O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


-BOB.  O’ZBEKISTONDA JAVOBGARLIKNI SUG’URTALASHNI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix07.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#54863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
ozbekistonda javobgarlikni sugurtalashning mexanizmlarini amalga oshirishning iqtisodiy tahlili (1)

3-BOB.  O’ZBEKISTONDA JAVOBGARLIKNI SUG’URTALASHNI 

TAKOMILLASHTIRISH ITIQBOLLARI 

 

3.1.  Javobgarlikni sug’urtalashni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 

 

O‘zbekiston  Respublikasida  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  sug‘urta 



faoliyatining mustaqil sohasi hisoblanadi. Bu erda sug‘urta ob’ekti sifatida sug‘urta 

qildiruvchining  uchinchi  shaxslar  oldida  ularga  zarar  (ziyon)  etkazganlik  uchun 

javobgarligi  bilan  bog‘liq  mulkiy  manfaatlari  amal  qiladi.  Sug‘urta  qildiruvchi 

yuzaga  keladigan  sug‘urtaga  doir  huquqiy  munosabatlarga  ko‘ra  sug‘urta 

qildiruvchi  (jismoniy  yoki  yuridik  shaxs)  tomonidan  uchinchi  shaxslarning  mol-

mulki,  sog‘lig‘i  va  hayotiga  zarar  etkazish  bilan  bog‘liq  majburiyatlar  yuzasidan 

javobgarlik xavfini o‘z zimmasiga oladi

11



O‘zbekiston  Respublikasida  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  ikki  turi  – 

fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilish  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish 

farqlanadi

12



Fuqarolik  javobgarligi  mulkiy  xususiyat  kasb  etadi:  ziyon  etkazgan  shaxs 

jabrlanuvchiga,  ya’ni  uchinchi  shaxsga  etkazilgan  zararni  to‘liq  qoplashi  shart. 

Fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilish  shartnomasini  tuzish  orqali  mazkur 

majburiyat sug‘urtalovchiga yuklanadi. Etkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchi 

jinoiy,  ma’muriy  javobgarlikka  tortilishi,  ya’ni  uchinchi  shaxsga  nisbatan  o‘z 

g‘ayriqonuniy harakatlari uchun qonunga muvofiq ta’qib qilinishi mumkin. Ammo 

uchinchi shaxsga etkazilgan mulkiy zararni qoplash sug‘urtalovchining zimmasiga 

yuklanadi. 

Kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  ob’ekti  sifatida  sug‘urta 

qildiruvchining  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  zid  kelmaydigan, 

sug‘urta  qildiruvchi  kasbiy  faoliyatni  amalga  oshirayotgan  paytda  u  uchinchi 

shaxslarning  hayoti,  sog‘lig‘i  yoki  mol-mulkiga  etkazgan  zararni  qoplash  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  mulkiy  manfaatlari  amal  qiladi.  Mol-mulkni  sug‘urta  qilish  yoki 

                                           

11

  Александров А.А. Страхование. – М.: Издательство ПРИОР, 1998. – С. 92. 



12 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2012. – 310-b. 


35 

 

shaxsiy  sug‘urtadan  farqli  o‘laroq,  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  ob’ekti 



sub’ektiv  xususiyat  kasb  etadi,  ya’ni  sug‘urta  hodisasining  yuz  berishi  tashqi 

omillar  –  tabiiy  ofat,  tabiiy  hodisalar,  boshqa  odamlarning  harakatlariga  emas, 

balki  muayyan  kasbga  muvofiq  faoliyat  olib  borayotgan  shaxsning  malakasiga 

bog‘liq  bo‘ladi

13

.  Kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilishda  sug‘urta  hodisasining 



ta’rifi yagonadir. Sug‘urta hodisasi deb sudning qonuniy kuchga kirgan va sug‘urta 

sub’ektiga  etkazilgan  zarar  uchun  sug‘urta  qildiruvchining  mulkiy  javobgarligini 

belgilaydigan hal qiluv qarori sug‘urta hodisasi deb e’tirof etiladi

14



Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnoma  mavjudligi bilan belgilanadi. 

Bunda  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  shartnomasi  bo‘yicha  faqat  kasbiy 

faoliyat bilan shug‘ullanadigan va yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 

jismoniy  shaxsning  javobgarligi  sug‘urta  qilinishi  mumkin.  YUridik  shaxs  o‘z 

kasbiy  javobgarligini  sug‘urta  qila  olmaydi,  chunki  u  kasbga  ega  bo‘lmaydi

15



Kasbiy  javobgarlik  vujudga  kelishi  uchun  asos  bo‘lib  sug‘urta  qildiruvchi 

tomonidan  kasbiy  xizmatlar  ko‘rsatish  uchun  shartnoma  shartlarining  buzilishi 

yoki  uchinchi  shaxslarga  ziyon  etkazishi  (bunday  ziyon  qachon  aniqlanganidan 

qat’i nazar) xizmat qiladi

16



Kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  o‘z  kasbiy  faoliyatini  amalga  oshirish 



paytida uchinchi shaxslarga moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan turli toifadagi 

shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish turlarini birlashtiradi. Sug‘urta – 

etkazilgan  zararni  qoplashning  eng  universal  va  ishonchli  iqtisodiy  mexanizmi. 

Bunda  kasbiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxsning  mazkur  farliyatni  amalga 

oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklari uchun javobgarlikni sug‘urta kompaniyasi 

ma’lum  haq  evaziga  o‘z  zimmasiga  oladi.  O‘zbekistonda  kasbiy  faoliyat  bilan 

shug‘ullanayotgan  shaxslarning  sug‘urta  yo‘li  bilan  himoyalanishga  bo‘lgan 

ehtiyoji  hozirgi  vaqtda  tobora  kuchayib  bormoqda,  chunki  bozor  iqtisodiyoti 

                                           

13

 



Архипов  А.П.,  Гомелля  В.Б.  Основы  страхового  дела.  Учебное  пособие.  –  М.: 

"МаркетДС", 2002. – С. 145. 

14

  Юлдашев  Р.Т.  Страхование  ответственности  директоров  и  топ-менеджеров 



компаний.  – Страховое дело. — № 1. — 2005. – С. 17. 

15

 Страхование: под ред. Проф.Федоровой М.А. – М.:Издательство БЕК, 2002.-С. 348 



16

  Худяков А.И. Страховое право. – СПб.: Юридический центр Пресс, 2004.С. 189. 




36 

 

rivojlanishi  bilan  bozorda  raqobat  kurashi  keskinlashdi  va  kasbiy  faoliyat  bilan 



shug‘ullanuvchi  shaxsda  o‘z  kasbiy  javobgarligini  sug‘urta  qilish  bo‘yicha 

polisning  mavjudligi  uning  obro‘sini  oshiradi  va  mazkur  shaxs  mijozlari,  biznes 

bo‘yicha hamkorlarining unga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga ko‘maklashadi.  

Kasbiy javobgarlik deganda o‘z ixtisosligi doirasida kasbiy faoliyatni amalga 

oshirayotgan sub’ektga nisbatan u mazkur faoliyatning salbiy natijasiga erishgani 

tufayli  jabrlanuvchining  mulkiy  holatini  tiklashga  qaratilgan  choralar  va 

sanksiyalarning  qo‘llanishi  tushunilishi  lozim.  Kasbiy  xato  –  bu  kasbiy  faoliyat 

qoidalari  va  standartlarini  buzish,  kasbiy  nuqson  esa  –  lozim  kasbiy  xulq-atvorni 

bajarmaslikdir

17



Kasbiy  javobgarlik  asosi  shartnomaviy  yoki  huquqbuzarlikdan  kelib 

chiqadigan  javobgarlik  sug‘urta  qilinishi  lozimligi  yoki  lozim  emasligidan  qat’i 

nazar,  zarar  etkazilishi  hisoblanadi.  Bunda  faqat  retrospektiv  fuqarolik-huquqiy 

javobgarlik  sug‘urta  qilinishi  lozim.  Ayni  holda  javobgarlik  asosan  ham  sudning 

hal  qiluv  qaroriga  muvofiq,  ham  sug‘urtalovchi  bilan  sug‘urta  qildiruvchi 

o‘rtasidagi  bitim  asosida  undiriladigan  zararni  qoplash  ko‘rinishida  namoyon 

bo‘ladi

18



Sug‘urta qildiruvchilar o‘z kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini 

tuzar ekanlar, kasbiy xatolar va nuqsonlarga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz 

oqibatlar  kelib  chiqishi  xavfini  sug‘urtalovchining  zimmasiga  yuklaydilar. 

SHunday  qilib,  mazkur  sug‘urta  hisobiga  u  yoki  bu  kasbiy  faoliyat  bilan 

shug‘ullanuvchi shaxslarning manfaatlari qondiriladi. 

SHu  bilan  bir  vaqtda,  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  hisobiga  o‘z 

javobgarligini  sug‘urta  qilganlarning  xizmatlaridan  foydalanuvchi  shaxslarning 

manfaatlari  ham  ta’minlanadi.  Har  qanday  turdagi  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta 

qilish  shartnomasining  qonunda  belgilangan  konstruksiyasi  zamirida  uchinchi 

                                           

17

 

Белых  В.С.  Страховое  право.  –  3-е  изд.,  перераб.  и  доп.  М.:  «Норма»,  2009.  –  С. 



251. 

18

Юлдашев Р.Т. Сексуальные домогательства: страховой аспект. Страховое дело. № 



10. - 2006. – С. 29. 


37 

 

shaxs  foydasiga  tuziladigan  shartnoma  yotadi.  Bunday  shartnomalarda  naf 



oluvchilar har doim zarar (ziyon) etkazilgan shaxslar hisoblanadi

19



O‘zbekistonda  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  bozoridagi  vaziyat  quyidagilar 

bilan  tavsiflanadi:  bu  erda  ancha  past  tariflar  va  juda  kuchli  raqobat  kuzatiladi. 

Ayni  vaqtda,  so‘nggi  bir  yarim  yil  ichida  javobgarlikni  sug‘urta  qilish 

shartnomalarining  shartlari  barqarorlashdi,  deb  aytish  mumkin.  O‘zbekistonda 

javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  asosiy  turlari  bo‘yicha  tariflar  2.1.1-jadvalda 

keltirilgan. 

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 

qilish O‘zbekiston Respublikasida 1994 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  “O‘zbekiston  Respublikasida  transport  vositalari  va 

boshqa  o‘ziyurar  mashina  hamda  mexanizmlar  egalari  fuqarolik  javobgarligining 

majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 632-son Qarori bilan joriy etilgan. 

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 

qilishni  o‘tkazish  2008  yilda  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini 

majburiy 

sug‘urta 

qilish 

to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston 

Respublikasining  O‘RQ-155-son  Qonuniga  muvofiq  isloh  qilindi

20

.  2014  yilda 



transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

bo‘yicha to‘plangan mukofotlar hajmi 2-rasmda mintaqalar bo‘yicha foiz hisobida 

keltirilgan. 

O‘zbekistonda  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  bozorining  hozirgi  holati,  uning 

infratuzilmasi rivojlanish darajasi hozirning o‘zidayoq sug‘urtaning mazkur turini 

yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirishni  talab  qilayotir.  YUqorida  qayd  etib 

o‘tilganidek, hozirgi bosqichda O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta 

qilishning umumiy muammolari quyidagilardan iborat: 

                                           

19

 



Архипов  А.П.,  Гомелля  В.Б.  Основы  страхового  дела.  Учебное  пособие.  –  М.: 

"МаркетДС", 2002. – С. 72. 

20

  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni.Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 



javobgarligini  majburiy  sug’urta  qilish  to’g’risida/O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 

to’plami.-T., 2008, 17-son, 128-modda. 




38 

 

-  O‘zbekiston  Respublikasida  huquqiy  baza  va  sud  tizimining  mukammal 



emasligi; 

- sug‘urta ob’ekti sifatidagi javobgarlik haqida aniq tasavvurning yo‘qligi; 

- aholi aksariyat qismining huquqlari va manfaatlarini sug‘urta qilish zarurligi 

haqida tushuncha mavjud emasligi; 

- sug‘urta tariflarining balandligi va sug‘urta shartlarining mavbul emasligi; 

-  byudjetdan  moliyalashtiriladigan  muassasalar  javobgarlikni  sug‘urta 

qilishdan foydalana olmasligi (majburiy sug‘urta turlari bundan mustasno) 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin