Apologetlar xristianlik tarixida I va III Apologetlar asrlarda vujudga keldi. Apologetika
so‘zining lug‘aviy ma’nosi “himoya qilish”, demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka
bulgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday
okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p Xudolik)
adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan
foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor kdlish va
tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy
xdrakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu
sohada Yustinning “Birinchi apologeya” “Ikkinchi apologeya” asarlarini. Tulean va Anaksagor
kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim. “Patristika” so‘zi “ota” (“padre”) so‘ziatristika dan
kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Yevropada yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar.
Sharkda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta
da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharxi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy
qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri
“Pok” degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va
ilohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga
bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha
davrdagi eng mashhur asarlaridan biri “Sig‘inish” 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining
xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. “Bibliya” oyatlari ramziy — timsoliy bayon kdlinadi. U
mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal
9
haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
Dostları ilə paylaş: |