Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Avtoklavda  ishlashga  maxsus  tayyorlangan  kishilargagina  ruxsat



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
fayl 2050 20211104

Avtoklavda  ishlashga  maxsus  tayyorlangan  kishilargagina  ruxsat 

beriladi!  

Ozuqa muhitini sterillashga tayyorlash. 3-5 % li suyuqlikni avtoklavlashda 

bug‘lanishni  hisobga  olgan  holda,  ozuqa  muhitga  taxminan  5%  distillangan  suv 

solish tavsiya etiladi. Shunda sterillanishdan so‗ng, ozuqa suyuqligi talab qilingan 

kontsentratsiyada bo‗ladi. Odatda ozuqa muhitlari probirkalar, kolbalar va boshqa 

shisha idishlarda sterillanadi. Ozuqa muhiti bu idishlarga uning tiqini ho‗l bo‗lib 

qolmasligi  uchun  yarmigacha  solinadi.  Ozuqa  muhitlari  solingan  idishlar 

paxtadan tayyorlangan probkalar va uning istidan qog‘oz qopqoq bilan yopiladi. 

Shisha,  rezina  boshqa  materiallardan  tayyorlangan  probkalar  ikki  qavat  o‗rama 

qog‘oz bilan o‗raladi va og‘zi yopiq idishga solingan holatda sterillanadi.  

Avtoklavlash  rejimini  tanlash.  Mikrobiologiya  amaliyotida  avtoklavlash 

111-138°С  da,  0,5  dan  2,5  аtm  bosimgacha  amalga  oshiriladi.  111°С  dan  past 

harorat ishonarli hisoblanamaydi; 138 °С yuqori harorat avtoklavni boshqarishda 

xavfli  hisoblanadi,  chunki  bug‘ning  bosimi  qancha  yuqori  bo‗lsa,  uning  harorati 

ham  shuncha  oshib  boradi.  Mikrobiologiya  amaliyotida  0,5  va  1  аtm.  bosimida 

sterillanadi. 




 

 

18 



 

Ozuqa 


muhitni 

avtoklavlash 

vaqti 

va 


haroratining 

tarkibidagi 

komponentlarning  termostabilligi  yoki  termolabilligiga  qarab  belgilanadi.  Sut 

yoki jelatina kabi tarkibida qand, vitaminlar tutuvchi tez buziluvchi (pivo suslosi, 

sharbatlar,  achitqi  avtolizati)  substratlar  0,5  аtmda  15-30  daqiqa  davomida 

sterillanadi.  Go‗shtli  peptonli  ozuqa  muhitlar  1,0  аtmda  20  daqiqa  davomida 

sterillanadi.  Turli  poroshoklar  (mas.,  talk),  ba‘zi  suyuqliklarni  (glitserin,  vazelin 

yog‘i)  avtoklavda  sterillash  bir  qadar  murakkablik  tug‘diradi,  shuning  uchun 

ularni quritish shkaflarda 160°С da 2 soat yoki 1 soat 170 °С da sterillashni talab 

etiladi.  Bunday  holatda  idishdagi  yog‘  yoki  parashok  qalinligi  1,5  smdan 

oshmasligi  lozim.  Avtoklavlashdan  so‗ng  ozuqa  muhitlarning  sterilligini 

tekshirish  maqsadida  30°С  da  2-3  sutka  davomida  termostatga  qo‗yiladi.  Agar 

ozuqa muhitida mikroorganizmning o‗sishi kuzatilsa, uni qaytadan tayyorlanadi.  


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin