�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
2.10. BANKNING UZOQ VA QISQA MUDDATLI KREDITLARINING HISOBGA OLINISHI O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga
kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risidagi» Qonun asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq
amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, o‘z kapital va mustaqil balansiga, yuridik
shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga,
ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shartnoma asosida qisqa
muddatli kredit beradi. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan
bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi. Ilgari berilgan ssudalar
esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit
resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy nobarqarorlik, xo‘jasizlik va
zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va