2-masala.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir.
Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi,
Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafii, tabiiy-ilmiy,
ijtimoiy- axloqiy ta’limot - lari urganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan
avvalgi VII—VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi
vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624—
547 yillarda yashagan) o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bulgan. Fales
ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bulgan
va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr
(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U “Tabiat
haqida” asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni
qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issikdik va sovukdik,
quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini
ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen
(eramizdan avvalgi 588—525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning
quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo
bo‘lgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillar) Kichik
Osiyoning Harbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali
dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma
narsa harakatda. “Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har
daqiqada yangilanib turadi” Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va
hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir
bo‘ladi. “Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir”, degan ekan Geraklit.
Bundan Geraklit kishilar o‘rtasida urushlarni targ‘ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish
noto‘g‘rilGeraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zarb qarama-qarshi tomonlarga
o‘tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun
yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning karashlari falsafiy tafakkur rivojiga
katta ta’sir ko‘rsatgan. Pifagor (eramizdan avvalgi 580—500 yil) Yunonistonning Samos orolida
yashab o‘tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktabga, ya’ni
pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan
chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z
uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan
boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham
emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir.
Pifagorchilar birinchi bo‘lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda mikdor
kategoriyasini g ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani
himoya qilgan. U “tartib” to‘g‘risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib
ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning
buzilishidir. Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofant (eramizdan avvalgi VI—V asr) shoir
va faylasuf bulgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga,
janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi
Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant “Tabiat haqida” asarining muallifidir. Afsuski, ushbu
asarning yarmigina omon qolgan, xolos. U ko‘pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni
hayvonlarga, o‘simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad
etishga harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat — o‘zgarmas va harakatsizdir,
“Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi”, “Biz hammamiz yerdan
tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz’u Ksenofant qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib,
bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining
4
rivojiga turtki bo‘ldi. v Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining
ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug‘ilgan Parmenid
tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning
shogirdi va do‘sti Zenon (490—430 yillar) o‘z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni
rivojlantirdi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falofistlar safasi katta o‘rin tutadi .«Sofistlar
anfalsafasi tropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari
bilan shug‘ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar,
notikdar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik,
adolat o‘rnatishga www.ziyouz.com kutubxonasi xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot
falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Suqrot (asli Sokrat) (eramizdan oldingi 469—
399 yillar) — qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar
tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li,
o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan. Sukrotning fikricha, falsafaning markazida axloq
masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-
odobning ahvoliga bog‘likPBu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi
boisgxalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning
axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi Aflotun (asli Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan
buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z
g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan. 35
dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-
bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do‘sti va shogirdi
bo‘lgan. Aflotun “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi ” ta’limotining asosf chisidir. Uningcha,
g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish
va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G‘oyapar
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur iz qoldiradi. Aksariyat kishilar esa soyalar
dunyosi bilan kifoyalanadi. U Aflotunning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti uning
dunyoqarashida markaziy o‘rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi —
ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo‘lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va
pedagogikaning bilimdoni ham bo‘lgan) Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir “Davlat”
“Qonunlar”, “Siyosat” va “Kritiy” nomli asarlar yozib qoldirgan. “Davlat” asarida jamiyat haqida,
uning ideal siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g‘oyalar nazariyasi
bilan uzviy bog‘liqholda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to‘rtta shakli mavjud:
teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari
negizida adolat g‘oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi
qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Arastu Aflotunning shogirdi va
safdoshi Arastu (asli Aristotel) (384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining
betakror, jaqonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. O‘n yetti yoshida o‘z ilmini
oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil
davomida (Aflotunning unimiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi
Filipp II ning taklifiga binoan, uning o‘g‘li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan.
Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko‘tarilgan Aleksandr
Makedonskiyning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan keyin
Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida “Likkey” nomli maktab
ochgan. Ilmiy faoliyawww.ziyouz.com kutubxonasi tining samarali bo‘lishida, umuman,
Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim
ahamiyat kasb etgan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib,
Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan
Arastu, ko‘p o‘tmay, o‘sha yerda vafot etgan. Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya,
falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan.
5
Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini
“Organon” (“Kurol”) nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va
amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatishga, biror bir foydali ishni
amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga — falsafa (metafizika),
matematika va fizikaga ajratgan. 'J Faylasuf ta’limotiga ko‘ra, olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta
sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl;
yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha,
harakat manbaidi|3) Masalan. ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab
(maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi
bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni
harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti “Davlat”,
“Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik
bilan belgilanmaydi, balki ma’murlik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli
hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati
bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta
biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
3-masala.
O‘zbekistondagi ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududi Xorazm, Sug‘d,
Farg‘ona, Usrushana, Chag‘oniyon kabi o‘lkalardan tashkil topgan bo‘lib, gavjum Sharq bilan
G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turuvchi “Ipak yo‘li” markazida joylashgan va madaniy jihatdan
ancha rivojlangan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchiligi serqirra, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan
savdo-sotiq aloqalari avj olgan mintaqalardan iborat edi.
VII—VIII asrlarda Markaziy Osiyo ham Qutayba ibn Muslim boshchiligida arablar
tomonidan bosib olinib. xalifalikka bo‘ysundirildi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi
arabcha so‘z bo‘lib tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi.
Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek
qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Kur’on va hadislarda islomiy
ta’limotning asosi bayon kilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari,
iymon-e’tiqod talablari, xuquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular
tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. “Sunna” esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi
va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xattiharakatlari naqllar va hadis
shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l,
ilohiy yo‘l demakdir) islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi
asosiy yunalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-
xukuqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Islomda ilk oqim tarafdorlari sifatida
xorijiylar (arab. — isyonchi ajralib chiqqan) harakati vujudga kelgan. Ular taxt uchun kurashda
xalifa Ali ibn Abu Tolib (661 yilda o‘ldirilgan)ning Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan
muzokaralar olib borishga ko‘nganligini qoralab chiqqanlar. Ali qo‘l ostidagi qo‘shinning bir
qismi (12 ming kishi) uni kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan hamda bir vaqtning
o‘zida Ali va Muoviya tarafdorlariga qarshi keskin kurash olib borgan. Xorijiylar yo‘nalishi o‘rta
asrlar davrida ko‘pgina oqimlarga bo‘linib, keyinchalik yo‘qolib ketgan. Faqat ibodiylar
(abodiylar) oqimi sakdanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik
hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-
biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan
ajralib turadigan diniy guruxdardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar,
aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. Shialar sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof
etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular
Qur’onning mazmunini majoziy talqin qiladilar. sunnada esa, faqat Ali nomi bilan bog‘liq bo‘lgan
hadislarni tan oladilar, imomlar hokimiyatini (imomat) e’tirof etadilar. Dastlabki xalifalardan Abu
Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan shaxslar sifatida qoralaydilar,
6
Makka va Madina bilan birgalikda Karbalo va Najaf shaharlarini muqaddas ziyoratgoxdar deb
biladilar. imom Husaynga motam tutadilar. Shialar jahonda musulmonlarning taxminan 10 foizini
tashkil etadi.
Sunniylik jahonda keng tarqalgan mazhab bo‘lib, musulmonlarning 90 foizini tashkil etadi.
U tavhid (Ollohning yagonaligi), adl (uning odil ekanligi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat
yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), ilk xalifalar — choriyorlarni
“Xulafo ar-Roshidin” (“to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar”), Qur’onni muqaddas kitob, Makka va
Madinani muqaddas sajdagohlar deb hisoblaydilar. Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari
vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan
o‘zaro kelishmovchiliklar natijasidir. Islomda hanafiylik. ash’ariylar, jabariylar, qadariylar,
sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini
yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi
usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniyaqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan.
Bunday
ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va
Dostları ilə paylaş: |