O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Haroratning  maksimal  ko‘tarilishi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Haroratning  maksimal  ko‘tarilishi.  Organizmda  zaharlanish 
holatining, bosh og‘rig‘ining kuchayishi, qizib ketishi, og‘izning 
qurib  qolishi,  holsizlanib,  tananing  qaqshab  og‘rishi  bilan 


100 
ifodalanadi. Ba’zan isitma cho‘qqisida markaziy nerv tizimining 
qo‘zg‘alishi:  alahlash,  gallutsinatsiyalar  kuzatilishi  mumkin.  Bu 
bosqichda  bemorni  yolg‘iz  qoldirish  xavfli  bo‘lib,  bunday  hol-
larda tibbiy - ijtimoiy xodim shaxsiy postini uyushtirish maqsad-
ga muvofiq hisoblanadi. Bemorning ahvolidan tinmay xabar olib 
turiladi,  agar  ahvoli  yomonlashib  boradigan  bo‘lsa,  shifokorni 
chaqirish  zarur.  Bu  davrda  bemorga  suyuq  yoki  suyuqroq, 
yuqori kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan ovqatlar berish lozim. 
Bemorni  oz-ozdan  sutkasiga  5–6  marta  ovqatlantirish  va  unga 
ko‘p  suyuqliklar  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  davrda 
bemorlarning  og‘zi  quriydi,  lablari  yoriladi,  shuning  uchun 
tibbiy - ijtimoiy xodim ularning og‘iz bo‘shlig‘ini vaqti - vaqtida 
natriy  gidrokorbanatning  kuchsiz  eritmasi  bilan  artadi  va 
lablariga vazelin moyi yoki glitserin surtishi lozim. Boshi qattiq 
og‘rib  turgan  bemorning  peshonasiga  muzli  xaltacha  qo‘yilib, 
muz erigan sari uni yangilab turiladi.   
Haroratning pasayish davrida issiqlik hosil qilish kamaygan, 
issiqlik yoqotish oshgan bo‘ladi. Haroratning tez, bir necha soat 
ichida  tushishi  (krizis),  bir  necha  kun  mobaynida  asta  -  sekin 
pasayishi (lizis) deyiladi. Harorat kritik pasayganda bemor og‘ir 
ahvolga  tushadi,  yordam  ko‘rsatilmasa  o‘limga  olib  kelishi 
mumkin.  Harorat  pasayishi  ko‘p  terlash  bilan  o‘tib,  puls  va 
nafas  tezlashmasa,  es-hush  joyiga  kelsa,  uyqusi  yaxshilansa, 
krizis o‘tib ketishi mumkin.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin