Мавзу: Бадиий асар тахлили ва унга қўйилган талаблар


  V-VII-sinflarda qush va hayvonlar tasvirini ishlashga o'rgatish



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix12.04.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#55232
1   2   3   4   5   6   7   8
Dadajonova Zulayxo

3.  V-VII-sinflarda qush va hayvonlar tasvirini ishlashga o'rgatish. 

V-VII  sinflarda  qush  va  hayvonlar  tasvirini  ishlash  alohida  mavzu  bo'lib 

kelmaydi.  Aksincha,  muayyan  mavzu  asosida  qush  va  hayvonlar  tasviri  ishlash 

ko'zda  tutilgan.  Jumladan,  joriy  o'quv  yili  o'rta  umumta'lim  maktablari  uchun 

tasdiqlangan —Mavzuiy reja”ga asoslanadigan bo'lsak 5-sinf uchun —Men sevgan 

hayvon”  mavzusida  rasm  ishlash  (14-24-mavzular),  6-sinf  uchun  12-13  mavzular 

—O'zbek  xalq  ertaklari  asosida  minatyura  usulida  illyustratsiya  ishlash”  berilgan. 

Raxim Xasanov tomonidan ishlab chiqilgan o'qituvchilar uchun uslubiy ko'rsatmada 

—Qo'riqxona” mavzusida rasm ishlash, —Suv osti dunyosi” mavzusida rasm ishlash, 

—Qo'chqorlar  jangi”  mavzusida  haykal  ishlash

1

 kabilarni  misol  qilib  keltirish 



mumkin bo'ladi. 

5-sinf uchun —Tasviriy san'at” darsligida —Tasviriy san'atda animalistik janr. 

Suhbat  va  amaliy  ish”  (13-dars),  —Men  sevgan  hayvon”  mavzusida  rasm  ishlash 

mavzulari berilgan. 

Boshlang'ich  sinflarda  qush  va  hayvonlarni  alohida-alohida  tasvirini  ishlab 

yurgan  o'quvchiga  ushbu  mavzularda  ishlash  birmuncha  murakkablik  qiladi. 

SHuning  uchun  ham  o'qituvchi  o'quvchilarga  ushbu  mavzularga  oid  ko'rgazmali 

qurollardan,  sinf  doskasidan  foydalanib  o'rgatishi  talab  qilinadi.  Jumladan,  oldingi 

sinf  o'quvchilari  ishlaridan,  rassom  asarlaridan  namunalar  ko'rsatishi kerak  bo'ladi. 

Bundan tashqari o'qituvchini o'zi sinf doskasida ishlab, amalda ko'rsatishi va ushbu 

mavzular  asosida  ko'rgazmali  qurollar,  tarqatma  materiallar  ishlab  o'quvchilarga 

ko'rsatishi  lozim.  O'quvchilar  amaliy  ish  boshlaganlarida  esa  har  bir  o'  quvchiga 

yakka  tartibda  kerakli  tavsiyalar  berib  borishi  zarur.  Qush  va  hayvonlar  rasmini 

ma'lum  mavzu  asosida  ishlash  har  bir  o'quvchidan  kerakli  bilim  va  malakaga  ega 

bo'lishni  talab  etiladi.  Buning  uchun  o'qituvchi  o'quvchilarga  qush  va  hayvonlar 

haqidagi  ma'lumotlarni  gapirib,  zoologiya  darsida  olgan  bilimlarini  yodga  solishi 

talab qilinadi. 

                                             

 



 

Mavzu asosida rasm ishlashdan oldin har bir qush va hayvonlar turmush tarzi 

haqida o'quvchilarga tushuncha beriladi. Jumladan, qushlar va hayvonlar tabiatning 

turli  xil  shart-sharoitlariga  moslashgan  bo'lib,  ularning  yasash  joylari  bir-biridan 

tubdan farq qiladi va ularning har birini o'ziga xos jihatlari bo'lib, ular biri-biridan shu 

jihatlari  bilan  ham  alohida  ajrab  turadi.  Masalan,  o'rdak  vaqtining  ko'proq  qismini 

suvda  suzish  bilan  o'tkazadi.  Uning  gavdasi  boshiga  nisbatan  katta,  oyog'i  pardali, 

bular  unga  suvda  suzishiga  yordam  beradi.  Burgutning  esa  tumshug'i  qayrilgan, 

changali kuchli, tirnog'i o'tkir va qanoti keng bo'lib, doimiy ravishda ko'kda parvoz 

qilib  o'tkir  nigohi  bilan  pastdagi  o'ljasini  izlashini  aytib  o'tish  lozim.  Ko'k  qarg'a, 

chittak, jiblajibon, qaldirg'och kabi qushlar ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, 

ular  bir-biridan  nimasi  bilan  farq  qilishini  o'quvchilardan  so'rab,  ularni  zoologiya 

fanidan  olgan  bilimlarini,  kundalik  turmushda  ko'rganlarini  yodga  solish  va 

muammoli ta'lim metodidan ham foydalanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. 

Qushlarning  rasmini  chizishni  o'rganishda,  avvalo,  boshlang'ich  sinflarda 

tulumiga  qarab  turli  tomondan  tasvirlashni  mashq  qilish  maqsadga  muvofiq 

ekanligiga to'xtalib o'tganmiz. Yuqori sinflarda ham ushbu uslubdan  foydalaniladi. 

Buning  uchun  ularni  sinchiklab  kuzatish  lozim.  Keyin  tulumlarini  tez  chizishni 

mashq qilish orqali jonli hayvon va qushlar rasmi tasvirlashga o'tiladi. 

Tirik qushlarning tasvirini ishlash juda qiyin. Chunki, ular tinimsiz harakatda 

bo'ladilar.  Birorta  qush  rasmini  ishlashdan  oldin  uning  boshiga  nisbatan  gavdasi, 

tumshug'i,  dumining  tuzilishini  aniqlab  olish  kerak.  Qushlarning  tuzilishini 

geometrik  jismlarga  taqqoslasak,  tumshug'i  konussimon,  boshi  sharga  o'xshashini 

payqaymiz. Gavdasi esa tuxum shakliga o'xshab ketadi. Ana shu shakllarga o'xshatib 

qushning  boshi,  bo'yi,  tumshug'i,  gavdasini  chizish  kerak.  Albatta,  har  qaysi 

bo'lakning o'ziga xos tomonlarini hisobga olib, bir-biriga uzviy bog'lash lozim, aks 

holda qush boshqa bir qushga o'xshab qoladi. 

Qush  (turna)  rasmini  chizish  uchun  u  avval  sinchiklab  kuzatadi,  turnaning 

gavdasiga nisbatan oyog'i, bo'yni anchagina uzun, tumshug'i ham uzun va uchlidir. 

Qog'ozga turnaning gavdasi o'rtasidan yo'nalishi bo'yicha qiya chiziq tortib, ana shu 

chiziqqa uzunchoq tuxum shaklidagi gavdasi belgilanadi. Keyin bo'yini belgilovchi 



 

chiziq,  oyoqlarning  yo'nalishini  ko'rsatuvchi  chiziq,  so'ng  dumining  uzunligi 

belgilanadi. Chizish jarayonida qushning tumshug'i, boshi, oyog'i, qanoti, dumining 

o'lchamlari  qayta-qayta  solishtirilib  aniqlanadi.  Ish  yorug'  va  soyalarni  asta-sekin 

tasvirlash bilan nihoyasiga etkaziladi. 

Hayvonlar  rasmini  chizishda  ham  qushlar  rasmini  chizishdagi  tartibga  rioya 

qilinadi. Ularning tasvirini chizish qushlarni chizishga qaraganda birmuncha qiyin. 

CHunki, hayvonlarning tana va suyak tuzilishi murakkabdir. Suyaklarning tuzilishini 

o'rganish  ham  tasvirni  togri  chizishga  yordam  beradi.  Tirik  hayvon  va  qushlar 

tasvirini tugal ravishda ishlash qiyin. SHuning uchun bunday hayvon va qushlarning 

asosan xomaki tasviri chiziladi. 

Hayvonot  olamini  tasvirlash  ham  qiziqarli,  ham  mushkul.  Doimo  harakatda 

bo'lgan yirik hayvonlar, mittigina parrandalarning holatini kuzatib o'rganish va ularni 

tasvirlash  o'quvchilarga  keyingi  ijodiy  ish  jarayonida  g'oyatda  zarur.  Bu,  o'z 

navbatida, o'quvchilarning harakat, nisbat, ranglarning o'zaro bog'liqligi kabi tasviriy 

san'atda  muhim  bo'lgan  qonun-qoidalarni  o'zlashtirib  olishlarida  katta  ahamiyatga 

ega. 

O'qituvchi  bu  bilimlarni  o'quvchilarga  dars  jarayonida  tushintirib,  amalda 



chizib ko'rsatganidan tashqari ularni mustaqil ishlashlari uchun uyga vazifa berishi 

lozim. U quyidagicha amaliy ish topshiriq bo'lishi mumkin: 

Qalamda  va  akvarelda  kabutar,  qaldirg'och,  tovuq,  mayna,  zag'izg'on, 

chumchuq va shu kabi qushlarning xomaki rasmlarini ishlash. 

Er  yuzidagi  qushlar  olami,  hayvonot  dunyosi  borliqqa  o'ziga  xos  go'zallik 

beradi. Qushlarni tashqi ko'rinishi, shakli, patlari, tumshuqlari, oyog'lari, ranglarining 

turli-  tumanligi  kishi  diqqatini  benihoya  o'ziga  tortadi.  Ularsiz  ona  zamin  o'zining 

go'zalligini yo'qotadi. erta tongda yoxud kun botishi oldidan ularni bir-biridan o'tib. 

Sayrashi olamga o'zgacha tarovat bag'sh etadi. 

O'quvchi ona tabiatga mehr bilan boqar ekan, undagi o't-o'lanlar, daraxtlar bilan 

birga uzoq-uzoqlarda o'tlab yurgan sigir, buzok, qo'y-qo'zilar, telefon simlarida tizilib 

o'tirgan  qaldirg'ochlar,  samoviy  ko'kda aylanayotgan  qarchig'ay- yu,  laylaklar yoki 

daraxt shoxida og'zini katta ochib qag'illayotgan olahakkalarni ko'rish qanchalik xush 



 

yoqsa, ularni rasmini chizish ham shunchalik zavqli bo'ladi. Ularni rasmini chizish 

uchun anchagina qobiliyat, iste'dod, mashqlar va amaliy tajribalar zarur bo'ladi. 

O'quvchilarga qush va hayvonlar tasvirini ishlatishdan ko'zlangan maqsad ham 

ona  tabiat  go'zalligini  ular  ongiga  singdirishdan  iborat  bo'ladi.  Qolaversa,  ularga 

bo'lgan e'tibori, mehri ortadi. Darhaqiqat, bu yoshdagi o' quvchilarda uy hayvonlari 

va parandalariga bo'lgan e'tibori ortgan palla bo'ladi. Ularga bo'lgan e'tibori chizgan 

rasmlarida ham namoyon bo'ladi. 

Yuqoridagilar asosida etarli bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lgan o'quvchi 

endilikda  —Men  sevgan  hayvon”  mavzusida  rasm  ishlashda  duch  kelishi  mumkin 

bo'lgan qiyinchiliklarni engib o'tishi oson bo'ladi.



 


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin