Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
27 
library.ziyonet.uz/ 
 
Berib yuz ganj yaxshi soʻzga bexost,  
Yomon soʻzni qilib isloh ila rost.  
Yomon men ayttim topib soʻzum rech,  
Aning bazmida soʻz oʻtmay yomon hech.  
Quyoshdek olamoro bazm chogʻi,  
Jahongʻa oʻrt solib razm chogʻi.  
Qayonkim barqi tigʻi shu’la sochib,  
Aduvning raykaridin boshi qochib.  
DEmasmenkim, kesib oʻqi zirihni,  
Taxayyul toridin ochib girihni.  
Sinoni chun yetib sahmi qazodek,  
Aduv qaddini aylab halqa yodek.  
Oʻzi har sorikim surgach gʻazabnok,  
Qilib ul saf yoqosin sar-basar chok.  
Zafargʻa surma raxshining gʻubori,  
Quyoshqa shu’la tigʻining sharori.  
Alo, tokim quyoshdin boʻlgʻay anvor,  
Yoruq qilgʻay jahon mulkini hamvor.  
Jahon mulki anga boʻlsun muyassar,  
Quyosh toji aning boshigʻa afsar.  
Berib davron quyosh yangligʻ kamoli,  
Falakdin boʻlmasun, yo Rab, zavoli.  
Ketur, soqiy, qadah xurshedini bot,  
Ichay shahzoda yodi birla, hayhot!  
Ki hajridin aning mahzunmen asru,  
Boʻlay behushkim, majnunmen asru. 
[XII] 
Bu deboi chiniy yuzin xitoyi soz naqshlar bila munaqqash qilmoq va ul xitoyi naqshlarni 
monuviy tiroz gullar bila dilkash bezamoq va bu guliston sahnida xoqoni Chin masnadi 
ehtishomin yoymoq va aning ehtishomi hadiqasi nasab guli va farzand mevasidin oʻzga jami’ 
azhor va favokih bila muzayyan erkonin aytmoq va dard bogʻi gʻunchasi va balo chamani 
shukufasi, ya’ni shahzoda Farhodning adam shabistonidin vujud gulshanigʻa kelganini qalam 
bubuli tilidin sayramoq
(1)
 
Bu chiniy hullagʻa boʻlgʻon raqamkash,  
Yuzin bu tarh ila qildi munaqqash  
Ki, Chin mulkiki, rashki naqshi Chindur,  
Savodi gʻayrati xuldi barindur.  
Shahe erdi muazzam xoni oning,  
Dema xoni oning, xoqoni oning.  
Iki olamcha mulki vus’at ichra,  
Yeti garduncha taxti rif’at ichra,  
Sirohi yer yuzida qum hisobi,  
Ne qum, gardun uza anjum hisobi.  
Tajammul onda Afriduncha
(2)
 yuz ming,  
Xizona maxzani Qoruncha
(3)
 yuz ming.  
Uluvvi dargahi gardun misoli.  
Qayu gardunki, andin dogʻi oliy.  
Moʻgʻul qullar kibi ollinda xonlar,  
Boʻlub kishvardihi
(4)
 kishvarsitonlar
(5)
.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin