviy o‘rganish 

metodini  qo‘llash  nominalistlar  qarashlariga  www.ziyouz.com  kutubxonasi  to‘liqmos  kelardi. 

Nominalistlar  va  realistlar  o‘rtasidagi  qarama-qarshilik  o‘rta  asr  sxolastikasining  muhim 

muammolaridan  biri  edi.  Butun  o‘rta  asrlarda  sxolastikaning  bu  ikki  oqimi  o‘rtasida  kurash 

ketgan.  Sxolastikaning  avjga  chiqqan  davri  —  1150  va  1300  yillarda  Foma  Akvinskiyning 

mo‘tadil  realizmi  nominalizm  ustidan  g‘alaba  qozondi.  Lekin  1300  yildan  keyin  cherkov 

ilohiyotchilari  tafakkurida  nominalizm  yuqori  mavqeni  egallay  boshladi.  Bu  ko‘p  jihatdan 

uyg‘onish  davri  falsafasiga  ta’sir  ko‘rsatdi.  Shuningdek,  haqiqatga  erishishning  tajribaviy 

metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin