BIRINCHI QISM
1. MIKROORGANIZMLARNING UMUMIY TAVSIFI
Mikroorganizmlar juda mayda mavjudodlar bo`lib, ularni oddiy ko`z
bilan ko`rib bo`lmaydi. Ular bir-biridan morfologik, fiziologik va biokimyoviy
xususiyatlari
bilan
farqlanadi.
Hujayraviy
tuzilishga
ko`ra
barcha
mikroorganizmlar prokariotlarga va eukariotlarga ajratiladi. Prokariotlarning
yadro apparati "nukleoid" deb nomlanib, ko`pincha, u bitta xromosoma tutadi,
halqasimon bo`lgan DNK molekulasidan iborat. Eukariotlarda yadro bir qator
xromosomalar tutadi va sitoplazmadan membrana bilan ajratilgan bo`ladi.
Eukariot va prokariotlarning yadro apparatining tuzilishidagi farqi ularning
boshqa xususiyatlari bilan bog`liq.
1.1. Prokariotlar
Prokariotlar orasida bakteriyalar (yoki eubakteriyalar) va arxeylar
(arxebakteriyalar) ajratiladi. Aksariyat prokariotlar eubakteriyalarning turli
guruhlaridir. Prokariotlar, asosan, bir hujayrali organizmlar bo`lib, ularning
o`rtacha o`lchami 0,2- 10,0 mkm. Bakteriyalarning shakli turli o`lchamdagi
tayoqchalar, sharsimon hujayralar (kokklar) hamda buralgan shakllar - vibrion,
spirilla va spiroxetalardan iborat. Bundan tashqari, uchburchak, kvadrat va
o`simtali shaklga ega bo‘lgan hujayralar ham topilgan. Hujayralar to`plami
ba'zida bakteriyalarning sistematik o`rnini aniqlashda yordam beradi. Ular yakka-
yakka, juft, qisqa va uzun zanjir shaklida (streptokokklar), tartibsiz shaklda
(stafilokokklar), paket holatida (sartsinalar), to`rsimon va rozetkasimon bo`lishlari
mumkin. Aktinomitsetlar guruhidagi ko`pchilik bakteriyalar mitseliy hosil qiladi.
Trixom hosil qiluvchi ko`p hujayrali prokariotlar ham topilgan.
1.1.1. Prokariotlarning tuzilishi
Ko`pchilik prokariotlar rigid hujayra devoriga va uning ostida joylashgan
sitoplazmatik membranaga ega. Hujayra devorining tuzilishi va tarkibi muhim
taksonomik belgi bo`lib, uning asosida prokariotlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
grammusbat, grammanfiy, hujayra devoriga ega bo`lmagan bakteriyalar va
arxeylar. Grammusbat bakteriyalar tarkibida grammanfiylarga nisbatan hujayra
devoridagi murein (peptidoglikan) miqdori ancha ko`p bo`lib, tashqi membrana
ham bo`lmaydi. Arxebakteriyalar murein o`rnida, asosan, psevdomurein tutadi.
Aksariyat bakteriyalar yuzasida fimbriyalar yoki pililar, harakatchan
bakteriyalarda esa xifchinlar bo`ladi. Ko`pchilik bakteriyalar yuzasida turli
qalinlikdagi kapsulalar bo`ladi. Ular asosan, polisaxarid, glikoproteid va
polipeptidlardan tuzilgan.
Prokariotlarning ichki hujayraviy tuzilishi oddiy. Ko`pchilik bakteriyalar
kiritmalar tutadi. Ular orasida sitoplazmatik membrana hosilalari ajratiladi;
fototroflarda xromatofor va tilakoidlar, nitrifikator va metan oksidlovchi
bakteriyalarning ichki membranalari bor. Ba'zi bakteriyalar gaz vakuolalariga
6
(aerosomalar) ega. Aksariyat bakteriyalar hujayralarida zahira moddalar bo`ladi.
Ba'zi spora hosil qiluvchi turlar oqsil tarkibidagi parasporal tanachalarga ega.
1.1.2. Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi
Ko`pchilik bakteriyalar ikkiga bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish yo`li bilan
ko`payadiganlari ham bor. Aktinomitsetlar esa sporalar yoki mitseliy bo`laklari
bilan ko`paydi. Bir qator sianobakteriyalar ko`p qismlarga bo`linib ko`payadi.
Ko`p hujayrali prokariotlar trixomdan bir qancha hujayra ajrashi yo`li bilan
ko`payadi.
1.2. Eukariotlar
Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarga mikro va makroorganizmlar
kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo‘tlari
va sodda hayvonlar kiradi.
1.2.1. Zamburug`lar
Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan geterotrof mikroorganizmlar bo`lib,
ularning aksariyati saprofitlar. Lekin parazitik turlari ham uchraydi. Ko`pchilik
zamburug`larning asosiy xususiyati - mitseliyning hosil bo`lishi. Mikroskopik
zamburug`larning
3
guruhi
mavjud:
zigomitsetlar,
askomitsetlar
va
deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar
askomitsetlarga kiritiladi. Achitqilar harakatsiz yakka-yakka hujayralar bo`lib,
asosan, kurtaklanib ko`payadi. Mikrobiologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan
achitqilar - Saccharomyces avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan, S. cerevisiae.
1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun
optimal harorat 25-40°C tashkil etadi. Okeanlar tubida, tundrada psixrofil
mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-15°C tashkil etadi.
Ekstremal termofillar 70-110°C da yashay oladi.
Osmotik
bosim
mikroorganizmlarning
o`sishiga
ta'sir
etuvchi
omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl konsentratsiyasiga ham chiday
olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland
konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal
atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi,
lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH muhitlarida yashaydi.
Ular neytrofillar deb nomlanadi. Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va
anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay oladigan
mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi. Anaerob mikroorganizmlar
fakultativ, aerotolerant va chin anaeroblarga ajratiladi.
7
1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi
Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik jarayonlar
ko`p qirraliligi bilan ajralib turadi. Konstruktiv modda almashinuvida
foydalaniladigan uglerod birikmalariga ko`ra mikroorganizmlar avtotrof va
getgerotroflarga ajratiladi. Geterotroflarning asosiy qismini saprofitlar tashkil
qiladi.
Azot
birikmalarining
o`zlashtirilishida
mikroorganizmlarning
imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlar orasida molekular azotni
o`zlashtiruvchilar, tayyor aminokislotalarga muhtoj bo`lganlar va azotni
anorganik birikmalardan o`zlashtiruvchilari bor. Fosfor, oltingugurt kabi
elementlarni mikroorganizmlar fosfat, sulfat va qaytarilgan oltingugurt
birikmalaridan oladi. Mikroorganizmlar amalga oshiradigan energetik jarayonlar
orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas olishlar ajratiladi.
1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim
omillardan
biri
mikroorganizmlar
yig`indisidir.
Ma'lum
sharoitlarda
mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida
ular orasida turli tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm,
parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol
ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni o`zlashtirib, CO va CO
2
ni yutib, metan
hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. Molekular
azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga
oshiradi. Ular tabiatdagi azot aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt
birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt
aylanishini amalga oshiradi. Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga
organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar,
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi. Bakteriya va
zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton,
butanol, sirka, limon kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar
olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |