O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Puls urishining me’yorlari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Puls urishining me’yorlari 
 
№ 
Yoshi 
Puls farqi 
O‘rtacha 

1 yoshgacha 
100-160 
140 

1-2 yosh 
90-150 
110 

2-6 yosh 
70-130 
105 

6-14 yosh 
60-110 
90 

14 yosh va 
kattalarda 
60-110 
75 
 
NAFAS OLISHNI SANASH 
 
Nafas  a’zolari  organizmni  kislorod  bilan  ta’minlash  va 
karbonat angidrid gazini chiqarish uchun xizmat qiladi. Sog‘lom 
odamda  nafas  harakatlari  soni  bir  minutda  16  dan  20  gacha 
o‘zgarib turadi, bu yoshga, jinsga, tana vazniga bog‘liq. Yotgan 
bemorlarda nafas harakatlari bir minutda 14 – 16 gacha bo‘ladi, 
tik turgan holda 18 – 20 gacha. Tana harakatining ko‘tarilishi, 
nerv qo‘zg‘alishi, jismoniy harakatlar nafas tezligini oshiradi.  
Bemorning nafas olishini unga sezdirmay sanash lozim. Shu 
maqsadda  go‘yo  bemorning  pulsini  aniqlamoqchi  bo‘lib,  qo‘li 
ushlanadi,  ikkinchi  qo‘li  esa  ko‘krak  qafasiga  qo‘yiladi  va  1 
minutdagi harakatlar soni sanaladi.  
Nafasning ko‘krak, qorin va aralash tiplari bo‘ladi. Ko‘krak 
tipidagi  nafas  olish  harakatlari  qovurg‘alararo  mushaklarning 
qisqarishi natijasida yuzaga keladi: nafas olganda ko‘krak qafasi 
kengayib bir oz ko‘tariladi, nafas chiqarganda esa torayib, bir oz 
tushadi. Bu tipidagi nafas olish aksari ayollarda uchraydi. Qorin 
tipidagi  nafas  olish  harakatlari  diafragma  yordamida  yuzaga 
keladi.  Nafas  olganda  diafragma  qisqaradi  va  pastga  harakat-
lanadi,  bu  holat  o‘pkadagi  havo  miqdorining  ortishiga  sabab 
bo‘ladi.  Ko‘krak  qafasida  manfiy  bosim  paydo  bo‘lishi  diafrag-
maning  harakati  qorin  bo‘shlig‘ida  bosimning  ortishiga  sabab 
bo‘ladi,  bu  esa  o‘z  navbatida,  qorin  devorining  oldinga  hara-
katlanishini  ta’minlaydi.  Nafas  chiqarish  bosqichida  diafragma 
bo‘shashadi  va  tepaga  ko‘tariladi,  bu  o‘z  navbatida,  qorin 
devorining o‘z holatiga qaytishiga sabab bo‘ladi. Bu xilda nafas 
olish  erkaklarda  uchraydi.  Aralash  nafas  olish  qariyalar  va 


103 
bolalarga  xosdir.  Nafas  olish  harakatlari  bir  vaqtning  o‘zida 
qovurg‘alararo  muskullarning  va  diafragmaning  qisqarishi  hiso-
biga amalga oshadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin