Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Eshib margʻula yoydi zulfi mushkin.  
Nasim ul mushk isin butrotti har yon,  
Havo ra’nolarigʻa sotti har yon.  
Yoshundi mushk ichinda Chin gʻazoli,  
Dema Chinkim, falak zarrin gʻazoli.  
Qayu zarrin gʻazola, turki chin de,  
Qaro tufroqqa kirgon mahjabin de.  
Quyosh soʻgi ishi kirgach arogʻa,  
Falak lu’batlari kirdi qarogʻa.  
Ne soʻgu ne qaro, iqbol shomi,  
Jahonning asru farruxfol shomi,  
Boʻlub har shabnami Nohid
(3)
 yangligʻ,  
Yorub har axtari xurshid yangligʻ.  
Yorugʻluq muncha yoʻq anjumgʻa maqdur,  
Ochib ruxsori sham’in yuz tuman hur.  
Bu aqshom ul charogʻi olamafroʻz,  
Ichinda vasl sham’i oʻtidin soʻz.  
Solib bir goʻshada rartav nihoni  
Kim, aylab mizbonligʻ ummahoniy  
Ki, yetti ul baridi homili roz,  
Qoʻlinda bir Buroqi barqrarvoz.  
Biri rayki nazardin tezdavroq,  
Biri raxshi Kimondin garmravroq.  
Yetishgach rayk sharhi hol qildi,  
Haq istid’osini irsol qildi:  
«Ki yetsun olam ahlidin nihoni,  
Muhib sarvaqtigʻa mahbubi joni».  
Bu soʻz mahbub eshitgach lol boʻldi,  
Navidi vasldin behol boʻldi.  
QOʻpub ot uzra andoq sekridi bot  
Ki, hayron qoldilar ham rayku, ham ot.  
Ham avval hamla raxshi barqxoʻdin,  
Oʻtub tufroqu elu oʻtu sudin,  
Qamargʻa chun xiromi tavsan aylab,  
Yuzi xurshedi oni ravshan aylab.  
Atorud
(4)
 bodroyidin boʻlub shod,  
Berib avroqu ajzosini barbod.  
Yeturgach Zuhraga davlat rikobi,  
Dafin yirtib qudumi ehtisobi.  
Quyoshqa chun surub gardun xiromin,  
Uyotdin yer quyi aylab maqomin.  
Chorib Bahromgʻa raxshin chu yaksar,  
Boʻlub ul nahsi agʻar Sa’di Akbar.  
Tushub chun Mushtariy
(5)
 sori mururi,  
Quyoshni yoshurub har lam’a nuri.  
Qolib yettinchi qoʻrgʻon rosboni,  
Oʻtub chobuksuvori osmoniy.  
Kirib chun sekkizinchi toram ichra,  
Topib har dam oʻzin bir olam ichra.  
Hamal mongrab qoʻyub Savr ollida bosh  
Ki, boʻlsak ikkimiz qurbon sanga kosh.  
Tarab aylab damo-dam ikki raykar,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin