Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
24 
library.ziyonet.uz/ 
 
Boʻlub axzar sinoning sarv monand,  
Aning ustida bargi bed rayvand.  
Yashil aylab ani zahri halohil,  
Boʻlub barcha xilof ahligʻa qotil.  
Safi hayjoki oʻq kelgay yogʻindek,  
Kamanding tashlagʻon shakli choqindek.  
Choqin yoʻq, rishtai iqbolu ta’yid,  
Boʻlub mahkam zafar boʻynigʻa jovid.  
Samanding ul sahobi barqraftor  
Ki, sur’atdin qadam to farq raftor.  
Zamona ablaqi yangligʻ xiromi,  
Yururda sharq to gʻarb ikki gomi.  
Xiromi oʻrga chiqmoqta tutundek,  
Yegarmak vaqti dasht uzra quyundek.  
Quyun yoʻqkim hayuni devzod ul,  
Demonkim devzod ul, devbod ul.  
Zamonikim jahongʻa tushgay oshub,  
Zamin birla zamongʻa tushgay oshub.  
Chiqib charx uzra hayjo ahli gardi,  
Qolib gard ichra charxi lojuvardi.  
Iki saf har biri bir koʻhi bedod,  
Sarosar tigʻi oning tigʻi foʻlod.  
Jahonni tiyra gard aylab qarongʻu,  
Sinonlar sham’i solib anda yogʻdu.  
Kavurga dahr aro solib gʻirevi,  
Hechukkim mast boʻlgʻay narra devi.  
Oʻqi andoqki sarsar lola eltib  
Shafaqning jomidin rargola eltib,  
Bahodirlar falakdek barcha xunrez,  
Shihoboso sinonlar aylabon tez.  
Adam qoʻrgʻonigʻa qochib amonliq,  
Falak olam aro sochib yamonliq.  
Sen ul soat salobatdin sirehre,  
Qoʻlungda tigʻdin raxshanda mehre.  
Maozallohi, gardundek janobing  
Taharruk torsa azm aylab rikobing.  
Surub har lahza bir yon tortibon tigʻ,  
Shukuhi tundluqta oʻylakim migʻ.  
Solib har sori tigʻi louboli,  
Aduvdin qilgʻasen olamni xoli.  
Qilib ul nav’ tigʻi bemadoro,  
Jahon ichra qiyomat oshkoro.  
Quyosh botqay uzorin darham aylab,  
Falak qochqay ravon qaddin xam aylab.  
Yonib maydondin etsang azmi ayvon  
Tushub ayvongʻa silkib gardi maydon.  
Tutub Jamshed
(3)
 taxti uzra orom,  
Tilab xurshed yangligʻ la’lgun jom.  
Quyub ogʻzinggʻa ul jomi Kayoniy
(4)
,  
Ichibkim boʻlsun obi zindagoniy.  
Ne mulkikim olib ul razm ichinda,  
Bagʻishlab barchani bu bazm ichinda.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin