O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/28
tarix07.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#54863
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
ozbekistonda javobgarlikni sugurtalashning mexanizmlarini amalga oshirishning iqtisodiy tahlili (1)

 

3-jadval 

O’zbekistonda javobgarlikni sug’urta qilishning asosiy turlari bo’yicha 

tariflar

21

 

№ 



Xizmat nomi 

Min* % 

Max*% 

Kasbiy javobgarlikni sug’urta 



qilish 

0.42 


3.19 

Qarz  oluvchining  javobgarligini 



sug’urta qilish 

0.99 


5.75 

Transport  vositalari  egalarining 



fuqarolik javobgarligini majburiy 

sug’urta qilish 

*** 

*** 


Avto  fuqarolik  javobgarligini 

ixtiyoriy sug’urta qilish 

0.3 


1.8 

Ish 



beruvchning 

fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug’urta 

qilish 


*** 

*** 


 

Mamlakatimizda  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  rivojlanishiga  monelik 

qilayotgan jiddiy kamchilik fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta 

qilishda  anderrayting  rivojlanish  darajasining  pastligi  hisoblanadi.  Fuqarolik 

javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish o‘ta individual jarayon bo‘lib, 

sug‘urtaga  qabul  qilinayotgan  xavflarni  puxta  baholash  va  sug‘urta  mukofotini 

to‘g‘ri hisoblashdan keyin tegishli sug‘urta shartnomalarini tuzishga qodir bo‘lgan 

malakali  anderrayterlarni  talab  qiladi.  SHunday  qilib,  mamlakatimiz  sug‘urta 

                                           

21

 



muallif tomonidan tayyorlandi. 


39 

 

bozorining  jiddiy  muammolaridan  biri  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  sohasida 



malakati  mutaxassislar  yo‘qligi  tufayli  anderraytingning  rivojlanmagani 

hisoblanadi.  Tabiiyki,  tegishli  mutaxassislarni  tayyorlash  va  ularning  malakasini 

oshirish  jarayonlari  mamlakatimizdagi  sug‘urta  kompaniyalarining  aksariyati 

uchun ancha qimmat va murakkabdir. Binobarin, ular o‘z faoliyatida javobgarlikni 

sug‘urta  qilish  bo‘yicha  qo‘shimcha  akvizitsion  xarajatlarni  talab  qilmaydigan 

sug‘urta mahsulotlaridan foydalanadi.  

Sug‘urta  kompaniyalari  faoliyatini  baholash  mezonlaridan  biri  o‘zining 

mijozlar  oldidagi  majburiyatlarini  bajarish  qobiliyati  hisoblanadi.  O‘z 

majburiyatlarini  tezkorlik  bilan,  vijdonan  va  malakali  bajarish  sug‘urta 

kompaniyasining  obro‘sini  belgilaydi,  aholi  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar 

o‘rtasida unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga ko‘maklashadi

22



Mamlakatimizda sug‘urta kompaniyalarining obro‘si juda past ekanligi hech 

kimga  sir  emas.  Aholida  sug‘urta  xizmatlariga  talabning  pastligi  u  va  biznes  

xavflardan  himoyalanish  zarurligini  yaxshi  anglamasligi  bilan  emas,  balki 

ko‘ngilsiz 

voqealar 

yuz 


berganda 

foydalanish 

uchun 

mablag‘larni 



zaxiralashtirishning  boshqa  usullari  (ko‘chmas  mulkka,  chet  el  valyutasiga,  bank 

depozitlariga  joylashtirish,  naqd  pulni  yig‘ish)  bilan  solishtirganda,  sug‘urta 

mahsulotlari raboqatbardoshlik darajasining pastligi bilan belgilanishi mumkin.  

Javobgarlikni 

sug‘urta 

qilish 


bo‘yicha 

sug‘urta 

mahsulotlari 

raqobatbardoshlik  darajasining  pastligi  yana  shu  bilan  bog‘liqki,  ayrim  hollarda 

sug‘urta  tovoni  sug‘urta  hodisasi  yuz  berishi  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qoplashga 

qodir emas. Bundan tashqari, sug‘urta qildiruvchilarning aksariyati sug‘urta tovoni 

sug‘urta  shartnomasida  nazarda  tutilgan  muddatlarda  va  hajmlarda  to‘lanishiga 

ishonmaydi.  Statistika  ma’lumotlariga  ko‘ra,  2013  yilda  respublikamizning 

sug‘urta  bozori  bo‘yicha  umumiy  zararlilik  jami  19,47%  ni  tashkil  etgan,  bunda 

uch  peshqadam  sug‘urta  kompaniyasi  barcha  sug‘urta  tovonlarining  60,5%  ni, 

                                           

15

      O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 



www.mv.uz

 internet saxifasi ma’lumotlari 

asosida muallif tomonidan tayyorlandi 



40 

 

qolgan kompaniyalar  esa  atigi  39,5% ni to‘lagan va bu natijada  tashvish  chekish 



uchun real zamin yaratadi. 

O‘zbekistonda  sug‘urta  xizmatlari  bozori hozirgi  holatining xususiyatlaridan 

biri  potensial  mijozlar  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta 

qilish  imkoniyatlaridan  etarli  darajada  xabardor  emasligi  hisoblanadi.  YUridik 

shaxslarda  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilishga 

talabning  kamligi  asosan  xavflarni  sug‘urta  yordamida  boshqarish  imkoniyatlari 

to‘g‘risida  axborot  yo‘qligi  bilan  bog‘liq.  Boz  ustiga,  fuqarolik  javobgarligi  va 

kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  qoidalari  va  shartlari,  shuningdek  sug‘urta 

atamalari  va  tushunchalarining  mazmuni  sug‘urta  qildiruvchi  uchun  doim  ham 

aniq va ravshan emas.  

Sug‘urta  xizmatining  ochiq  va  oshkoraligi  sug‘urta  qildiruvchini 

rag‘batlantirishning  muhim  omili  hisoblanadi,  ya’ni  sug‘urta  xizmatining  barcha 

xususiyatlarini  va  shartnoma  shartlarini  iste’molchiga  to‘liq  etkazish  talab  etiladi. 

Buni eng avvalo sug‘urta kompaniyasining xodimlari ta’minlaydi. 

Fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilishda  sug‘urta 

mahsulotlarining  asosiy  turlari  tariflarini  hisoblab  chiqish  ancha  qiyin  ish.  Boz 

ustiga, sug‘urta hodisasi yuz berganda, zarar qiymatini hisoblab chiqishning aniq 

metodologik  qoidalari  yoki  normativlar  mavjud  emas.  Har  bir  sug‘urta 

kompaniyasi sug‘urta tariflari yoki zarar miqdorini hisoblab chiqishning u yoki bu 

yo‘lini faqat qonun hujjatlarida belgilangan umumiy talablar va me’yorlardan kelib 

chiqib tanlashga haqli.  

Potensial  mijozlar  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  navbatdagi 

kamchilik  –  bu  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish 

qiymatining ancha balandligi. 

O‘zbekistonda  professional  xizmatlar  sifatini  baholashning  umume’tirof 

etilgan  mezonlari  hali-hanuz  mavjud  emas.  SHuni  qayd  etib  o‘tish  lozimki, 

mamlakatimizning  sug‘urta  kompaniyalarida  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy 

javobgarlik  asosiy  xavflarini  baholash  bo‘yicha  klassifikator  yo‘q.  Fuqarolik 

javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urtaga  qabul  qilish  jarayonida 



41 

 

sug‘urta  kompaniyalari  u  yoki  bu  javobgarlik  xavflarini  baholashda  bir  qator 



muammolarga  duch  keladilar  va  bu  anderrayting  jarayonini  jiddiy  qiyinlashtiradi. 

Buning  oqibatida  sug‘urta  kompaniyalarining  sotuvchi  bo‘linmalari  fuqarolik 

javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishdan jiddiy manfaatdor emas23. 

Yuqorida  aytilganlardan  tashqari,  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy 

javobgarlikni  sug‘urta  qilishni  rivojlantirishga  monelik  qilayotgan,  sug‘urta 

kompaniyalari  yoki  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta qilish 

bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lmagan  boshqa  bir  qator  muammolar  va  kamchiliklar 

ham mavjud. 

Avvalambor, bunday muammolar qatoriga sug‘urta bozorining infratuzilmasi 

lozim  darajada  rivojlanmaganini,  ya’ni  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy 

javobgarlikni  sug‘urta  qilish  sohasiga  ixtisoslashgan  sug‘urta  brokerlari,  sug‘urta 

syurveyerlari  va  adjasterlari  etarli  emasligini  kiritish  o‘rinli  bo‘ladi.  Jahon 

amaliyoti mazkur institutlar javobgarlikni sug‘urta qilish bozorining faoliyatida va 

uni  rivojlantirishda  muhim  rol  o‘ynashini  ko‘rsatadi.  Fuqarolik  javobgarligini 

sug‘urta qilish majburi  y  turlarining  joriy  etilishi  zararlarni  tartibga  solish 

tizimini butunlay takomillashtirishni talab qildi. Jahon amaliyoti bunday tizimning 

mavjudligi  va  tegishli  darajasi  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

bozorining  faoliyatida  va  uni  rivojlantirishda  muhim  rollardan  birini  o‘ynashini 

ko‘rsatadi.  

Sug‘urta  e’tirozlarini  tartibga  solish  muddatlarining  kattaligi  ham  jiddiy 

kamchilik  hisoblanadi,  chunki  mamlakatimizdagi  sug‘urta  kompaniyalarining 

aksariyati  sug‘urta  tovonini  to‘lashni  tegishli  sud  qarorining  mavjudligi  bilan 

bog‘laydi.  

Javobgarlikning  har  qanday  turini  sug‘urta  qilish  o‘z-o‘zidan  mazkur 

javobgarlik  bilan  bog‘liq  huquqiy  vaziyatni  aks  ettiradi.  Kasbiy  javobgarlikni 

sug‘urta  qilishning  ayrim  turlari  (masalan,  notariuslar,  auditorlarning  kasbiy 

javobgarligini  sug‘urta  qilish)  tajribasi  ilgari  zararsiz  bo‘lgan  bozorlar  kasb 

                                           

23

  

Федорова Т.А. Основы страховой деятельности. – М.: БЕК, 2001. – С. 288. 




42 

 

egalarini javobgarlikka tortish, demak, sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta 



tovonlarini  to‘lash  sonlari  ham  ko‘payganini  namoyish  etishini  ko‘rsatadi. 

Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini katta miqdorlarga sug‘urta 

qilishning mavjudligi e’tirozlar bildirishni yanada jalb qiluvchan ishga aylantiradi, 

chunki  ushbu  e’tirozlar  qondirilishiga  erishish  imkonini  beradigan  resurs  mavjud 

(g‘arb sug‘urta amaliyotida bu hodisa “katta cho‘ntak effekti” deb ataladi). 

Shuni  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik 

xavflarini 

ixtiyoriy 

sug‘urta 

qilishdan 

hozirgi 

vaqtda 


byudjetdan 

moliyalashtiriladigan muassasalar foydalana olmaydilar.  

O‘zbekiston  Sug‘urta  bozorining  professional  ishtirokchilari  uyushmasi 

tomonidan fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik asosiy xavflarini sug‘urta 

qilish standart qoidalari hali-hanuz ishlab chiqilmagan. 

Javobgarlikni sug‘urta qilishning majburiy turlarini litsenziyalash shartlariga 

aniqlik  kiritish  o‘rinli  bo‘ladi.  Hozirgi  vaqtda  javobgarlikni  majburiy  sug‘urta 

qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  tegishli  xat  bilan 

rasmiylashtirilgan  ruxsatnomasi  asosida  amalga  oshiriladi  va  bu  amaldagi  qonun 

hujjatlarining  normalarida  nazarda  tutilmagan.  Javobgarlikni  sug‘urta  qilishning 

majburiy  turlariga  alohida  litsenziyalar  berilsa,  bizningcha,  maqsadga  muvofiq 

bo‘ladi. 

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 

qilishda  hayoti  va  sog‘lig‘iga  zarar  etkazilgan  jabrlanuvchilarga  to‘lanishi  lozim 

bo‘lgan sug‘urta pullarining etarliligi to‘g‘risidagi masalaga alohida to‘xtalib o‘tish 

lozim. Uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazilganda to‘lanadigan 

sug‘urta  pullarining  miqdorlari  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi  va  hozirgi  kun 

voqeligini  hisobga  olmaydi,  chunki  jabrlanuvchi  vafot  etganda  uch  ming  AQSH 

dollarining 65% etarli summa hisoblanmaydi. 

Respublika  sug‘urta  bozorini  isloh  qilishning  hozirgi  bosqichi  sug‘urta 

biznesi  uchun  kadrlar  tayyorlash  keng  ko‘lamli  samarali  tizimini  shakllantirishni 

talab  qiladi.  Bunda  mavjud  va  potensial  resurslarning  barchasini,  shu  jumladan 

chet  el  grantlari  va  texnik  yordamini  jalb  qilish  muhimdir.  Respublikamizda 



43 

 

sug‘urta ishini hozirgi davr talablariga muvofiq yuritish borasida bilim va tajribaga 



ega malakali kadrlarning taqchilligi sug‘urta tizimini jadal rivojlantirishga monelik 

qilayotir.  

O‘zbekistonda  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  rivojlanishini  cheklayotgan 

muammolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: 

- aholi umumiy turmush darajasining pastligi;  

- to‘lovga qobiliyatli talab dinamikasi;  

- sug‘urta madaniyatining pastligi; 

- milliy sug‘urta tizimi lozim darajada rivojlanmagani. 

Fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilishni  qo‘llash 

muddatlari  klassik  sug‘urta  turlari  bilan  taqqoslaganda  davomli  emasligiga 

qaramay,  ular  mamlakatimiz  sug‘urta  bozori  va  iqtisodiyotining  tarkibiy  qismiga 

aylandi. Bosh muammo shundan iboratki, mazkur sug‘urta turi fuqarolik huquqida 

o‘zining  uzil-kesil  huquqiy  shakl-shamoyilini  hali  kasb  etgani  va  sug‘urta 

huquqida  mustahkamlangani  yo‘q  va  bu  uni  rivojlantirish  hamda  samarali 

qo‘llashning zaruriy omili hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  O‘zbekistonda  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  zamonaviy 

turlarini joriy etishning asosiy kamchiliklari va muammolari quyidagilardan iborat, 

deb qayd etish mumkin: 

-  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishda 

anderrayting lozim darajada rivojlanmagani; 

-  potensial  mijozlar  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta 

qilish imkoniyatlaridan etarli darajada xabardor emasligi; 

-  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilish 

qiymatining nisbatan balandligi; 

- sug‘urta e’tirozlarini tartibga solish muddatlarining kattaligi; 

-  respublikamizda  sug‘urta  ishini  hozirgi  davr  talablariga  muvofiq  yuritish 

borasida bilim va tajribaga ega malakali kadrlarning taqchilligi

  

 



 


44 

 

O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta 



qilishni  yanada  takomillashtirish  zarurligi  tufayli  javobgarlikni  sug‘urta  qilish 

borasidagi  ilg‘or  xorijiy  tajribani  o‘rganish,  bizningcha,  maqsadga  muvofiq 

bo‘ladi.  

CHet  el  sug‘urta  amaliyotida  fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik 

xavflarini  sug‘urta  qilish  sug‘urta  faoliyatining  alohida  turi  hisoblanadi.  Bunday 

sug‘urta  bilan  asosan  ixtisoslashgan  sug‘urta  kompaniyalari  shug‘ullanadi. 

Javobgarlikni  sug‘urta  qilish  ilk  bor  Fransiyada  1825  yilda  maxsus  qonun  qabul 

qilinganidan  keyin  paydo  bo‘lgan  (ot  transportini  avariyalardan  sug‘urta  qilish 

bilan birgalikda). So‘ng 1871 yil Germaniyada tadbirkorlar muayyan toifalarining 

ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalar  uchun  fuqarolik  javobgarligi  to‘g‘risidagi 

qonun  qabul  qilindi.  Buning  ortidan  sug‘urta  kompaniyalari  o‘z  javobgarligini 

sug‘urta  qilishni  taklif  qila  boshladilar.  1880  yilda  shunga  o‘xshash  qonun 

Angliyada  ham  qabul  qilindi.  Bungacha  fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilish 

1825  yilgi  andozaga  ko‘ra  amalga  oshirilar  edi,  keyinchalik  u  mustaqil  sug‘urta 

turiga aylandi. 

Kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  (professional  indemnity  insurance) 

fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilishning  tur  xili  sifatida  XX  asrning  birinchi 

yarmida paydo bo‘ldi. 

Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarning  aksariyatida  asosiy  maqsadi  ayrim 

shaxslar  yoki  muassasalarning  iqtisodiy  manfaatlarini  himoya  qilishdan  iborat 

bo‘lgan javobgarlikni sug‘urta qilish huquqiy tizimi mavjud. Bunda javobgarlikni 

sug‘urta  qilish  uchinchi  shaxslarning  sog‘lig‘iga  ham,  mol-mulkiga  ham  zarar 

etkazilishi mumkinligini nazarda tutadi va ularga qonunga ko‘ra yoki sud qaroriga 

binoan etkazilgan zararni qoplaydigan tegishli to‘lovlar amalga oshiriladi.  

Javobgarlikni sug‘urta qilishning bir nechta turlari mavjud: 

-  ishlab  chiqarishda  baxtsiz  hodisa  yuz  berishi  natijasida  xodimning  o‘limi 

yoki  mayib  bo‘lishi  munosabati  bilan  ish  beruvchining  javobgarligini  sug‘urta 

qilish; 


- uy egasining javobgarligini sug‘urta qilish; 


45 

 

- avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish; 



- kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish. 

Kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  arxitektorlar,  yuristlar,  shifokorlar, 

farmatsevtlarga  va  faoliyati  shaxslarga  moddiy  va  nomoddiy  zarur  etkazish  xavfi 

bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mutaxasslarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. 

O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta 

qilish  o‘z  xususiyatlariga  ega.  Mamlakatimizda  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning 

xususiyati  asosan  shu  bilan  belgilanadiki,  sug‘urta  bozorini  kapitallashtirish 

darajasi  pastligi  tufayli,  aynan  sug‘urta  kompaniyalarining  kadrlar  salohiyati 

ularning yashovchanligi va rivojlanishini ta’minlovchi bosh omil hisoblanadi. O‘z-

o‘zidan  ravshanki,  mamlakatimiz  sug‘urta  biznesi  kadrlar  elementining  bunday 

ustuvor ahamiyati bundan buyon ham saqlanib qoladi. 

O‘tgan  asrning  oxirida  va  hozirgi  asrning  boshida  O‘zbekiston 

Respublikasida  mavjud  sug‘urta  qonunchiligi  sobiq  Ittifoq  hududidagi  davlatlar 

orasida  eng  ilg‘or  qonunchiliklardan  biri  hisoblanar  edi.  Ammo  bugungi  kunda  u 

fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishni  qonun 

yo‘li bilan tartibga solish borasida ancha orqada qolgan. 

Javobgarlikni sug‘urta qilishning majburiy turlari bo‘yicha tariflar va limitlar 

ham  Evropa,  ham  yaqin  qo‘shnilar  bilan  taqqoslaganda  past  belgilangani 

muammosini  asta-sekin  va  ijodiy  hal  qilish  lozim.  Albatta,  aholining  turmush 

darajasi yaxshilanishi bilan sug‘urta tariflariga tuzatish kiritilishi jamoatchilikning 

qarshiligiga  duch  keladi.  To‘lovlarga  doir  axborotni  PR  usullari  yordamida 

qo‘llab-quvvatlash, 

sug‘urtalovchilar 

xarajatlarining 

hajmlari 

haqida 


tushuntirishlar berish zarur. Su ma’noda Finlyandiya tajribasi diqqatga sazovor: bu 

erda  transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 

qilish  bo‘yicha  mukofotlar  to‘lovlar  bilan  deyarli  teng,  lekin  sug‘urta 

kompaniyalarining xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. 

Fuqarolik  javobgarligi  va  kasbiy  javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilishni 

rivojlantirish  istiqbollari  mamlakatimizda  javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  ayrim 

turlari,  xususan,  korxonalarning  ular  ishlab  chiqarayotgan  mahsulot  sifati  uchun 



46 

 

javobgarligini  sug‘urta  qilish,  shifokorlar,  yuristlar  va  boshqa  mutaxassislarning 



ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  sifati  uchun  kasbiy  javobgarligini  sug‘urta  qilish 

borasidagi xalqaro tajriba qay darajada jadal joriy etilishi bilan bog‘liq.  

AQSHda va G‘arbiy Evropa mamlakatlarida fuqarolik javobgarligi va kasbiy 

javobgarlik  xavflarini  sug‘urta  qilish  bozorining  rivojlanish  darajasini  quyidagi 

omillar belgilaydi: 

- normativ-qonunchilik bazasi; 

- davlat tomonidan tartibga solish; 

- makroiqtisodiy sharoitlar, sug‘urta bozorining holati. 

Javobgarlikni  sug‘urta  qilishning  tegishli  turlari  rivojlanishini  ta’minlash 

uchun  respublikamizda  sug‘urta  qonunchiligini  jadal  sur’atlarda  rivojlantirish 

zarur.  Bundan  tashqari,  umumiy  qonunchilik  darajasida  “shaxsga  ziyon  etkazish” 

va “shaxsga etkazilgan ziyonni qoplash” tushunchalariga aniq ta’rif berilishi lozim. 

 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin