O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


SOCHLARNI PARVARISH QILISH



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

SOCHLARNI PARVARISH QILISH 
 
Bosh  yuvilgandan  so‘ng  bir  necha  kun  o‘tgach,  sochlarda 
ko‘p  miqdorda  yog‘,  chang  va  kir  yig‘iladi.  Shuning  uchun 
bemorlar 7 – 10 kunda bir marta boshini sovunlab yoki sham-
pun  bilan  yuvishi  zarur.  O‘rinda  uzoq  yotadigan  va  gigiyenik 
tartibga rioya qilmaydigan bemorlar sochini qarab turishi kerak. 
Sochi  uzun  ayollar  sochini  mayda  tishli  taroqda  har  kuni 
tarashlari,  har  bir  bemor  o‘zining  shaxsiy  tarog‘idan  foydala-
nishi  lozim.  Kalta  sochlarini  ildizidan  uchiga  tomon  tarash 
kerak.  Uzun  sochlar esa uzunasiga  bo‘lib  taraladi va  asta-sekin 
uchidan  ildizi  tomon,  yulib  olmaslikka  harakat  qilib  taraladi. 
Uksus  eritmasiga botirib  olingan  mayda  tishli  taroq  qazg‘oq  va 
kirni  ham  yaxshi  tozalaydi.  Boshni  toza  yuvish  uchun  har  xil 
shampunlar va bolalar sovunidan foydalaniladi. Agar bemorning 
ahvoli  yaxshi  bo‘lsa,  uning boshi  gigiyenik  vanna  paytida  yuvi-
ladi. Turolmaydigan bemorlar boshi yotgan joyida yuvib qo‘yila-
di.  Bunda  tog‘oracha  krovatning  bosh  tomoniga  qo‘yiladi.  Be-
mor boshini bo‘yni sathidan orqaga tashlaydi va taglik qo‘yiladi. 
Sovun  surtish  vaqtida  sochlar  tagidagi  terini  ishqalash  lozim. 
So‘ngra sochlar yaxshilab chayiladi, quriguncha artiladi va tarab 
qo‘yiladi.  Bosh  yuvilgandan  keyin  tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemor 
shamollab  qolmasligi  uchun,  uning  boshiga  sochiq  yoki  durra-
chani o‘rab qo‘yadi.  
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin