Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


-rasm.  Mikroorganizmlarni  ko„paytirish  uchun  zarur  bo„lgan



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
fayl 2050 20211104

9-rasm.  Mikroorganizmlarni  ko„paytirish  uchun  zarur  bo„lgan 

idishlar:1-2  -kachalka  kolbasi;  3-  tagi  yassi  kolba;  4-Patri  chashkasi;  5- 

probirka; 6-matras. 

 

 



Mikroorganizmlarni  sterillangan  ozuqa  muhitiga  o‗tkazish  ekish  yoki 

inokulyatsiya 

deyiladi. 

Mikroorganimzlarni 

ekish 


vaqtida 

boshqa 


mikroorganizmlar  tushib  qolishdan  saqlash  uchun  belgilangan  qoidalarga  amal 

qilishni  talab  etadi.  Ekish  oldidan  probirkaga  (kolba  yoki  Petri  chashkasiga) 




 

 

15 



 

mikroorganizm nomi va ekish vaqtini yaxshilab yozish zarur.  

 

Ekish  uchun  olinadigan  mikroorganizm  hujayralari  bakteriologik  ilmoq 



yoki  igna  bilan  olinadi  (10-rasm),  agar  mikroorganizm  qattiq  ozuqa  muhitida 

o‗stirilgan bo‗lsa. Agar  mikroorganizm suyuq ozuqa muhitida o‗stirilgan bo‗lsa, 

uni  ilmoq  bilan  emas  balki  sterillangan  pipetka  yordamida  ekish  qulay 

hisoblanadi.  Bakteriologik  ilmoq  va  ignani  yupqa  volfram  yoki  nixromdan 

yasaladi va metal yoki shisha dastakka mahkamlanadi. Bakteriologik ilmoq uchki 

ilmog‘ining diametri 4-5 mm bo‗ladi. 

Bakteriologik  ilmoq  (igna)  yordamida  mikroorganizm  hujayrasini  olish 

uchun,  uni  sterillash  zarur.  Buning  uchun  ilmoq  olovda  laqqa  cho‗g‘  rangiga 

kirguncha  qizdiriladi  va  ilmoq  dastagining  yarmigacha  olovda  qizdirib  olinadi, 

chunki u mikroorgaznizm ekilgan idishga kiritiladi. Ilmoqni gaz gorelkasi olovida 

deyarli vertikal holatda ushlab turishni talab etadi. Shuni esda saqlash zarurki, gaz 

garelkasi  alangasining  eng  yuqori  harorati  uning  uchki  va  markazdan  chetki 

qismida  shakllanadi  (11-rasm),  shuning  uchun  ilmoqni  to‗liq  gaz  gorelkasiga 

tushirish tavsiya etilmaydi. 

 

 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin