Мавзу: Бадиий асар тахлили ва унга қўйилган талаблар


  Boshlang'ich sinflarda qush va hayvonlarni tasvirini ishlash



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix12.04.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#55232
1   2   3   4   5   6   7   8
Dadajonova Zulayxo

2.  Boshlang'ich sinflarda qush va hayvonlarni tasvirini ishlash. 

Boshlang'ich sinf o'quvchilari tasviriy san'at darslarida san'at olamiga kirib 

kelar ekan, ular avvalo borliqni, Ona tabiatni xis qilishni o' rganadilar. Bu yoshdagi 

bolalarning  tassavur  va  hayolot  olami  juda  ham  o'ziga  xos  bo'ladi.  Ular  kattalar 

singari  turli  bahonalarni  o'ylab  topmaydilar,  aksincha  har  bir  topshiriqqa  chin 

ko'ngildan  yondoshadilar.  Ularga  to'g'ri  tushuntirish  va  amalda  ko'rsatib  berish 

lozim  bo'ladi.  Ular  o'zbek  xalq  ertaklari,  xalq  og'zaki  ijodi  qahramonlarining 

obrazlarini  rassom  asarlari,  kitob  illyustratsiyalari  orqali  tanishib  chiqqanlaridan 

keyin o'zlarining ham tassavvuridagi hosil bo'lgan siymolarni qog'ozga tushirishga 

harakat qiladilar. 

Odatda  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  laylak,  turna,  o'rdak,  qaldirg'och, 

kabutar  kabi  qushlar  bilan  bir  qatorda  ot,  eshak,  sigir,  it,  mushuk  kabi  uy 

hayvonlarini  hamda  tulki,  bogri,  chiya  bo'ri,  sher,  yo'lbars  singari  yovvoyi 

hayvonlar  tasvirini  ertak  qahramonlari  siymosida,  ya'ni  —yaxshi”  va  —yomon” 

deb  tasavvur  qiladilar  va  tasvirlaydilar.  Chunki,  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari 

maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  asosan  ertak  eshitib  katta  bo'lish  bilan 

birgalikda  ertak  qahramonlari  tasvirini  ham  ishlash  bilan  birgalikda  plastilin 

yordamida yasaydi. 

Qolaversa,  boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  alifboni  o'rganish  jarayonida  ham 

har  bir  harfni  ma'lum  bir  hayvon  ko'rinishida  eslab  qoladilar.  Jumladan,  —b" 

harfini —bo'ri", —y" harfini —yo'lbars", —t" harfini tulki kabilarni bunga misol 

qilib  keltirish  mumkin  bo'ladi.  Bu  esa  o'z  navbatida  o'quvchilarning  tasavvur 

olamini boyishiga olib keladi. 

Natura  asosida  ishlash  tasviriy  san'atning  asosi  bo'lganligi  bois  o'quvchilar 

qush va hayvonlar tasvirini ham natura asosida ishlashlari kerak bo'ladi. 



 

 

 



Qushni tasvirlash usuli. 

Qush va hayvonlar rasmini jonli naturadan chizishga o'tishdan oldin ularning 

qotirmasi  (tulum)da  mashq  qilish  kerak.  Chunki,  doimiy  harakatda  yuradigan 

hayvonlar va samoda parvoz qilib yuradigan qushlar tasvirini ishlash boshlang'ich 

sinf o'quvchilari uchun ancha murakkablik qiladi. Qimirlamay turadigan qush va 

hayvonlar  tulumi  esa  bolalar  uchun  ancha  qiziqarli  hisoblanadi.  Bunday 

mashg'ulotlar  o'quvchilarni  hayvonot  olamining  xarakterli  shakllari  bilan 

tanishtiradi, yaxlit ko'ra olish qobiliyatini o'stiradi.




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

Chumchuqni tasvirlash bosqichi 




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

Turli qushlarning tuzilishi. 




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



ئرب

 

1



Л

 

آنهحينت



 

ب

٠



 

د,

 



م

م

 



ربك مي

 

Yovvoyi qushlarni chizish usuli. 




 

Modelning  umumiy  shaklini,  unga  taalluqli  xarakterlarni  tez  ilg'ab  olishga 

harakat qilish kerak. Ishni boshlashdan oldin tasvirlanuvchi hayvon yoki qush skeleti 

tuzilish xususiyatlari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo'lib, bu keyingi ishni ongli 

ravishda bajarish, hamma vaqt tashqi qatlam ostidagi skelet suyaklarini his etishga 

imkon  yaratadi.  Qo'llanmada  qush  va  hayvonlarning  bir  qator  skelet  asoslari, 

rassomlar, talabalar tomonidan bajarilgan ishlardan namunalar keltirilgan. 

O'qituvchi  -  rassom  uchun  muhim  bo'lgan  sinf  doskasida  rasm  ishlash 

ko'nikmasini hosil qilish uchun qush va hayvonlar qotirmasi yuzasini bo'yashda tus 

munosabatlarini  va  modelni  yoritish  sharoitlarini  hisobga  olmay,  xomaki  rasmlar 

bajarilishi tavsiya qilinadi. 

 

 



Qushlarni turli holatdagi tasvirini ishlash. 

Hayvon  yoki  qush  shakli  togrisida  to'liq  tasavvurga  ega  bo'lish  uchun  turli 

burilishlarda qo'yilgan qotirmalarning o'ziga qarab, so'ng xotira va tasavvur asosida 



 

xomaki  rasmlar  bajarish  kerak.  Hayvon  va  qushlar  qotirmasi  asosida  tasvirlar 

bajarishda ma'lum tajribaga ega bo'lib, keyin jonli naturadan rasmlar bajarishga o'tish 

mumkin. Hayvon va qushlarni turli holatlarda diqqat bilan kuzatish ularning gavdasi, 

harakatlari  aniqligi  tufayli  tomoshabinda  kuchli  taassurot  qoldiradi.  Mahorat  bilan 

bajarilgan  ishlarni  ko'rganda  chizuvchi  rassomlarning  natura  ustida  ishlash  hamda 

ko'ruv  xotirasi  kuchi  boyligiga  guvoh  bo'lamiz.  Ularning  tasvirlanayotgan  qush  va 

hayvonlarga  xos  xarakterli  xususiyatlarni  va  plastikani  chuqur  bilishlari  ko'rinib 

turadi. 

Rassom  qush  va  hayvonlarni  chizishda  o'z  oldiga  dastlab  umumiy  shakllarni 

aniqlashni,  keyinchalik  esa  shaklning  xarakterli  chiziqlarini  aniqlashtirib  ifodalash 

vazifasini  qo'yish  kerak.  Qush  va  hayvonlar  muntazam  harakatda  bo'  lganligi  bois 

xomaki  rasmlar  bir  necha  variantda  ularning  o'ziga  qarab  chiziladi.  Keyin 

muvaffaqiyatli chiqqan ish keyingi ijodiy faoliyat uchun qabul qilinadi. 

Mashhur animalist rassom V.A.Vatagin o'zining —Hayvonlar tasviri” kitobida 

qush va hayvonlar xomaki rasmini ishlashda quyidagi usulni qo'llashni taklif qiladi: 

—Siz,  masalan,  o'tirgan  quyonni  chizyapsiz,  u  holatini  o'zgartiradi,  siz  uni  chizib 

olishga  ulgurmadingiz.  Rasmni  tugatmay  qoldiring  va  darhol  quyon  qabul  qilgan 

ikkinchi holatni chiza boshlang, so'ng uchinchisini va h.z. Sizda bir hayvonning turli 

holatlardagi va turli darajadagi bir guruh rasmlari zaxirasi hosil bo'ladi. Hayvonlar 

hayvonot  bog'i  sharoitida  chegaralangan  harakatlarga  ega  bo'lib,  ko'pincha  bir  xil 

holatlarni takrorlashadi. Chizuvchi tugatilmagan holatlarga qaytib, ularni nihoyasiga 

yetkazish imkoniga ega". 

Sokin  holatdagi  hayvonlarning  xomaki  rasmini  ishlashda  shaklni  aniqlovchi 

asosiy yorug' - soya munosabatlarini ifodalash mumkin. 

O'quv  topshiriqlarida  qush  va  hayvonlarning  qoralamalarini  bajarish  ko'zda 

tutilgan.  Vazifani  bajarishdan  ko'zlangan  asosiy  maqsad  qushlar  va  hayvonlarning 

umumiy ko'rinishi va ularning asosiy xarakterli holati, harakatlarini tasvirlashdir.




 

 

 



Hayvonlarning harakatlari odam harakatlari singari turli-tumandir. Lekin qush 

va  hayvonlarni  naturachi  kabi  ma'lum  bir  holatda  turishga  majbur  qilib  bo'lmaydi. 

Shu  sababli  rassom  -  pedagogning  qush  va  hayvonlar  anatomiyasini  yaxshi  bilishi 

naturaning umumiy holatini tez ilg'ab olishga yordam beradi. Qush va hayvonlarning 

١

ي

٦



قيزمع ل

 



 

xomaki rasmini bajarish talabalarda ko'pgina foydali malakalarni, jumladan naturani 

kuzatgan  holda  grafik  vositalar  yordamida  tez  va  malakali  rasm  chizishni 

shakllantiradi. 

Biror  qushni  chizishdan  oldin  o'qituvchi  o'quvchilarga  uni  kuzatishni  tasviya 

qiladi va uni gavda tuzilishi, bosh qismi nisbati qanday ekanligini, tumshug'i qaysi 

shaklda, u qanday harakatlanadi, uchadi?-kabi savollar bilan murojaat qiladi. 

Qushlar tez harakatlanuvchi bo'lganligi sababli ularning tulumidan foydalanish 

mumkin.  Masalan,  qarg'a  qanday  chiziladi?  Biz  quyida  uni  chizish  bosqichlarini 

keltiramiz. 

Qarg'aning  bosh  qismi  katta,  gavdaga  birlashib  ketgan,  o'rtacha  kattalikda 

tumshuq,  uzun  dum  va  qanotlardan  tashkil  topgan.  U  o'zi  qo'ngan  butaga  oyog'ini 

qattiq  bosib,  panjalari  bilan  qisib  turibdi.  Bosh  qismi  xuddi  allaqanday  ovozni 

eshitayotgandek  diqqat  bilan  burilgan.  Bosh  qismi  cho'ziq  sharsimon,  qorin  qismi 

tuxum shaklida. 

Yuqoridagilarga asoslanib, bosh shakli va gavdani o'zaro nisbatlarini saqlagan 

holda  belgilab  olamiz.  Bosh,  gavda,  dum  holatlariga  qarab,  taxminiy  o'q  chizig'ini 

o'tkazamiz. Tumshuq o'rtasidan chiziqni, dum uzunligini va uning gavdaga nisbatan 

o'lchamini belgilab olamiz. 

Nisbatlar togriligini yana bir bor tekshirib, belgilangan shakllarni aniq chizamiz. 

Ko'krak  qafasi,  qanotlarni  chizib  olamiz.  Oyoqlar  shaklini  aniqlaymiz.  Panjalar 

to'rtta: uchtasi oldinda, biri orqaga qayrilgan. Har bir panjada uzun tirnoq. Shundan 

so'ng tumshuq, ko'z rasmini chizamiz. Chiziq, shtrixlar vositasida xarakterli joylarni 

beramiz. 

Eng asosiysi esa boshlang'ich sinflarda mutaxasis bo'lmagan o'qituvchi tasviriy 

san'at  darsini  o'qitadi.  Ya'ni,  boshlang'ich  sinf  o'qituvchisini  o'zi  tasviriy  san'at 

mashg'ulotlarini olib boradi. Hozirda boshlang'ich ta'lim yo'nalishida tasviriy san'at 

metodikasi  o'qitlmaydiku,  u  qanday  qilib  bu  fandan  mashg'ulot  olib  boradi? 

Mutaxasis  bo'lmagan  boshlang'ich  sinf  o'qituvchisi  yuqorida  aytilgan  tasvirlash 

uslublarini  o'zi egallamay  turib  o'quvchilarga  qanday  qilib  o'rgatadi?  -  degan haqli 

savolga olib keladi. Halqimizda —chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin!”-degan naql 



 

bejiz  aytilmaganligini  ta'lim  tizimiga  mas'ul  kishilar  unutgan  bo'lsa!  Bizningcha 

boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at darslarini mutaxasis o'qituvchi o'tishi maqsadga 

muvofiq  bo'ladi.  SHundagina  o'  quvchi-yoshlarni  tasviriy  san'atga  bo'lgan 

qiziqishlarini oshirish mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin